Jamiyat

Andijon viloyatidagi 52 ta ko‘chada tezlikni 60 km/soatgacha pasaytirish rejalashtirilmoqda
17 oktabr 2022, 17:06

Andijon viloyatidagi 52 ta ko‘chada tezlikni 60 km/soatgacha pasaytirish rejalashtirilmoqda

Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi poytaxt kengashidan so‘ng viloyatdagi transport vositalarining harakat tezligini 70 km/soatdan 60 km/soatgacha kamaytirishni ma’qulladi. Bu tezlikni me’yoridan oshirish oqibatida avariyalar ko‘p sodir etilayotgan 52 ta ko‘chada amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Toshkentda «Tez yordam» xizmati xodimlari yana kaltaklandi
17 oktabr 2022, 17:04

Toshkentda «Tez yordam» xizmati xodimlari yana kaltaklandi

Mirobod tumanida erkak chaqiruvga kelgan «Tez yordam» xodimi va haydovchisini kaltaklagani aytilmoqda. U o‘sha paytda noadekvat holatda yon-atrofdagilarga tajovuz qilayotgani ma’lum bo‘lgan. Mirobod tuman IIB holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.

«Toshkent viloyatining oltin halqasi» tashkil etiladi
17 oktabr 2022, 16:46

«Toshkent viloyatining oltin halqasi» tashkil etiladi

Zangiota, Chinoz, Ohangaron, Angren, Parkent va Bo‘stonliq tumanlarini bog‘laydigan «Toshkent viloyatining oltin halqasi» tashkil etilmoqda. Bu bo‘yicha bosh reja tuzilib, infratuzilma davlat tomonidan rivojlantiriladi.

Vazirlar va qo‘mita rahbarlari o‘rinbosarlari tumanlarga hokim etib tayinlandi
17 oktabr 2022, 16:46

Vazirlar va qo‘mita rahbarlari o‘rinbosarlari tumanlarga hokim etib tayinlandi

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Sirojiddin Berdiqulov Nurobodga, favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Latifjonov Paxtaobodga va monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida raisi o‘rinbosari Bekzod Ummatov Asaka tumaniga hokim etib tayinlandi.

KOTRA O‘zbekistonga uchta ijtimoiy avtomobilni yetkazib berdi
17 oktabr 2022, 15:00

KOTRA O‘zbekistonga uchta ijtimoiy avtomobilni yetkazib berdi

Xvason shahri Savdo-sanoat palatasi O‘zbekistonga beg‘araz asosda uchta ijtimoiy avtomobilni taqdim qildi. Uni Koreya Respublikasining savdo va investitsiyalarni rivojlantirish agentligi (KOTRA) yetkazib berdi.

Davlat tashkilotlaridagi qorovullik bo‘linmalari xodimlarining vazifalari belgilandi
17 oktabr 2022, 14:55

Davlat tashkilotlaridagi qorovullik bo‘linmalari xodimlarining vazifalari belgilandi

Hukumat qarori bilan davlat organlari va tashkilotlarining qorovullik xizmatlari huquqbuzarliklar kuzatilsa, IIB va Milliy gvardiya xodimlariga xabar beradi. Ular kelguncha, hodisa izlari saqlanishini ta’minlaydi. Ular xabar bergan jinoyat bartaraf etilsa, 1 martalik pul mukofoti olishi mumkin.

USAID ta’limni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha $5,35 mln ajratdi
17 oktabr 2022, 14:12

USAID ta’limni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha $5,35 mln ajratdi

USAID tomonidan qo‘shimcha ajratilgan $5,35 mln grant Xalq ta’limi vazirligi bilan ingliz va o‘zbek tillari, matematika va IT fanlarni o‘qitishni takomillashtirish, shuningdek, 8−11-sinf o‘quvchilariga tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Haftaning birinchi qismida yog‘ingarchiliklar kuzatiladi
17 oktabr 2022, 12:37

Haftaning birinchi qismida yog‘ingarchiliklar kuzatiladi

O‘zbekiston hududida haftaning birinchi yarmida yomg‘irli ob-havo kuzatiladi. Payshanba va juma kunlari esa yog‘ingarchiliksiz o‘tadi. Harorat kunduzi +25 darajagacha iliq, kechasi +8 daraja atrofida bo‘ladi.

Qarshidagi manzil-koloniyasidan qochib ketgan mahkum qo‘lga olindi
17 oktabr 2022, 12:19

Qarshidagi manzil-koloniyasidan qochib ketgan mahkum qo‘lga olindi

Qarshidagi manzil koloniyasidan mahkum ruxsatsiz chiqib ketdi. U 2015 yilda 14 yoshga kirmagan shaxsni zo‘rlagani uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. 2020 yilda esa yopiq turdagi qamoqxonadan manzil koloniyasiga o‘tkazilgan. U qo‘lga olindi va hozirda yopiq turdagi koloniyaga qaytarish masalasi ko‘rilmoqda.

Toshkent viloyatida haydovchi 14 mln so‘m uchun o‘ldirib ketildi
17 oktabr 2022, 12:15

Toshkent viloyatida haydovchi 14 mln so‘m uchun o‘ldirib ketildi

Quyi Chirchiqda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 3 kishi taksi haydovchisini 14 mln so‘m uchun bo‘g‘ib o‘ldirgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar qo‘lga olindi. Ular orasida maktab o‘quvchisi ham bor.

E’tibor berishlarini kutish befoyda — hayqirish kerak!
17 oktabr 2022, 12:00

E’tibor berishlarini kutish befoyda — hayqirish kerak!

Ona tiliga ehtiyoj sezmagan ijtimoiy sharoit tirik tilni ham o‘ldirishi mumkin. Xulosa aniq: xato qilishdan qo‘rqmay ona tilini faol nutqiy vaziyatda charxlash lozim. E’tibor berishlarini kutish befoyda — hayqirish kerak!, deb yozgandi Irisali Toshaliyev 1991 yildagi maqolasida.

Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti tashkil etildi
17 oktabr 2022, 11:57

Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti tashkil etildi

Hukumat qarori bilan Milliy paralimpiya qo‘mitasi huzurida Paraolimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti tashkil etildi. Mutaxassislar «El-yurt umidi» jamg‘armasi yordamida xorijda malaka oshirib keladi.

Farg‘ona va Sardoba tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi
17 oktabr 2022, 11:16

Farg‘ona va Sardoba tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Akmal Mirzayev Sardoba tumaniga, Hamidullo Inomov esa Farg‘ona tumaniga hokim bo‘ldi. Qolaversa, Qashqadaryo hokimiga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi. Hokimning yana bir o‘rinbosari va Chiroqchi hokimiga esa «hayfsan» berildi.

Farg‘onada psixotrop dorilar aylanmasiga chek qo‘yildi
17 oktabr 2022, 10:31

Farg‘onada psixotrop dorilar aylanmasiga chek qo‘yildi

Farg‘ona shahrida 1150 dona «Tramadol», 14 dona «Regapen» va 141 dona «Tropikamid» kabi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarni xonadonida saqlab kelgan fuqaro va unga aloqador shaxs ushlandi. Gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda qo‘lga olindi.

«Tez yordam»da yolg‘on chaqiriqlar soni 2 barobar kamaydi — SSV
17 oktabr 2022, 10:27

«Tez yordam»da yolg‘on chaqiriqlar soni 2 barobar kamaydi — SSV

2022 yilning 9 oyida «103» xizmatiga jami 4 ming 452 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi. SSVning ma’lum qilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning ayni shu davriga nisbatan ikki barobar kam.

Ikkita YTHda 5 yoshli qizaloq va 2 kishi vafot etdi
17 oktabr 2022, 09:58

Ikkita YTHda 5 yoshli qizaloq va 2 kishi vafot etdi

Qashqadaryoda yuz bergan avariyada Spark beton to‘siqqa urilishi oqibatida haydovchi va uning yo‘lovchisi halok bo‘ldi. Farg‘onada sodir bo‘lgan avtohalokatda esa 5 yoshli qizaloq vafot etdi.

Nega Dubay — «kelajak shahri» deb ataladi?
16 oktabr 2022, 20:00

Nega Dubay — «kelajak shahri» deb ataladi?

Fors ko‘rfazi bo‘yida joylashgan Dubay shahri hozirda ko‘pchilik tomonidan «kelajak shahri» deya tilga olinadi. Bir paytlar sahroning bir qismi bo‘lgan va undan «tortib olingan» ushbu shahar haqida sizga batafsil ma’lumot beramiz.

Davlat tili to‘g‘risidagi qonun nega sust bajarilyapti?
16 oktabr 2022, 12:00

Davlat tili to‘g‘risidagi qonun nega sust bajarilyapti?

Davlat tili haqidagi qonun sustkashlik bilan amalga oshirilayotganining sababi muttasil nazoratning yo‘qligidir… Xullas davlat tili haqidagi qonunni amalga oshirish avvalo rahbariy tashkilotlarning harakatiga bog‘liqdir, deb yozgandi G‘anijon Abdurahmonov bundan 30 yillarcha muqaddam.

Jizzax viloyatida paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘ldi
16 oktabr 2022, 11:08

Jizzax viloyatida paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘ldi

Sharof Rashidov tumanida joylashgan Paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 2 ta g‘aramning ustki qismi yonib ketdi. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Qashqadaryoda yo‘l chetiga chiqib ketgan Gentra yo‘lovchisi halok bo‘ldi
16 oktabr 2022, 10:48

Qashqadaryoda yo‘l chetiga chiqib ketgan Gentra yo‘lovchisi halok bo‘ldi

G‘uzor tumanida Gentra haydovchisi boshqaruvni yuqotishi natijasida yo‘lning chap tomoniga chiqib ketib YTH sodir etdi. Oqibatda u tan jaroxati bilan shifoxonaga yotqizildi, mashinada bo‘lgan yo‘lovchi esa vafot etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting