2023-yilda O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar tomonidan 3500 ta jinoyatchilik qayd etildi. Ularning 2280 tasi maktab o‘quvchilari hisobiga to‘g‘ri keldi. Prezident maktablarda bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash orqali ularning “jinoyatga qarshi immunitetini” shakllantirish tizimini yaratish muhimligini aytdi.
Maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga o‘tkaziladi. Yaqinda ularga qator qonunbuzarliklarni sodir etganlarga nisbatan jazo qo‘llash vakolati berilgandi.
Shavkat Mirziyoyev bosh vazirga ijtimoiy soha vazirlari, shuningdek, ularning o‘rinbosarlari va hokim o‘rinbosarlari bilan bir yillik shartnomalar tuzish, ular uchun KPI belgilash bo‘yicha topshiriq berdi. Sog‘liqni saqlash, ta’lim va fan sohalaridagi ahvol tanqid qilindi.
Shavkat Mirziyoyev professional ta’limda mas’ul idoralar ko‘paygani uchun rivojlanish bo‘lmayotganini ta’kidladi. “Talabalar uchun oliygohlarda mustaqil ishlashga muhit yaxshi emas, ayrim rektorlarda tashabbus, intilish, fidoyilik yetishmayapti”. Ba’zi chekka qishloqlarda esa bolalar bog‘chalarga to‘liq qamrab olinmagan.
Tadbirkorlar o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitish uchun maktabdagi bo‘sh joylardan tekin foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Maktablarda o‘rgatish mumkin bo‘lgan 50 ta kasb-hunar ro‘yxati tuziladi. “Maqsadimiz — maktab bitiruvchisi hech bo‘lmaganda bitta kasbni egallab katta hayotga qadam qo‘ysin”, — dedi prezident.
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab 10−11-sinflarda ikkinchi xorijiy tilga o‘qitiladi. Shuningdek, xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha pedagoglarni tayyorlaydigan davlat OTM talabalarining maktablarda pedagogik amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Hafta davomida harorat kechalari 0…+7, kunduzi +7…+17 darajagacha ko‘tarilib boradi. Chorshanba va payshanba kunlari aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi, qolgan kunlarda quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev mahalla raisi maktabda tarbiya va davomat masalalari hamda ota-onalar bilan hamkorlik qilishga qiziqmayotganini ta’kidladi. U, shuningdek, hokimlar, yoshlar va ijtimoiy masalaga mas’ul o‘rinbosarlar maktabda ma’naviyat, sport tadbirlarini tashkil etishga e’tiborsiz bo‘layotganini qayd etdi.
Olmazor tumanida Ford tez yordam mashinasi va Nexia to‘qnashdi. Oqibatda Nexia haydovchisi va Ford`ning bir yo‘lovchisi jarohat oldi.
Dang‘ara tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida uch nafar shaxs o‘zaro janjallashgan. Janjal vaqti faol qarshilik ko‘rsatilgani sabab ularni ajratmoqchi bo‘lgan yigit hushini yo‘qotgan. U shifoxonaga olib borilayotgan vaqtida vafot etgan.
Poytaxtdagi Botanika bog‘ida qushlarni sovuqdan asrash va bioxilma-xillikni saqlab qolishga qaratilgan “Qishda qushlarga ko‘mak” aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda 200 ga yaqin ekofaol va volontyorlar qatnashib, daraxtlarga qush inlarini o‘rnatdi va ozuqalarni qo‘yib chiqdi. Jarayondan suratlar.
Toshkent shahri sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishdan olinishi sabablarini izohlarkan, faoliyatida ko‘p xatolar qilgani, prezidentning qarorlarini esa muhokama qilmasligi haqida gapirdi. U, shuningdek, Turkiyaga qochib ketayotganida ushlangani aytilgan xabarlarga ham oydinlik kiritib o‘tdi.
O‘zbekistonda yerda qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishda tuproqning unumdor qatlamini sidirib olish va saqlash shartligi belgilandi. Bunga amal qilinmasa, yetkazilgan zararning o‘rni mahalliy budjetga tushadi. Undan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda foydalaniladi.
Shanba kuni tunda Qashqadaryo viloyatidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lidagi Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bunga qalin qor yoqqani sabab bo‘lgan.
Toshkent shahrida tovlamachilik va firibgarlikda gumonlangan shaxs ushlandi. U fuqarolarga foiz evaziga pul berib, qarzdorning nomida bo‘lgan uy va avtomobilni garov evaziga o‘zining nomiga rasmiylashtirib olgan. Garovga qo‘yilgan mulk miqdori foiz evaziga berilgan pul mablag‘idan 3−4 barobar ko‘p bo‘lgan.
Toshkent va Buxoroda hujjatlarni rasmiylashtirib berish uchun pora talab qilgan bosh mutaxassis va arxitektor qo‘lga olindi. Ularga nisbatan firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Visit Dubai`dan har qanday budjetga mos keladigan, hamda har bir gurme uchun tashrif buyurishiga arziydigan shaharning qiziqarli joylari sharhi.
O‘zbekistonliklar uchun Janubiy Koreyadagi ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va qurilish sohasida 37,4 mingta ish o‘rni uchun tanlov o‘tkaziladi. Taklif etilayotgan sohalarda oylik maosh o‘rtacha 2000−2500 ming AQSh dollarini tashkil etishi ma’lum qilindi.
Toshkentda 80-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi yo‘lda boshqa transport vositalariga xalaqit berib, avariya holatni yuzaga keltirdi. Haydovchi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol buzgani va yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ygani uchun ishdan bo‘shatildi.
Furqat ko‘chasidagi tunnelda 5 ta mashina to‘qnashdi. Hodisa oqibatida yo‘l chetidagi Matiz`ni ta’mirlayotgan ikki kishi yengil jarohat oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting