Navoiyda Volkswagen ID6 mashinasi qizil chiroqda to‘xtab turgan Matiz`ga kelib urildi. Oqibatda Matiz`ning orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi.
Dushanbaga o‘tar kechasi Yunusobod tumanida joylashgan kafe yonib ketdi. Vafot etganlar va jabrlanganlar yo‘q. Ikki kun avval Mirobod tumanidagi kafelardan birida yong‘in sodir bo‘lib, 3 kishi jarohatlangan edi.
Shofirkon tumanida ayol 5 yoshli bolasini 1,5 yildan ortiq vaqt davomida beshikka bog‘lagan holda kaltaklab, qiynab kelgani aniqlandi. Holat bolalar ombudsmani nazoratiga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Dushanba va seshanba kunlari havo sovib, hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li joylarida qor ko‘chishi xavfi bor. Chorshanbadan ish haftasining oxirigacha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, harorat asta-sekin ko‘tarilib, kunduzi +8…+13 daraja iliqqacha yuqorilaydi.
Baxmal tumanida elektr ta’minoti korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi. U hamkasbi bilan nosoz joyni aniqlash maqsadida tekshiruv olib borayotgan bo‘lgan.
Faollar va blogerlar Toshkent markazida aholi va hukumat e’tiborini ekologik muammolar, xususan, havo sifati yomonligiga qaratish uchun #tozahavokerak heshtegi ostida fleshmob o‘tkazdi. Ular rasmiylardan bir martalik emas, balki uzoq muddatli va keng qamrovli yechimlarni kutayotganini bildirdi. Foto.
Samarqand viloyatidagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zarar miqdori 120,7 mln so‘mni tashkil etmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 55 nafar O‘zbekiston fuqarosi nosoz avtobusdan evakuatsiya qilindi. Ular Toshkentdan Qozon (Rossiya) tomonga harakatlanayotgan bo‘lgan.
Poytaxt havosi sifati haqida so‘nggi kunlarda ko‘p gapirilmoqda. OAVdagi chiqishlardan so‘ng rasmiylar ham bu bo‘yicha bayonotlar bera boshladi. Xo‘sh, hududda yashayotganlar o‘zlari nafas olayotgan havo xususida qanday fikrda? “Gazeta.uz”ning bu galgi so‘rovnomasi shu haqda.
Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz 10 yillik muddatga saylanadi (ilgari birinchi marta 5 yilga, ikkinchi marta 10 yilga saylangan).
Makkajo‘xorili tovuq sho‘rva, “Xarcho”, frikadelkali turkcha sho‘rva, qaynatma sho‘rva, yasmiqli turkcha krem-sho‘rva va boshqalar — Zira.uz turli xil suyuq taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.
“Bank 4.0. Doim siz bilan — hozir va shu yerda” kitobi moliya sohasi uchun Asaxiy Books nashriyoti tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi va nashr etildi. Kitobda yaqin kelajakda kutilayotgan moliyaviy manzara qanday ekanini Brett King aniq va asosli tasvirlagan.
Bojxonachilar Toshkent xalqaro aeroportida 1,8 mlrd so‘mlik olmoslarni olib kirishga uringan hindistonlik shaxslarni to‘xtatib qoldi.
Prezident qarori bilan elektrotexnika sanoatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 2024−2026-yillarda tijorat banklariga, ularning buyurtmasiga asosan 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga, yillik 5 foiz stavkada 100 mln AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochiladi.
Zira.uz bu gal teftellar va frikadelkali taomlarni sevuvchilar uchun retsept tayyorladi. Undan pishloqli teftellar, Osiyocha lapshali frikadelkalar, frikadelkali toblatma, pomidorli qaylada pishirilgan frikadelka va boshqalar o‘rin olgan.
Mirobod tumanida joylashgan kafeda yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 3 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi. Yong‘in sabab kafening 150−200 kv. metr maydonida tom va shift qismi zararlandi.
USAID “Energiya” muvofiqlashtirish va dispetcherlik markaziga energetika sektorini boshqarish bo‘yicha 1,4 mln dollarlik asbob-uskunalar va dasturiy ta’minot topshirdi. Mazkur texnologiyalar markaz dispetcherlariga mintaqadagi energiya rejimini saqlash uchun dolzarb ma’lumotlarni namoyish qilish imkonini beradi.
Hukumat qarori bilan begona shaxslarni uy doimiy ro‘yxatidan chiqarish uchun ularning roziligini olish bekor qilindi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish to‘g‘risidagi nizomning yangi tahriri tasdiqlandi.
Yunusobod tumanida Matiz butunlay yonib ketdi. Yong‘in kelib chiqishiga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Toshkent shahar IIBB haydovchilardan avtomobilning texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishni so‘radi.
Rossiyaning Penza viloyatida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisada halok bo‘lgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi jasadlari maxsus reys bilan Urganchga olib kelindi. Barcha vafot etganlar Xorazm viloyatidan bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting