Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘li Sergeli 5-bekatidan «Zangiota-2» yuqumli kasalliklar shifoxonasigacha 154-sonli yo‘nalish ishlab chiqilib, tenderga qo‘yildi. Avvalroq xodimlar va bemorlar transport yo‘qligidan shikoyat qilgandi.
Yashnoboddagi 152-maktabda o‘qituvchi darsga xalaqit bergani uchun bolani urib, darsdan chiqarib yubordi. Tuman sudi pedagogga 900 ming so‘m jarima tayinladi. O‘qituvchi esa mazkur holat maktab direktori tomonidan uyushtirilgani va majburiy ishdan bo‘shatilganini aytmoqda.
Buxoroda yo‘lovchi avtobusida noma’lum erkakning qiz bolaga tegajog‘lik qilgani xabar qilingandi. Viloyat IIB uning shaxsiga aniqlik kiritib, 15 sutkaga qamalganini ma’lum qildi.
Yalpizli aralashma qo‘shib tayyorlangan, bodring va karamli salat, gruzincha, no‘xat va sabzavotli salat va boshqalar — Zira.uz foydali va tez tayyorlanadigan bahoriy salatlar ro‘yxatini taqdim etadi.
O‘zbekiston hukumati farmoyishi bilan 11 mart (ish kuni)da o‘tkazilishi rejalashtirilgan hashar 18 martga ko‘chirildi.
Tarmoqlarda Yuqori Chirchiqdagi xonadonlarning birida itlar shafqatsizlarcha o‘ldirilayotgani xaqida xabar tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB holat Yassaviy kolxozidagi uyda sodir bo‘lgani va xonadon egasi 25 dona itni sanitariya qoidalariga zid ravishda saqlagani va ularni so‘yib kelganini ma’lum qildi.
Oqdaryo tumanida 18 yoshli talaba qiz ko‘prikdan o‘zini daryoga tashlab, halok bo‘ldi. Uning o‘lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlandi.
Jasur Rahimov — Samarqandlik illyustrator. 2012 yilda u AQShga jo‘nab ketdi va Uzbekistan Illustrated loyihasi uchun yangiliklarni sharhlaydigan hajviy personaj Toshmurodni o‘ylab topdi. Boshlovchi yubileyi munosabati bilan biz rassomdan Toshmurod, uning falsafasi va milliy qadriyatlar haqida so‘radik.
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda yo‘lovchi avtobusida noma’lum erkakning qiz bolaga tegajog‘lik qilgani aytilgan videolar tarqaldi. Shahar IIO FMB holatga aniqlik kiritish uchun tergovga qadar tekshiruv ishlarini boshladi.
Internetda mashinasining yon oynasiga sichqon tutishga mo‘ljallangan yopishqoq qopqonga tushgan chittakni boshiga chertib qiynayotgan erkak videosi tarqaldi. Keyinroq u o‘z qilmishini qush mashina oynalarini tirnalayotgani bilan izohlab, kechirim so‘radi. Ekologlar tegishli hujjatlarni IIBga topshirdi.
30 aprelda o‘tkazilishi kutilayotgan Yangi Konstitutsiya referendumi, ayollarning kiyinishini tanqid qilgan qiz 15 mln so‘m jarimaga tortilgani, O‘zbekistonda ishga tushadigan 5G mobil interneti, bir haftaga qoldirilgan umumxalq hashari, marafonga yopiladigan ko‘chalar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Yaxshi kino — yaxshi kitobdek. Ayni damda, biri ikkinchisiga xalal bermaydi. «Gazeta.uz» vaqtni mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashmoq niyatida «Nima ko‘ramiz?» loyihasini boshladi. Ko‘rilishi maqsadga muvofiq hisoblangan filmlar haqida kinoijodkorlar, jurnalistlar, jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.
Yoshlar siyosati va sport vazirligida V International Tashkent Marathon va Yangi Nafas yugurish musobaqasi tashkilotchilari ishtirokida matbuot brifingi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilishi kutilayotgan referendum mamlakat tarixida shu tartibdagi beshinchi umumxalq ovoz berish jarayoni bo‘ladi. «Gazeta.uz» bungacha 1991 (2 marta), 1995 va 2002 yillarda o‘tkazilgan referendumlar haqida ma’lumot beradi.
Xatirchi tumanida Matiz va Damas o‘rtasida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Voqea sabab 49 yoshli Matiz haydovchisi vafot yetdi.
Hindistonda 2 hafta davom etgan o‘zbek-hind harbiy mashg‘ulotlari yakunlandi. U yerda qo‘lbola usullarda portlatish, shartli terrorchi guruhlarni qidirish va yo‘q qilish, tog‘li va o‘rmonli hududlarda jangovar harakatlar olib borish bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
«O‘zbektelekom» martdan O‘zbekiston bo‘ylab 5G texnologiyasini joriy eta boshlaydi. Dastlab tarmoq bilan Toshkent shahri to‘laqonli, viloyat markazlari esa qisman qamrab olinadi. Qolaversa, ilk marotaba flagman smartfonlar, jumladan, iPhone egalari 5G`dagi mobil internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
May oyida Berlinda «O‘zbekistonning arxeologik xazinalari: makedoniyalik Iskandardan to Kushonlar sulolasigacha» ko‘rgazmasi ochiladi. Unda O‘zbekistonning 9 ta muzeyidan 285 ta ashyo namoyish etiladi.
PMTI ekspertlari Toshkent shahri aholisining yo‘llardagi tirbandlikka munosabatini o‘rgandi. Respondentlarning aksariyati tartibsiz haydovchilar, qoidabuzarliklar va noto‘g‘ri parkovkani asosiy sabablar deb biladi. Tirbandliklardan ko‘proq avtobus va mikroavtobus yo‘lovchilari aziyat chekmoqda.
Prezident tasdiqlagan qonunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi, agentlik, davlat tashkilotlari va mahalliy hokimiyatlar davlat mulkini boshqaradi. Mamlakatning yer, yerosti boyliklari, o‘simlik, hayvonot dunyosi, arxiv hujjatlari, madaniy meros obyektlari va muhofazadagi hududlar xususiylashtirilmaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting