Qatar Airways 2-iyundan Doha — Toshkent — Doha yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Reyslari haftasiga 4 marta — dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. “Biz uchun bu darajadagi yirik aviakompaniyaning Toshkent aeroportiga parvoz qilishi juda muhim” deya ta’kidladi Uzbekistan Airports.
Yanvar oyida hududlarda 94 mlrd 542 mln so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Holatlar bo‘yicha mingga yaqin ma’muriy ish rasmiylashtirildi.
Poytaxt markazida katta tezlikda harakatlangan Zeekr avtomashinasi Matiz va Kia avtomobillariga borib urildi. To‘qnashuv oqibatida Zeekr piyodalar yo‘lakchasiga, Kia esa maysazorga chiqib ketdi. Uchala haydovchi va Zeekr mashinasidagi bir nafar yo‘lovchi kasalxonaga yotqizildi.
Toshkentning Yangihayot tumanida qariyb 60 yildan beri mavjud yog‘och uylar o‘rnida ilgari reja qilinganidek uy-joylar emas, Xitoy investorlari ishtirokida yashil bog‘ quriladi. “Yaqinda prezident Sergeli va Yangihayotda ham Yangi O‘zbekistonga o‘xshagan istirohat bog‘i quringlar dedi”, — deya ta’kidladi tuman hokimi.
Birlashtirilgan universitetlar, qimor va bukmekerlikning qonuniylashtirilishi, 15 sutkaga qamalgan Abror Muxtor Aliy, hokimlikka qaytarilgan Minerva City hududi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti bitta universitetga birlashtiriladi. Unga To‘lqin Teshabayev rahbarlik qiladi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 2-fevraldagi sudda guvohlar ko‘rsatma bergan, bir sudlanuvchi tergovda o‘zi hamda sheriklariga nisbatan jismoniy va ruhiy bosimlar o‘tkazilgani haqida gapirgan edi. 5-fevraldagi protsessda sud tergovi yakunlanib, muzokaraga kirishildi. “Gazeta.uz” reportaji.
Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i, “Toshshahartransxizmat” raisi Anvar Jo‘rayev mansab soxtakorligi va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatlarida gumonlanib qamoqqa olindi.
O‘zbekiston 2023-yilning 11-aprelidan boshlab shahvoniy shilqimlik qilish moddasi bilan 666 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning 233 nafariga jarima jazosi, 433 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.
Yangihayot tumani hokimi Minerva city majmuasini qurayotgan hindistonlik tadbirkor ustidan sudda yutib chiqilgani va 100 gektar maydon davlatga qaytarilganini ma’lum qildi. “Tadbirkorning o‘zi uyga to‘lov qilganlarga pullarini qaytarib berdi”, dedi u. Majmua o‘rnida yana uy-joy qurilishi rejalashtirilmoqda.
Abror Muxtor Aliy taxallusi bilan tanilgan bloger Abror Abduazimov 15 sutkaga qamaldi. U ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganlikda ayblandi.
Qashqadaryoning Qarshi shahrida yerosti va yerusti piyodalar yo‘laklari qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu obyektlar orqali bozorlar oldidagi YTHlar va tirbandlikning oldini olish maqsad qilinyapti. Viloyat hokimi qurilish ishlari 3−4 mlrd so‘m bilan bitib ketishini ta’kidladi.
DXX tomonidan Mingbuloq tuman sudi raisi va Namangan davlat universitetining 3-bosqich doktoranti fuqarolardan pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Ularga nisbatan firibgarlik va pora olish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Suv tarmoqlari o‘tkazilayotgan mahallalar aholisini ish sifatini nazorat qilishga jalb etish pudratchilar mas’uliyatini oshirish, korrupsiyaga chek qo‘yish, hokimiyat va jamiyat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashning eng yaxshi yo‘li, deyiladi Natijalarga erishish ofisining “Gazeta.uz”ga taqdim etgan yangi kolonkasida.
Qashqadaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi tez tibbiy yordam xizmatlariga 30 ta Volkswagen Caddy avtomobili topshirildi. 2023-yilda Respublika tez tibbiy yordam markaziga 685 ta shunday avtomobil yetkazib berilgan, 2024-yil martiga qadar markaz avtoparki yana 170 ta mashina bilan to‘ldiriladi.
O‘zbekistonda OAVni ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi arizani ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan ko‘rib chiqish muddati 15 kundan 10 kunga kamaytirildi. Shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqish yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda to‘lovlar to‘langani haqidagi hujjatlar nusxalarini taqdim etish talabi bekor qilindi.
Toshkent viloyatidagi davlat telekanallaridan birida o‘z xodimasini ish joyiga aldab chaqirib, unga tegajog‘lik qilgan bosh muharrir o‘rinbosari 3 sutkaga qamaldi.
Samarqandda fuqarodan jinoyat ishini hal qilib berish uchun 1500 dollar olishda gumonlanayotgan Milliy gvardiya xodimi ushlandi. Shuningdek, 600 dollar evaziga qamoq jazosini bekor qilib bermoqchi bo‘lgan advokat qo‘lga olindi.
Navoiy viloyati IIB jinoyat sodir etganlarning suratlari tushirilgan “sharmanda doskasi” mahallalarda joriy etilishiga yo‘l qo‘yilmasligini bildirdi. Avvalroq ombudsman bu amaliyot inson huquqlariga zid ekanini bayon qilgandi. Bunday suratlarni joylashtirish 2021-yilda hukumat tomonidan tasdiqlangan.
“Kulol va xurmacha”, “Chinor ostidagi duel”, “Suyunchi”, “Abdullajon” va boshqa ko‘plab filmlarda rol ijro etgan aktyor va rejissyor Abror Tursunov vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting