Prezident Surxondaryoga o‘tgan yig‘ilishda viloyatga ijtimoiy muammolarni hal qilishga davlat dasturlarida ko‘zda tutilgan 1,5 trln so‘mga qo‘shimcha ravishda 465 mlrd so‘m ajratilishini ma’lum qilindi. Shuningdek, agrar soha, ichimlik suvi va tadbirkorlik loyihalariga qo‘shimcha 328 mln dollar jalb qilinadi.
Tabiat resurslari vazirligi Chotqol davlat qo‘riqxonasida fotoqopqonga tushib qolgan Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘ining noyob kadrlarini e’lon qildi.
V International Tashkent Marathon hamda 14 shaharda bir vaqtda o‘tkazilgan Yangi Nafas musobaqalari yugurish bo‘yicha sport marafonlari mavsumini ochib berishdi.
«Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul» tamoyiliga muvofiq yoshlar har bir mahalladagi faol nuroniylarga biriktiriladi. Shuningdek, faol keksalar muammoli oilalar bilan shug‘ullanadi. Ishida ijobiy natija ko‘rsatgan nuroniylar rag‘batlantiriladi.
Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiylarning oilasiga biryo‘la beriladigan nafaqa ularning oxirgi maosh yig‘indisi 150 baravarigacha oshiriladi. Shuningdek, bepul tibbiy yordam va maktabgacha ta’lim, OTM uchun grant, daromad solig‘idan ozod etish kabi tartiblar tatbiq etiladi.
Bayram kunlarida yo‘lovchilarni tashish maqsadida 17−23 mart kunlari Samarqand-Toshkent va 20−21 mart kunlari Toshkent-Qarshi yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Qolaversa, 20 martdan Shahrisabz-Samarqand yo‘nalishida tezyurar yo‘lovchi poyezd harakati ish boshlaydi.
Hafta davomida asosan kam bulutli, quruq ob-havo kuzatiladi. Harorat +22…+28 daraja bo‘ladi. Haftaning ikkinchi yarmida Qozog‘iston bo‘ylab o‘tayotgan antitsiklon kunduzgi havo haroratini biroz pasaytiradi. 13−15 martda esa tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.
Poytaxtning Yangihayot tumanida 2 ta yirik chinor noma’lum shaxslar tomonidan yoqib ketildi. Ekoboshqarma holatni o‘rganmoqda. «Daraxtlar qurilish uchun yoqilgani haqidagi taxminlar haqiqatga mos emas», — deya izoh berdi boshqarma.
Jamiyatning har qanday qismiga nisbatan istalgan ko‘rinishdagi zo‘ravonlik uning har bir vakiliga o‘z ta’sirini o‘tkazadi, deya ta’kidlaydi BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska. «Gazeta.uz» uchun maqolasida u gender zo‘ravonlik uchun jinoiy javobgarlik belgilashga chaqiradi.
Kattaqo‘rg‘onlik ayol qiziga o‘qituvchi tegajog‘lik qilganini aytgandi. Sud buning tuhmat ekanini bildirib, ayol va o‘qituvchi bilan yoqalashgan qizning otasiga jarima belgiladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovg‘a olish tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, amaldorlar O‘zbekistondagi xizmat safarlari va tadbirlarda sovg‘a olishi mumkin emas. Xorijda olingan sovg‘a qiymati 1,2 mln so‘mdan ko‘p bo‘lsa, u davlat organi balansiga kirim qilinadi.
Farg‘onada 14 yoshli qiz o‘zini 16 qavatli uyning tomidan tashlamoqchi bo‘ldi. Uni IIB va FVV xodimlari tomdan sog‘-omon tushirib oldi. Voqeaga qizning o‘gay otasi bilan janjallashib qolgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Toshkentdagi 152-maktab o‘qituvchisi o‘quvchini kaltaklagani aks etgan video muhokamalarga sabab bo‘ldi. «Gazeta.uz» pedagog Gulchehra Mamajonovaga mikrofon tutdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, direktorning unga nisbatan shaxsiy adovati bo‘lgan va ishdan bo‘shatishga uringan. Direktor esa intervyu berishdan bosh tortdi.
SSV rahbari Amrillo Inoyatov o‘tkazgan hay’at yig‘ilishida O‘zmedimpeks kompaniyasi direktori, Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori v.b. va boshqarmalar boshliqlari ishdan olindi. Bunga ularning topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarmagani va yo‘nalishida yetarli natija ko‘rsatmagani sabab bo‘lgan.
SSV vayner Farhod Mannopov o‘limi bo‘yicha laborator tahlil va MSKT tekshiruvlari natijalarini e’lon qildi. Aytilishicha, bemorga rinoseptoplastika amaliyoti uchun narkoz berilgan, biroq operatsiya davrida ahvoli yomonlashib, o‘lim qayd etilgan. Hozirda Star Med Center klinikasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Toshkentda relsdan chiqib ketgan yuk poyezdi vagonlari, yana chang bo‘roni, hali ham shohsupada turgan 47 yoshli atlet Oksana Chusovitina, MIBning yangi rahbari, bosh vazirga matbuot kotibi, Buxoroda avtobusda qizga tegajog‘lik qilgan yigitning 15 sutkaga qamalgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Toshkentda Changan yuk mashinasi yo‘l chetida turgan Matiz, so‘ngra Cobalt bilan to‘qnashdi. Hodisa natijasida Matiz’ning ikki yo‘lovchisi halok bo‘ldi.
Bo‘ka tumanidan yunon ma’budasi tasviri tushirilgan ko‘za topildi. Uning miloddan avvalgi III asrga tegishli ekani aytilmoqda.
Toshkent shahridagi Hamza stansiyasining birinchi yo‘lida yuk poyezdining 3 ta bo‘sh vagoni relsdan chiqib ketdi. «O‘ztemiryo‘lovchi» kompaniyasi tegishli tarkibiy bo‘linmalar voqea sabablarini o‘rganish boshlaganini bildirdi.
O‘zbekiston Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Avstriyaning «eee Austria» kompaniyasi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi. Unda Avstriya va Germaniya mehnat bozorlarida ishga joylashish uchun migrantlarini tayyorlash va malakasini oshirish markazini tuzish masalasi muhokama qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting