Indoneziyaning Batik Air aviakompaniyasi oktabr oyi oxiridan boshlab Kuala-Lumpur-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar haftasiga uch martagacha amalga oshiriladi.
Toshkent viloyatida uchta xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 450 kvadrat metr maydonda tom va ichki jihozlar yonib zararlandi.
Tarmoqlarda Mening ma’naviy hamrohim nomli maktab darsligi yaratilayotgani, u 1-sinfdan 11-sinfgacha o‘tilishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu kitobning qo‘llanma ekani, o‘quv rejaga kiritilishi rejalashtirilmaganini bildirdi.
30-may kuni Samarqandda “Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining “Mas’uliyatli moliya va qishloqning barqaror rivojlanishi” ta’lim loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Sirdaryo viloyatida maktabga borish uchun daryoni qayiqda kechib o‘tadigan qiz sentabrdan o‘qishni Gulistondagi sport maktabida akademik eshkak eshish yo‘nalishida davom ettiradi. Shu sabab endi qiz daryodan o‘tishi shart emas.
Tarmoqlarda juma tabrigi va diniy materiallar tarqatish javobgarlikka sabab bo‘lishi aytilgan xabarlar tarqaldi. Musulmonlar idorasi ularning yolg‘onligini bildirib, juma tabriklarini tarqatishga hech qanday ta’qib yo‘qligini ma’lum qildi. Idora ulashish mumkin bo‘lgan manbalar ro‘yxatini keltirib o‘tdi.
Rossiyaga ishlash uchun borgan o‘zbekistonlik migrant hujjatlarni tekshirish vaqtida vafot etgani aytilgandi. O‘zbekiston Migratsiya agentligi uning shifoxonada vafot etgani, o‘lim hujjat tekshirish jarayoni bilan bog‘liq emasligini bildirdi. Uning jasadi mamlakatga qaytarilgan.
Qashqadaryo viloyatida 3 nafar blogerga mayda bezorilik, ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik va boshqa moddalar bo‘yicha 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Jamoatchilik buni “mantiqsiz va noqonuniy” deya atab, Oliy suddan asoslantirilgan izoh berishni so‘radi.
Chilonzor tumani IIB binosida 21 yoshli yigit tergovdan qochish maqsadida 4-qavatdagi hojatxonadan sakragani aytilmoqda. U shifoxonada vafot etgan. Yigit mashinasidan giyohvand modda topilgani uchun qo‘lga olingandi. Marhumning yaqinlari uning o‘limi sababiga shubha bildirmoqda.
Yunus Safardiyor — dunyoga mashhur samarqandlik haykaltarosh. Uning ijod namunalari Rossiya, Buyuk Britaniya va O‘zbekistondagi jamoat maskanlarini bezab turibdi. U “Xorijdagi o‘zbekistonliklar” loyihasi doirasida zamonaviy san’atga nisbatan qarashlari va ijodida Samarqandning o‘rni haqida so‘zlab berdi.
Prezidentning yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishni nazorat qilish to‘g‘risidagi farmoni bilan prokuratura organlarida boshqaruv xodimlari soni 4195 dan 4886 nafarga, Bosh prokuratura prokuror-tergovchilari esa 252 dan 316 nafarga oshirildi. Yana bir — bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.
XDP va “Adolat” SDPdan O‘zbekiston prezidentligiga tasdiqlangan nomzodlar, Rosatom" bilan AES qurish masalasi muhokamasida davom etayotgan O‘zbekiston, mamlakatga keladigan benzin narxlari, bog‘chada bolalar tanasiga uxlamagani uchun igna sanchgan amaliyotchi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumati chegarada yana uchta o‘tkazish punktini ochishni rejalashtirmoqda. Tarmoqlarda O‘zbekiston tomoni 2010-yilda faoliyati to‘xtatilgan “Bekobod-Xonobod” NO‘P yaqinidagi devorni buzayotgani aks etgan video tarqaldi. “Qorasuv” va “Kara-Bagish” NO‘Plarning ham ochilishi kutilmoqda.
Jizzaxda 2500 talabaga mo‘ljallangan institut binosi qurilishida ko‘plab qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi va quyilgan poydevor demontaj qilindi.
Yangiyo‘l tumanida 3 nafar 6-sinf o‘quvchisi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xotirasi”ga o‘rnatilgan byustlardan biriga nisbatan noo‘rin harakatlar qilib, so‘kingan va holat videosini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan. Ularning ota-onalari jarimaga tortildi.
Surxondaryo viloyatida Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Ramazon Abdullayev Haj safari uchun jamg‘argan mablag‘i hisobidan Gumatak qishlog‘ida ko‘prik qurib berdi. Tuman hokimi deputatni tashakkurnoma bilan taqdirladi.
Sankt-Peterburgdan Toshkentga uchib kelayotgan samolyotda mast holda janjal ko‘targan erkakka 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Yunusobod tumanida 6 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hech kimga tan jarohati yetmagani ma’lum qilindi.
2023-yilning yanvar-aprel oylarida respublikada 2144 ta yo‘l transport hodisasi oqibatida 499 kishi vafot etdi.
Xonqa tumanidagi maktabning 61 yoshli o‘qituvchisiga nisbatan 2 nafar 3-sinf o‘quvchisiga shahvoniy shilqimlik qilgani uchun 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Nemolchi.uz loyihasi ishni qayta kvalifikatsiyalashni talab qilib, pedagog o‘z qilmishi uchun to‘liq jazolanishini so‘radi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting