Bundan 37 yil avval tarixdagi eng yirik texnogen falokatlardan biri — Chernobil AESdagi portlash yuz bergan edi. O‘zbekistondan uzoqda bo‘lsa-da, bu hodisa uning fuqarolariga ham daxldor. “Gazeta.uz” Chernobil falokati oqibatlarini bartaraf etish ishlarida qatnashgan o‘zbekistonliklar bilan suhbatlashdi.
27−30-aprel kunlari yengil atletika bo‘yicha Toshkentda beshinchi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqada 40 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 524 nafar sportchi ishtirok etadi.
Tabiat resurslari vazirligi 10-mayga qadar davom etadigan “Toza havo” oyligi doirasida vazirlik, korxona va hokimliklarning barcha xodimlarini har jumani “Avtomobilsiz kun” sifatida o‘tkazishga chaqirdi.
24-aprel kuni Bobur nomli O‘sh davlat akademik o‘zbek musiqali drama teatri binosining ochilish marosimi bo‘ldi. Unda ikki mamlakat hukumatlari vakillari qatnashdi. O‘zbekiston ta’mirlash ishlariga 5 mln dollar mablag‘ ajratgandi.
Sergeli tumanida enaga qaramog‘ida qolgan 3 yoshli qiz vafot etdi. Marhumaning onasi bolani tanishinikida qoldirib ketganini ma’lum qildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.
Chortoq tumanida talaba qizni va dugonalarini ko‘p bora bezovta qilib, hatto onasini o‘ldirish bilan qo‘rqitgan erkakka nisbatan 4,9 mln so‘m jarima jazosi qo‘llanildi.
Asaka tumanida 30 yashar shoshilinch tibbiy yordam shifokori bemorning eri va sheriklari tomonidan kaltaklandi. Bunga erning rashk qilishi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan nazoratga olingan.
Hozirda bezovtalik va depressiya kabi ruhiy kasalliklar keng tarqalgan. JSST Markaziy Osiyo davlatlarini ruhiy salomatlik xizmatini yanada qulayroq qilish uchun oilaviy shifokorlar darajasida ruhiy salomatlik xizmatini joriy etishga taklif qilmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” tashkilot vakili bilan suhbatlashdi.
Shuhrat G‘aniyev Turkmaniston VM raisi o‘rinbosari bilan Turkmanistonda joylashgan O‘zbekiston suv xo‘jaligi obyektlarida ishlovchilar uchun “vaxta” rejimini bekor qilish, 2 ta chegara posti faoliyatini qayta tiklash, Amudaryo suv resurslarini birga boshqarishni avtomatlashtirish kabi masalalarni muhokama qildi.
Shayxontohur tumanidagi maktabning 5 nafar o‘quvchi qizi uy yerto‘lasida bir qizni kaltakladi. Holatga izoh bergan Toshkent shahri maktab ta’limi boshqarmasi ichki ishlar xodimlari tergov-surishtiruv ishlarini olib borayotganini bildirdi.
Denov tumanida ayol ko‘chaga o‘ynagani chiqqan qizini undan berkinib olgani uchun tayoqcha bilan kaltakladi. Qiz tuman markaziy kasalxonasida davolanmoqda. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilyapti.
DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmaslik va shunga da’vat qilish BHMning 1 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Silk Avia ikki kun ichida 250 ga yaqin chiptani sotishga ulgurdi. Seshanba kuni u ilk tijoriy reysini amalga oshirdi. Toshkentdagi taqdimotda hududlar o‘rtasidagi qatnovni tiklashi aytilayotgan havo kompaniyasini jamoat transporti bilan taqqoslashdi — “o‘tirding va ketding”. “Gazeta.uz” sinov parvozida bo‘ldi.
Zilziladan keyingi vayronkor dovul, dovul ketidan yana 12 ming kishini uysiz qoldirgan navbatdagi zilzila, chodirlar shaharchasida Qur’on o‘qiyotgan otaxon, kamaygan jinoyatchilik, eng ko‘p beriladigan savol — “bugun tunda uyda uxlasak bo‘ladimi?”. 1966-yil may oyidagi Toshkentdan tarixiy reportaj.
Bo‘stonliq tumanida ikki fuqaro kvadrotsiklda jarlikka tushib ketdi. Voqeaga ehtiyotsizlik tufayli boshqaruvni yo‘qotish sabab bo‘lgani aytilmoqda. Hozirda ular shifokorlar nazoratida.
Yaponiyada 23-aprel kuni munitsipal saylovlarning ikkinchi turi bo‘lib o‘tdi. Uning yakunlariga ko‘ra, asli o‘zbekistonlik 37 yoshli Orzugul Boboxo‘jayeva Tokioning Setagaya okrugi deputatligiga saylandi. “Gazeta.uz” u haqda qisqacha ma’lumot beradi.
Yerusti metrosining yangi 5 ta bekati ochilgani, harorat +37 darajagacha ko‘tarilishi, daraxtlarga ozor bermaslikka chaqirgan ekobloger, Buxoroda quriladigan 2 ta shamol elektr stansiyasi, O‘zbekistonda Renault mashinalarini yana qayta ishlab chiqarish rejasi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Sherobod tumanida erkak shar’iy nikohdagi ayolini mast holida farzandining ko‘z o‘ngida kaltaklab, bo‘g‘ib o‘ldirgan. Unga 16 yil qamoq jazosi berildi. Erkak avval ham qasddan og‘ir jinoyatlar sodir etgani sababli xavfli retsidivist deb topildi.
Toshkentga yo‘li tushib, Mustaqillik maydoni, Amir Temur xiyobonini ko‘rmoqchi bo‘lganlar Sayilgoh ko‘chasiga ham yo‘l solishi tayin. Aynan shu yerda poytaxt hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan — rassomlar faoliyat yuritib kelmoqda. “Gazeta.uz” bir umrlik xotiralarni tuhfa qiluvchilar haqida hikoya qiladi.
Prezident qarori bilan Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etildi. Markaz ishlab chiqqan va tasdiqlagan ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlariga qo‘yiladigan talablar bog‘cha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari hamda o‘quv kurslari uchun majburiy bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting