Bo‘stonliq tumanida Damas haydovchisi yo‘ldan yugurib o‘tayotgan 6 yoshli bolani urib yubordi. YHXBga ko‘ra, bola shifoxonaga yotqizilgan, hozirda surishtiruv olib borilmoqda.
Toshkentning Shayxontohur tumanida 7 ta avtomobil, Chilonzor tumanida esa 5 ta avtomobil ishtirokida YTHlar sodir bo‘ldi. Rasmiylar to‘qnashuvlarda jarohat olganlar yo‘qligini aytmoqda.
Beshta tumanga yangi hokim, Qozog‘istonga borgan Shavkat Mirziyoyev, 15 yilga qamalgan prokuror, uy qamog‘idagilar uchun elektron braslet va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 100 kv. metr ochiq maydonda qurigan o‘tlar sabab yong‘in yuzaga keldi. Oqibatda hududda mavjud daraxtlar jiddiy zararlandi. Tergov boshlandi, zarar miqdori aniqlanmoqda, deb yozdi tuman hokimligi.
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida kechasi jamoat tartibini buzgani uchun IIB xodimlari tomonidan hushyorxonaga olib ketilayotgan fuqaro qochish maqsadida o‘zini mashinadan tashladi. U jarrohlik amaliyotiga qaramay vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, xodimlarga tekshiruv tayinlandi.
Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va BMTTD vakolatxonasi rahbari Akiko Fujii 2025-yilda GEF Kichik grantlar dasturining yangi bosqichini boshlash va “Yashil makon” loyihasini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish bo‘yicha ikkita kelishuv imzoladi. Orolbo‘yiga 2 mlrd so‘mlik texnik jihozlar olib kelindi.
O‘tgan iyul oyida O‘zbekistonning barcha hududlarida havo harorati o‘zining rekord ko‘rsatkichlaridan ancha uzoq bo‘ldi, deya xabar berdi O‘zgidromet. Oy oxirida maksimal harorat +41, janubda +46 darajaga yetdi.
Click vakillari kompaniya va uning xodimlarini o‘z yechimlarini yaratishga ilhomlantiradigan narsalar bilan o‘rtoqlashdi.
O‘zbekistonda ozodlikni cheklash tarzidagi jazoni o‘tash davrida jamoat tartibini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan probatsiya nazoratidagi shaxsga nisbatan elektron braslet qo‘llaniladi.
Kogon tumani prokurori Bahodir G‘ulomov 200 ming dollar pora talab qilib, 90 ming dollar olayotganida qo‘lga tushgandi. Sud hukmi bilan unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, uning sheriklari ham uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Raqobat qo‘mitasi Amudaryo, Chimboy, Kegayli, Taxtako‘pir, Qorao‘zak, Taxiatosh va Xo‘jayli tumani hokimliklarining normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlarida qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilganini aniqladi.
Bo‘stonliq tumanida profilaktika inspektori xizmat xonadonida turmush o‘rtog‘i va 7 oylik chaqalog‘ini, so‘ngra o‘zini otib o‘ldirdi. Voqeaga er-xotinning o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Deyarli barcha onalarda chaqaloqlari uchun yetarli miqdorda sut bo‘ladi, bu dastlabki 6 oyda oziq-ovqat va suv o‘rnini bosadi. Biroq emizish vaqt va ko‘nikma talab qiladi, shu bois ularni uyda va ishda qo‘llab-quvvatlash muhim. YUNISEF keng tarqalgan yanglish qarashlarga infografikalar orqali aniqlik kiritdi.
14-avgustga qadar xohlovchilar AQShning Vebster universitetining O‘zbekistondagi hamkor universitetlar bilan yo‘lga qo‘ygan qo‘shma dasturlariga hujjat topshirishi mumkin.
Chilonzorda noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan shaxsning uyidan qariyb 240 ming dollar va 482 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Prezident o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylarga bo‘lgan huquqlarni tan olish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. O‘zbekistonda 3,6 milliondan ortiq bunday uchastkalar mavjudligi taxmin qilinmoqda. Qonun 2028-yil 1-yanvargacha amal qiladi.
Toshkent shahri Sergeli tumanida 15 yoshli bola ko‘p qavatli uyning 5-qavatidan yiqilib halok bo‘ldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, uning nogironligi bo‘lgan va ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turgan.
Prezidentga temiryo‘l sohasidagi rejalar taqdimot qilindi. Jumladan, yo‘lovchi vagonlar ishlab chiqarishga 50 mln dollar, lokomativlar olib kelish va elektrovozlarni modernizatsiya qilishga 181 mln dollar ajratish rejalashtirilmoqda. Sohada xizmatlar sifati va eksportini oshirish ko‘zda tutilgan.
Deputatlikdan ketgan Doniyor G‘aniyev, 5 yildan so‘ng tiklanayotgan “Sharq taronalari”, “Salimboy"ni qidiruvga bergan Qirg‘iziston, monopolist Google va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Qumqo‘rg‘on tumanida yo‘lovchi poyezdi urib yuborgan Lacetti haydovchisi halok bo‘ldi. U svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmay harakatini davom ettirgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting