Jamiyat

«Hammani larzaga keltirdi». Senator Toshkentda vafot etgan 12 yoshli qiz voqeasiga munosabat bildirdi
2 fevral 2023, 10:01

«Hammani larzaga keltirdi». Senator Toshkentda vafot etgan 12 yoshli qiz voqeasiga munosabat bildirdi

Senator Gulnora Marufova Yangihayotda murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topilgan 12 yoshli qiz voqeasiga munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, normal holatdagi odam bu qotillikni, albatta, qoralaydi. «Qizchaning ota-onasiga ham to‘zim bersin, bu juda og‘ir holat», — dedi Marufova.

DXX Samarqandda 10 kg giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
2 fevral 2023, 09:34

DXX Samarqandda 10 kg giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi

Samarqandda fuqaro 2 kg opiy giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Uning xonadoni tekshirilganda yana 8 kg shunday modda topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.

O‘zbekistonda erta turmush va erta tug‘ruq masalasi dolzarbligicha qolayotgani aytildi
1 fevral 2023, 23:39

O‘zbekistonda erta turmush va erta tug‘ruq masalasi dolzarbligicha qolayotgani aytildi

«Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti direktori Nodira Egamberdiyevaga ko‘ra, O‘zbekistonda erta turmush haligacha dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Ba’zan 18 yoshga to‘lmaganlar o‘rtasida tug‘ruq holatlari ham kuzatilmoqda. «Bu muammolarni o‘rgandik va hududlarga mos rejalar ishlab chiqdik», — dedi u.

1 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
1 fevral 2023, 22:33

1 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yangihayotda o‘ldirib ketilgan 12 yoshli qiz, ota-onalarga bolalarini maktabdan o‘zlari olib ketishini so‘ragan Oila boshqarmasi, Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatilgani, «zapravka»lar ochilishi,Kusherbayevga yangi tayinlov, onlayn maktab shahodatnomasi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Xotin-qizlarga jinsiy zo‘ravonlik holatlari kamaygan, ammo ruhiy va iqtisodiy zo‘ravonlik ortmoqda — senator
1 fevral 2023, 21:17

Xotin-qizlarga jinsiy zo‘ravonlik holatlari kamaygan, ammo ruhiy va iqtisodiy zo‘ravonlik ortmoqda — senator

Senator Gulnora Marufova O‘zbekistonda xotin-qizlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holatlari kamaygani, ammo ruhiy va iqtisodiy zo‘ravonlik ortganini ma’lum qildi. «Bunda, albatta, qonun bo‘yicha ishlar olib borilyapti, jamiyatimiz ham befarq bo‘lmay, nafrat bilan munosabat bildiryapti», — dedi u.

Prezident — O‘zbekistonda muqobil energiyadan foydalanishni qanday oshirishi haqida
1 fevral 2023, 21:10

Prezident — O‘zbekistonda muqobil energiyadan foydalanishni qanday oshirishi haqida

Shavkat Mirziyoyev energiya resurslari taqchilligi sharoitida qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni ko‘paytirish bo‘yicha takliflarni sanab o‘tdi. Davlat aholidan elektr energiyasini bir kVt/soatiga 1000 so‘mdan sotib olishni boshlaydi, issiqxonalar va g‘isht zavodlarini ko‘mirga o‘tkazadi va hokazo.

«Adolatsiz hukm chiqarildi» — Dauletmurat Tajimuratovning ukasi
1 fevral 2023, 18:50

«Adolatsiz hukm chiqarildi» — Dauletmurat Tajimuratovning ukasi

Nukus voqealari ishi bo‘yicha 16 yilga qamalgan Dauletmurat Tajimuratovning ukasi Rinat Tajimuratov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida sud ishi va apellyatsiya berish rejalari haqida gapirdi. Uning aytishicha, ayblov «to‘liq yutqazdi», akasining aybi va tashqi kuchlarning ehtimoliy ta’sirini isbotlay olmadi.

Poytaxt Oila boshqarmasi ota-onalardan farzandlariga maktabga borib-qaytishda hamrohlik qilishni so‘radi
1 fevral 2023, 17:44

Poytaxt Oila boshqarmasi ota-onalardan farzandlariga maktabga borib-qaytishda hamrohlik qilishni so‘radi

Toshkent shahri Oila va xotin-qizlar boshqarmasi Yangihayotda 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topilganidan so‘ng ota-onalarga murojaat qildi. Boshqarma ulardan farzandlarining maktabga borish-kelishida hamrohlik qilishni hamda doimo aloqada bo‘lishni so‘radi.

Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi belgilandi
1 fevral 2023, 16:56

Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi. Endi bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi.

2 fevraldan barcha hududlardagi gaz «zapravka»lar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
1 fevral 2023, 16:49

2 fevraldan barcha hududlardagi gaz «zapravka»lar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi

2 fevraldan barcha hududlardagi «zapravka»lar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi. AGTKSHlar faoliyati mahalliy hokimliklarning ro‘yxati asosida yo‘lga qo‘yiladi. Cheklovlar gaz quvurlarida bosimning ko‘tarilib borishiga mos ravishda o‘zgartirib boriladi.

O‘zbekiston TIV rahbari Slovakiyaning yangi elchisini qabul qildi
1 fevral 2023, 15:14

O‘zbekiston TIV rahbari Slovakiyaning yangi elchisini qabul qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Slovakiyaning yangi elchisi Viktor Boretskiyni qabul qildi. Avvalgi elchi o‘z missiyasini dekabr oyida yakunlagandi.

6 ta viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
1 fevral 2023, 14:05

6 ta viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

2−5 fevral kunlari Qamchiq va Taxtaqoracha dovonlarida qor yog‘ib, yaxmalak yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, O‘zbekistonning 6 ta viloyatidagi tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi mavjud.

“Agrobank” AQSh banki bilan vakillik munosabatlarini o‘rnatdi
1 fevral 2023, 13:00

“Agrobank” AQSh banki bilan vakillik munosabatlarini o‘rnatdi

The Bank of New York Mellon`da “Agrobank"ning hisobvarag‘i ochildi. AQSh banki bilan o‘rnatilgan munosabat jahon moliya bozorida bankning maqomini mustahkamlashga yordam beradi.

Poytaxtda yangi avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi, ayrim harakatlar qisqarib, ba’zilari uzaytirildi
1 fevral 2023, 12:36

Poytaxtda yangi avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi, ayrim harakatlar qisqarib, ba’zilari uzaytirildi

Toshkent shahrida jamoat transporti harakatini yaxshilash maqsadida yangi — 152-sonli avtobus yo‘nalishi tashkil etildi. Shuningdek, 10 dan ortiq yo‘nalish harakatlariga o‘zgartirish kiritilib, qisqartirildi yoki uzaytirildi.

Toshkentda bedarak yo‘qolgan 12 yoshli qizning jasadi topildi
1 fevral 2023, 12:17

Toshkentda bedarak yo‘qolgan 12 yoshli qizning jasadi topildi

Yangihayot tumanida bedarak yo‘qolgan 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topildi. Mazkur ishda gumonlanuvchi 29 yoshli erkak ushlandi. U marhumaning xonadonida avvalroq ta’mirlash ishlarini amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi.

Mirzo Ulug‘bek tumanida daraxtlarning ildizlariga shikast yetkazildi
1 fevral 2023, 11:42

Mirzo Ulug‘bek tumanida daraxtlarning ildizlariga shikast yetkazildi

O‘tgan yili Chilonzor va Yakkasaroyda ro‘y bergan shov shuvli holatlarga qaramasdan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi yana o‘nlab daraxtlar ildizi shikastlantirildi. Aybdorlar jarimaga tortildi.

O‘zbekistondan Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatildi
1 fevral 2023, 10:16

O‘zbekistondan Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatildi

1 fevraldan O‘zbekistondan Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatildi. Bunga qo‘shni mamlakat hududida temir yo‘ldagi texnik ishlar o‘z vaqtida bitmagani sabab bo‘ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona vodiysiga jo‘nab ketdi
1 fevral 2023, 10:14

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona vodiysiga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga uchib ketdi. Undan so‘ng Farg‘ona va Namangan viloyatlariga tashrif buyuradi. Tashrif davomida davlat rahbari hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishadi.

2022-yilda O‘zbekistondan salkam 9 ming kishi xorijga ko‘chib ketdi
1 fevral 2023, 10:05

2022-yilda O‘zbekistondan salkam 9 ming kishi xorijga ko‘chib ketdi

O‘zbekistondan 2022-yilda 8,8 ming kishi doimiy yashash maqsadida xorijga ko‘chib ketgan. Tahlillarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich so‘nggi 5 yilda sezilarli kamaygan. 2022-yilda mamlakatni tark etganlarning asosiy qismi Qozog‘iston, Rossiya va Qirg‘izistonga borgan.

Toshkentda Captiva yonib ketdi
1 fevral 2023, 09:47

Toshkentda Captiva yonib ketdi

Shayxontohur tumani Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida to‘xtab turgan Captiva yonib ketdi. Oqibatda bir nafar fuqaro kuyish jarohati bilan shifoxonaga olib ketildi. Hozirda yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting