Jamiyat

O‘zbekiston lochinlar va boshqa noyob hayvonlarni saqlab qolish uchun DNK testini qo‘llashni rejalashtirmoqda
3 mart 2023, 22:11

O‘zbekiston lochinlar va boshqa noyob hayvonlarni saqlab qolish uchun DNK testini qo‘llashni rejalashtirmoqda

Toshkentda lochin va boshqa hayvonlarning noyob turlarini genetik identifikatsiyalash uchun DNK laboratoriyasi yaratilmoqda. Bu ularning noqonuniy aylanishining oldini oladi va qo‘shimcha ravishda mamlakatdagi fauna holatini ko‘rsatadi.

3 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
3 mart 2023, 22:00

3 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentining norasmiy uchrashuvi, nogironlarni navbatsiz qabul qiladigan amaldorlar, Toshkentga yangi avtobuslar va elektrobuslar, sel va qor ko‘chishi xavfi, O‘zbekistonning yangi AQShdagi elchisi, IELTS`dan 9 ball olgan 2 o‘zbekistonlik va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Mehmonxona intererida milliy qadriyatlarimiz aks ettirilishi juda muhim — Ozodbek Nazarbekov
3 mart 2023, 20:44

Mehmonxona intererida milliy qadriyatlarimiz aks ettirilishi juda muhim — Ozodbek Nazarbekov

O‘zbekiston madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov tadbirkorlar mehmonxonalar inter’er va dizaynlariga milliylik va o‘zlik aks etgan detallarni kiritishlari lozim, deb hisoblaydi.

Hindistonda Marion Biotech kompaniyasining uch xodimi hibsga olindi
3 mart 2023, 20:21

Hindistonda Marion Biotech kompaniyasining uch xodimi hibsga olindi

Hindiston politsiyasi O‘zbekistonda 20 nafar bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan «Dok-1 Maks» yo‘talga qarshi siropini ishlab chiqargan Marion Biotech farmatsevtika kompaniyasi xodimlarini hibsga oldi.

O‘zbekistonda navbatdagi yugurish marafon va musobaqalari bo‘lib o‘tadi
3 mart 2023, 19:00

O‘zbekistonda navbatdagi yugurish marafon va musobaqalari bo‘lib o‘tadi

12 mart kuni V Tashkent International Marathon va O‘zbekistonning 14 ta shahrida bir vaqtda «Yangi nafas» ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

«Endi amaldorlar nogironlarni navbatsiz qabul qiladi» — adliya vaziri o‘rinbosari
3 mart 2023, 18:07

«Endi amaldorlar nogironlarni navbatsiz qabul qiladi» — adliya vaziri o‘rinbosari

Prezidentning 27 fevral kungi qaroriga asosan, endilikda nogironlar amaldorlar qabuliga navbatsiz kiradi. Adliya vazirligi rasmiysining aytishicha, nogironlar ularni qabul qilmagan mansabdor shaxslar ustidan Vazirlar Mahkamasi, sudlar, prokuratura va adliya organlariga murojaat qilishi mumkin.

Namanganda Spark kanalga tushib ketdi
3 mart 2023, 17:35

Namanganda Spark kanalga tushib ketdi

Uchqo‘rg‘on tumanida Spark avtomobili haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida kanalga tushib ketdi. Mashina chiqarib olindi, hech kimga jarohat yetmagan.

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
3 mart 2023, 17:35

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

4−10 mart kunlari 6 ta viloyatning ayrim hududlarida havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

Samarqandda fuqaro er-xotinni $40 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lganda ushlangani aytilmoqda
3 mart 2023, 16:34

Samarqandda fuqaro er-xotinni $40 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lganda ushlangani aytilmoqda

Samarqandda fuqaro er-xotinni 40 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga yubormoqchi bo‘lgani aytilmoqda. U 12 ming dollarni olayotgan paytda ushlandi, deyiladi DXX xabarida.

Toshkentda 4 mlrd so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
3 mart 2023, 16:29

Toshkentda 4 mlrd so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Mirobod tumanida bojxonachilar noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan 4 mlrd so‘mdan ortiq tamaki mahsulotlarini aniqladi. Holat yuzasidan tergov boshlangan.

O‘zbekistondan Qozog‘istonning yana 5 ta shahriga aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi
3 mart 2023, 16:21

O‘zbekistondan Qozog‘istonning yana 5 ta shahriga aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistondan Qozog‘istonning yana 5 ta shahriga, Qozog‘istondan esa O‘zbekistonning 6 ta shahriga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu borada Toshkentda ikki mamlakat aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralarda kelishuvga erishildi.

Surxondaryoda fuqaro I-II asrlarga oid sopol xum topib oldi
3 mart 2023, 15:52

Surxondaryoda fuqaro I-II asrlarga oid sopol xum topib oldi

Denov tumanida fuqaro ariq qazish chog‘ida sopol xum topib oldi. Olimlar uning I-II asrlarga tegishli ekanini aniqladi.

O‘zbekistonda ilk bor IELTS imtihonida 9 balli natija qayd etildi
3 mart 2023, 12:27

O‘zbekistonda ilk bor IELTS imtihonida 9 balli natija qayd etildi

Bekzod Mirahmedov O‘zbekistonda ilk bor xalqaro ingliz tilini baholash tizimi (IELTS)dan maksimal 9 ballni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
3 mart 2023, 11:55

O‘zbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Senat energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonunni ma’qulladi. Qonun bilan ulardan tijorat maqsadlarida qonunga zid ravishda foydalanish o‘g‘rilik deb baholanmoqda. Buning uchun ma’muriy javobgarlikni ko‘rib chiqish vakolati O‘zenergoinspeksiyadan sudlarga beriladi.

Dam olish kunlari biroz yomg‘irli va iliq o‘tadi
3 mart 2023, 11:51

Dam olish kunlari biroz yomg‘irli va iliq o‘tadi

4 martdan Kavkaz hududlaridan nam havo massalari kirib keladi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, biroq harorat +19…+21 darajani tashkil etadi. Shamol kuchayib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Yutong Toshkentga yangi avtobuslar va elektrobuslar yetkazib berishni boshladi
3 mart 2023, 11:48

Yutong Toshkentga yangi avtobuslar va elektrobuslar yetkazib berishni boshladi

Xitoyning Yutong Bus kompaniyasi Toshkentga 800 ta avtobus, shu jumladan 300 ta elektrobus yetkazib berish boshlanganini ma’lum qildi. Yetkazib berish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Toshkentda yana avtobus haydovchilari yo‘lovchi talashib mushtlashdi
3 mart 2023, 10:59

Toshkentda yana avtobus haydovchilari yo‘lovchi talashib mushtlashdi

Mirobod tumanida 93-sonli va 617-sonli avtobus haydovchilari ham yo‘lovchi talashib janjallashdi. Avvalroq mushtlashgan ikki haydovchi 7 sutkaga qamalgandi.

Dehlidan Moskvaga uchayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ndi
3 mart 2023, 10:46

Dehlidan Moskvaga uchayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ndi

«Aeroflot» aviakompaniyasining Dehlidan Moskvaga uchayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Bunga appenditsit xurujiga uchragan Hindiston fuqarosi sabab bo‘lgan. U tibbiy muassasaga yotqizilgan.

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel kelishi mumkin, joylarda shamol kuchayadi
3 mart 2023, 09:53

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel kelishi mumkin, joylarda shamol kuchayadi

O‘zgidromet 5−10 mart kunlari 9 ta viloyatda hamda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli haqida ogohlantirdi. Shuningdek, ayrim hududlarda shamol tezligi 25 metr sekundgacha kuchayishi mumkin.

Fevralda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari yanvarga nisbatan 4 marta ko‘paydi
3 mart 2023, 09:25

Fevralda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari yanvarga nisbatan 4 marta ko‘paydi

Fevral oyida 23,2 mlrd so‘mlik yoki 258 mingta xonadonning bir oylik iste’moliga teng miqdordagi elektrdan noqonuniy foydalanildi. Yanvarda ko‘rsatkich 5,6 mlrd so‘m yoki 33 mingdan ortiq xonadon iste’molini tashkil etgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting