Samarqand viloyatidagi akvaparkda suzish kiyimida raqs tushayotgan qizlar aks etgan video tarqaldi. IIB tashkilotchi ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzgani, unga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilganini ma’lum qildi. Raqqosalar OIV infeksiyasiga tekshirilib, suhbatdan o‘tkazildi.
Uolter Ayzeksonning Nobel mukofotini olgan olim haqidagi “Kod Buzar. Jennifer Daudna, gen tahrirlash va insoniyat kelajagi” kitobi o‘zbek tilida chop etildi.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari doirasida Olmazor (soat 14:00 gacha), Yunusobod, Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari (soat 16:00 gacha)ning ayrim ko‘chalarida elektr ta’minoti to‘xtatildi.
Yoshlar kuni munosabati bilan ommaviy yugurish musobaqalari hamda Xalqaro olimpiya kuniga bag‘ishlangan Olympic day musobaqasi o‘tkaziladi. Shu sababli poytaxtdagi ayrim ko‘chalarda 23-iyundan 25-iyungacha avtomobillar harakati cheklanadi.
Yengil atletikachi Andrey Kulikov Orol dengizining qurigan tubi bo‘ylab marafon masofasini 4 soatu 9 daqiqada bosib o‘tdi. Bunday yugurish birinchi marta bo‘lib o‘tdi. “Orol dengizi ekologik fojiasining halokatli ko‘lamini chinakam his qilish uchun bu yerga tashrif buyurish kerak”, — dedi u.
O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri “Gazeta.uz” muxbirining “Tolibon” Amudaryodan suv olish uchun qurayotgan Qo‘shtepa kanali haqidagi savoliga javob berdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston bu masalada “Tolibon”ga yordam ko‘rsatadi. “Bu kanal ikki xalqni urishtiradigan emas, birlashtiradigan do‘stlik kanali bo‘ladi”, — dedi u.
O‘zbekistonda gaz qazib olish pasayishda davom etayotgani, Bekobodda o‘zini osishga uringan maxbus, 2021-yildan beri hibsda turgan 3 o‘zbekistonlik opa-singil, suv yetkazib berish davlat-xususiy sheriklikka o‘tkazilishi, o‘tgan yildan 10%ga oshgan grant kvotalari va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Velosipedchi Nikolay Sderjikovni yakshanba kuni ertalab Toshkent-Chorvoq yo‘lida mashina urib yubordi. U darhol o‘rnidan tura olmagani uchun mashinani eslolmagan. Velosipedchi hodisa tasvirlarini yuborgan kishiga 10 mln so‘m mukofot puli kafolatlanganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston milliy termasi o‘yinlarida bukmekerlik kompaniyasi reklama qilingani O‘zbekistonda muhokamalarga sabab bo‘ldi. O‘zbekistonda futbol uchrashuvlarida bukmekerlar birinchi marta reklama qilinmayapti, ammo bu qadar shov-shuvli holatning rasmiylar tomonidan e’tiborsiz qoldirilishi birinchi marta kuzatildi
Toshkentda Lacetti haydovchisi piyodalar o‘tish joyida 9 yoshli velosipedchini urib yubordi. Bola shifoxonaga yotqizildi.
1-iyuldan poytaxtda davlat tibbiy sug‘urta tizimi joriy etiladi. Endi aholi shifoxonada davolanish uchun yo‘llanmani oilaviy shifokor ko‘rigidan o‘tgach, elektron tarzda oladi. Shuningdek, kafolatlangan tibbiy xizmatlar va dori-darmonlar paketi bepul taqdim etiladi.
Yozyovon tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi buyurtmachiligida o‘tkazilgan 1 mlrd 38 mln so‘mlik davlat xaridi jarayonda ishtirok etgan 2 ta korxona ta’sischisi er-xotin bo‘lgani sababli bekor qilindi. Xarid komissiyasi affillanganlik holatiga baho bermagan va tanlovni bekor qilish chorasini ko‘rmagan.
Termiz-Sariosiyo yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezd qo‘riqlanmaydigan kesishmadan o‘tayotgan “Jiguli”ni urib ketdi. Voqeaga avtomobil haydovchisining e’tiborsizligi sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida jarohati olganlar yo‘q.
Tarix fanlari doktori, faxriy jurnalist Qudrat Irnazarov 73 yoshida vafot etdi. Professor 2008-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shahri sudi mushukni tiriklayin yoqib yuborgan 3 erkakni hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlikda va ulardan birini zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi kontent tarqatganlikda aybdor deb topdi. Ular 3, 5 va 7 sutkaga qamaldi.
Shahrisabz tumanida magnitudasi 3,4 ga teng bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi.
Andijon va Toshkent viloyatlarida ikki ayol 4 nafar qizni Turkiya va BAAga fohishalik uchun jo‘natmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani bo‘limi boshlig‘ining xizmat mashinasi 2 ta avtomobil bilan to‘qnashib ketdi. Bo‘lim boshlig‘i va haydovchilardan biri yengil jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.
Yangihayot tumanida 34 yoshli quruvchi tunda 12-qavatdan qulab, halok bo‘ldi. Voqeaga qurilish qoidalariga amal qilinmagani sabab bo‘lishi mumkin.
2023/2024 o‘quv yilida kontrakt kvotalari 1 foizga, grantniki esa 10 foizga oshdi. Bunda 10 foiz ko‘proq yoshlarning grant asosida o‘qishiga imkoniyat yaratilyapti, deya ta’kidladi Oliy ta’lim vazirligi departamenti boshlig‘i Abduvali Xoliqov.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting