Raqobat qo‘mitasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov reklama qilgan kiyim do‘konini “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunni buzgan deb topdi. Bunda vazirning xatti-harakatlarida qonun buzilishi aniqlanmadi.
Zangiota tumanida ayol bir yil davomida 13 yoshli o‘gay qizini do‘pposlab va o‘ldirish bilan qo‘rqitib, tan jarohatlari yetkazib kelgani aniqlandi. Sud hukmi bilan unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.
Seshanbadan jumagacha Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining tog‘li hududlarida kutilayotgan yomg‘irlar sababli sel-suv toshqinlari yuz berishi mumkin.
O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari 25 va 26-iyul kunlari o‘tkaziladi. Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasini (IQ) aniqlash bo‘yicha bo‘ladi.
O‘zbekistonda ish haftasi biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Chorshanba kunidan boshlab harorat ko‘tarilishi kutilmoqda, havo +38…+43 darajagacha qiziydi.
Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev do‘konda QR-kodli chek so‘ragani uchun sotuvchi urgan bola bilan uchrashdi. U bolaga minnatdorchilik bildirdi va “chek talab qilish mayda-chuyda narsa emas” dedi. Sotuvchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Shanba kuni Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv omborida katamaranga gidrotsikl kelib urildi. Oqibatda katamaranda bo‘lgan 2 nafar fuqaro tan jarohati olib, voqea joyida vafot etdi. Hozirda IIB va prokuratura surishtiruv ishlari olib bormoqda.
Nurobod tumanida Nexia 3 haydovchisi rulda uxlab qolishi sababli yo‘l chetiga chiqib, bir necha marta ag‘darilib tushdi. Oqibatda bir yo‘lovchi vafot etdi, haydovchi shifoxonada davolanmoqda.
Prezident farmoyishi bilan 2024/2025 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga davlat granti kvotalari tasdiqlandi. Shu yildan boshlab davlat grantlari oliygohlar uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi.
Yaponiya qurilish kompaniyasi 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan quruvchilarni qidirmoqda. Migratsiya agentligi O‘zbekiston fuqarolari bir qator talablarga javob bersa, ishga joylashish uchun murojaat qilishlari mumkinligi haqida xabar berdi. Soliq va sug‘urtalardan keyingi “sof” ish haqi 16 mln so‘mgacha bo‘ladi.
Guliston shahrida do‘kon sotuvchisi 12 yoshli bolaga QR-kodli chek so‘ragani uchun tarsaki tushirdi. Holat bolalar ombudsmani so‘rovi asosida ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganilmoqda.
Qarshi aeroporti yaqinidagi korxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bir necha o‘t o‘chirish ekipajlari, jumladan, aeroportning uchta o‘t o‘chirish mashinasi uni bir necha soat davomida o‘chirdi. Hodisa aeroport faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmadi.
Jondor tumanida ayol xorijdagi eriga jahl qilib, 3−4 yoshli qizlarini kaltaklagandi. Bolalar ombudsmani bolalarda jarohat aniqlanmagani va unga nisbatan jarima qo‘llanganini bildirdi. Ayol “farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ona” sifatida ro‘yxatga olindi.
Farg‘ona shahrida Damas’ning orqa eshigini ochib, sakrab tushgan yo‘lovchini qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan boshqa Damas bosib ketdi. Fuqaro shifoxonada vafot etdi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasini 5 yildan ortiq vaqt davomida boshqargan Rafiqjon Jalilov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. May oyidan buyon poytaxt yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini Muhammad Odilov bajarib kelayotgan edi.
Siyosiy qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini o‘rganish, xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tuzildi. oktabr oyida qatag‘on qurbonlarini xotirlash haftaligi o‘tkaziladi. 1937−1953-yillarda 100 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan, 13 ming nafari otib tashlangan.
Sirdaryo viloyatida tabiiy gazni talon-toroj qilgan 2 ta AGTKSH aniqlandi. Ularning biri 20,5 mlrd so‘mlik 8,2 mln kub metr, ikkinchisi esa 7,9 mlrd so‘mlik 3 mln kub metr tabiiy gazni talon-toroj qilgani aytilmoqda.
Yangi Bank AJ boshqaruvi raisi Svetlana Xe innovatsion raqamli bank yaratish, shuningdek, uning oldida turgan muammolar va istiqbollar haqida gapirdi.
Toshkent viloyatida aholi xonadoniga laylak o‘ng qanoti yaralangan holda kelib qolgani ma’lum bo‘ldi. Zangiota tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida unga birinchi yordam ko‘rsatildi. Qushning salomatligi yaxshilangandan so‘ng ochiq tabiatga qo‘yib yuborilishi ma’lum qilindi.
O‘zbekiston aholi punktlari va obyektlarning namunaviy xavfsizlik pasportlari tuziladi. Buning asosiy maqsadi aholi punktlari va obyektlar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, ularni monitoring va tahlil qilish orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishdan iborat.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting