Prezident “Yangi O‘zbekiston” massivlari bo‘yicha uylarni topshirish ishlari cho‘zilib ketgani uchun 9 ta viloyatda hokimlarning qurilishga mas’ul o‘rinbosarlari va Markaziy bankning viloyat bo‘linmalari rahbarlariga hayfsan e’lon qildi.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Sankt-Peterburgdagi kafeda “harbiy ofitser” Maksim Fomin (Vladlen Tatarskiy) halok bo‘lgan portlashga aloqadorlikda gumonlangan Darya Trepovaning turmush o‘rtog‘i Dmitriy Rilov O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tmagani va shunga ko‘ra mamlakatda bo‘lishi mumkin emasligini ma’lum qildi.
26-aprel kuni Toshkentda afsonaviy Plasido Domingoning Alessandro Safina va boshqalar ishtirokidagi fusunkor opera kechasi bo‘lib o‘tadi.
Prezident qaroriga ko‘ra, saqlash muddati o‘tib ketgan, kontrafakt va iste’molga yaroqsiz tovarlar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi. Shuningdek, o‘zganing tovar, xizmat ko‘rsatish belgisidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
O‘zbekiston prezidenti BAA hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad al-Gargaviy bilan texnologiyalar, sun’iy intellekt, raqamlashtirish, shahar infratuzilmasini modernizatsiya qilish, kadrlar tayyorlash bo‘yicha loyihalarni muhokama qildi. Vazirga “Do‘stlik” ordeni topshirildi.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti o‘rganishlariga ko‘ra, 86 foiz ota-onalar farzandlarining kasb bo‘yicha tanlovini ma’qullamoqda. Qizlar ko‘proq shifokor va o‘qituvchi kasbini tanlagan bo‘lsa, yigitlar IT mutaxassisligi, shifokor va iqtisodchi kasblarini afzal ko‘rgan.
Taniqli jurnalist, MTRKda mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan Sohibjon Alijonov 55 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Jaxongir Xidayxodjayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i etib tayinlandi. Agentlikning sobiq rahbari jinoyat ishi doirasida hibsga olingandi.
Toshkentda IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasining katta tezkor xodimi o‘ldirildi. Uning jasadi yoqilib, kanalga tashlab yuborilgan. Uch nafar ayblanuvchi uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi.
Qo‘qon pedagogika instituti talabalari yotoqxonadagi xonaga yashirin kamera o‘rnatilganini bildirdi. Qizlarning so‘zlariga ko‘ra, shikoyatga javoban prorektor ularga IIBga murojaat qilgani uchun tanbeh bergan, rektor esa “institut mulkiga” zarar yetkazganini tanqid qilgan. Vazirlik holatni nazoratga oldi.
Shavkat Mirziyoyevga Turkiyaning elektromobilidan yuborgan Erdog‘an, O‘zbekistonning AQShdagi yangi elchisi, xorijdagi referendum o‘tkaziladigan uchastkalar xaritasi, yer usti metro bekatlarini nomlash ovozga qo‘yilgani, Adliya vazirligining hibsga olingan sobiq xodimi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Xorazmda mansabdorlar mehribonlik uyi qizlarini muntazam zo‘rlab kelgani ortidan bir guruh yoshlar “Ayol buyum emas” shiori ostidagi ijtimoiy loyihaga qo‘l urishdi. Ular “Gazeta.uz” bilan suhbatlashar ekan, ular “davlat o‘z vazifasini eplolmasa, faol insonlar o‘zi harakatga tushishi zarur”ligini ta’kidlashdi.
Tarmoqlarda Adliya vazirligining bo‘lim bosh maslahatchisi hibsga olingani aytilgan xabar tarqaldi. Vazirlik xodimga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotganini bildirib, u hamkasblari sha’nini kamsituvchi ma’lumotlarni tarqatib kelganini ma’lum qildi.
2023 yil modeli ROG Strix SCAR 18 zamonaviy texnik xarakteristika va dizaynga ega o‘yin noutbuklarining yorqin vakilidir.
O‘zbekistonda 2017-yildan 2021−2022-yilgacha bo‘lgan davrda sil, gepatit B va 2-toifa qandli diabet bilan kasallanishi kamaygan. Shuningdek, aholi o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish tufayli hayotdan ko‘z yumish ko‘rsatkichi (har 100 000 kishiga) 2017-yildagi 7,5 nafardan 2021-yilda 6,4 nafargacha kamaygan.
“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali harakatlangan avtomashinadan Afrika filining tishi hamda 180 dona bug‘u shohlari topildi.
Respublika bo‘ylab 5−7-aprel kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shu sabab tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi mumkin. Ayrim hududlarida do‘l yog‘ishi kuzatiladi.
Toshkent shahar hokimligi poytaxt ahlini metroning oxirgi yillarda ochilgan 19 ta yangi bekatiga nom qo‘yish uchun ovoz berishga taklif qildi. Jarayon geonom.tashkent.uz platformasida 4-apreldan 18-aprelga qadar davom etadi. So‘ngra hukumatga qaror qabul qilish uchun kiritiladi.
4-aprel soat 08:00 dan 5-aprel soat 08:00 ga qadar Sergeli, Yangihayot va Chilonzor tumanlarining qator mahallalarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Prezident xususiy sheriklik asosida ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimini yangilash va boshqarish bo‘yicha Andijon tajribasini O‘zbekiston bo‘ylab joriy etish topshirig‘ini berdi. Bunda isitish tizimlari tadbirkorlarga 10 yilga beriladi va ularning xizmatlari davlat tomonidan sotib olinadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting