Andijon viloyati hokimi ko‘chada ishlayotgan ichimlik suvi ta’minoti xodimlariga 4 million so‘mdan pul berdi. Tarqatilgan pullar homiylik mablag‘lari hisobidan ekani ma’lum qilindi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida 8-sinf o‘quvchisi tok urishi oqibatida vafot etgani ortidan maktabning xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari qamoqqa olindi.
Payshanba kuni noqulay ob-havo sababli Namangan aeroporti faoliyati vaqtincha cheklandi. Red Wings aviakompaniyasining Maxachqal’a — Namangan yo‘nalishi bo‘yicha reysi Farg‘ona xalqaro aeroportiga yo‘naltirildi. Yo‘lovchilar Namanganga yerusti transporti orqali yetkaziladi.
Uzbekistan Airways 23−29-dekabr kunlari oralig‘ida talabalar uchun taqdim etilgan chegirmalarni hisobga olgan holda qo‘shimcha mahalliy aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
O‘zbekistonda dekabr oyining ikkinchi yarmida kechalari havo harorati 0…-5 daraja sovuqdan −3…−8 darajagacha, kunduzi +5…+10 daraja iliqdan +7…+12 darajagacha o‘zgarib turadi. Oy oxirida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
Uchtepa tumanida Yutong rusumli elektrobus yo‘ldagi muzlamada boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi simyog‘ochga urildi. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
IQAir indeksiga ko‘ra, 14-dekabr kuni Toshkent shahrida ifloslanish darajasi me’yordan 55 baravarga oshib, havo sifati “xavfli” deya qayd etildi. Poytaxtda atmosfera quyi qismi zaharli tutun bilan muallaq o‘ralib turibdi.
O‘zbekiston bo‘ylab 11 oy davomida daryo o‘zanlarida qum-shag‘al qazib olish oqibatida 58 ta jinoyat ishi qo‘hg‘atilgan. Ushbu faoliyat sabab tabiatga 61,5 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan. Senatda shu yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari muhokama qilindi.
Emine Karamanova taxallusi bilan tanilgan bloger Lemara Mirzaaxmedovaga nisbatan 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. U tuhmat, haqorat qilish va tovlamachilik jinoyatlarida aybli deb topildi. Bir epizod bo‘yicha jabrlanuvchi Yangiyo‘l tumani hokimligi xodimi ekani aytilmoqda.
Chiroqchi tumanida tez tibbiy yordam haydovchisi chaqiriqqa borganda kaltaklandi. SSB brigada masofaga 14 daqiqada yetib borganini aytmoqda. Avtomashinani chaqiriqdan ortga qaytarish uchun boshqa haydovchi jalb etilgan. Holatni ichki ishlar idoralari o‘rganmoqda.
Samarqand xalqaro aeroporti epidemiologik vaziyat tufayli kutib oluvchilar va kuzatib qo‘yuvchilar uchun kirish cheklangani haqida e’lon berib, so‘ng uni o‘chirdi. Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi vaziyat barqarorligi, aeroportni boshqaruvchi kompaniya esa uning cheklovlarsiz ishlayotganini ma’lum qildi.
14-dekabrdan O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati asta-sekin ko‘tarila boshlaydi. 15−17-dekabr kunlari kechasi 0…+2 darajagacha, kunduzi 0…+9 darajagacha o‘zgarib turadi. 16-dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin.
Qashqadaryodagi “Hisor” davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan videoqopqon orqali 4 ta qor qoploni tasvirga olindi. Bu qo‘riqxonaning 40 yillik tarixida birinchi marotaba yuz berishi.
O‘zbekistonda H3N2 (Gonkong) grippi bilan kasallanish holatlari aniqlanmoqda. Shuningdek, yil boshidan buyon 4 ta holatda “cho‘chqa grippi” ham qayd etildi, deya ma’lum qildi Sanitariya-epidemiologiya qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov.
Toshkentda Yangi yil tadbirlari 27-dekabrdan 8-yanvarga qadar o‘tkaziladi. Bosh archa Milliy kutubxona yaqinida o‘rnatiladi. Poytaxtning yana 17 ta manziliga ham archalar o‘rnatiladi.
1-noyabrdan O‘zbekistonda 10−15 kVtgacha energiya iste’moli chegarasi joriy etildi. Chegaradan oshib ketganda “aqlli” hisoblagichlar avtomatik ravishda tarmoqdan uzadi. Energetika vazirligi ushbu cheklovlar nega kiritilgani va hozirda nima sababdan vaqtincha bekor qilinganini tushuntirdi.
O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklar va hayvonlarga zarar yetkazganlik yoki nobud qilganlik uchun jarimalar 5−10 barobarga oshirildi.
Shavkat Mirziyoyev bosh vazir, uning o‘rinbosarlari, FVV, IIV, Energetika vazirligi rahbarlari va hokimlar bilan qishni betalafot o‘tkazish haqida gaplashib, gaz va elektr muammolari ko‘payganini qayd etdi. Huquq-tartibot organlari va ijtimoiy infratuzilma xizmatlari uzluksiz ish tartibiga o‘tishi belgilandi.
Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev “ko‘cha bolalari” qarzdor fuqarolardan qo‘rqitish va do‘pposlash yo‘li orqali pul undirib kelganini aytdi. “Ular davlatning funksiyasini o‘zlariga olishdi, desam noto‘g‘ri bo‘lmaydi”, — dedi u.
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida 3−4 balli zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi tutash hududlar, jumladan, Samarqand viloyati tumanlarida ham sezildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting