Toshkent metropolitenining to‘rtta poyezdiga bittadan vagon qo‘shildi. Bunday poyezdlar o‘rtacha 1300 nafar yo‘lovchini tashishi mumkin. Tez orada besh vagonli poyezdlar soni 12 taga yetkaziladi.
FVV Andijon tumandagi uchta xonadonda portlash sodir bo‘lganini inkor etib, faqat xonadonlarning birida yong‘in kelib chiqqanini ma’lum qildi. Buning oqibatida uyning 50 kv. metr maydoniga zarar yetgan, jarohatlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yangihayot tumanida 12 yoshli qizning jasadi topilgan tashlandiq hududni obodonlashtirish ishlari boshlandi. Hududdagi daraxtlarning ortiqcha shoxlari olinib, yo‘llar ochiladi, chiroqlar o‘rnatiladi. Avvalroq marhumaning buvisi ko‘chalar yoritilmasligi, kameralar yo‘qligidan shikoyat qilgandi.
SSV rahbari oyligi xarajatlariga yetmayotgan shifokorlarga «bemorga mehr bilan yondashsangiz, o‘zi sizga berib ketadi» mazmunida taklif bildirgandi. Antikorrupsiya agentligi huzuridagi jamoatchilik kengashiga ko‘ra, bu mamlakat siyosatiga zid harakat va tizimga xalqning ishonchi kamayishiga sabab bo‘ladi.
O‘tgan yozda Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealarda ishtirok etganlikda gumon qilingan yana 39 nafar fuqaro ustidan Buxoroda sud jarayoni boshlandi. Ular orasida bank huquqshunosi, advokat, jurnalistlar, haydovchilar, ishsizlar va boshqalar bor. Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
27−30 yanvar kunlari oralig‘ida Toshkent shahri va Jizzax viloyatida odam o‘limi bilan bog‘liq 4 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda 4 nafar fuqaro vafot etgan, 2 nafari jarohatlangan.
Toshkent shahri hokimi o‘rinbosarlari Fransiya kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda poytaxtdagi qator obyektlarga quyosh panellarini o‘rnatishga qaratilgan loyiha muhokama qilindi. «Loyihaning texnik, iqtisodiy va huquqiy hujjatlari takomiliga yetkazilmoqda», — deyiladi axborotda.
O‘zbekistonda 6−8 fevral kunlari havo iliq bo‘ladi. Harorat +20 darajagacha ko‘tariladi. Biroq hafta o‘rtasida mamlakatga Rossiyadan sovuq antitsiklon kirib keladi. Kunduzi harorat −2 daraja, kechasi -12 darajagacha pasayishi mumkin.
Avvallari yilda bir yo ikki marta ro‘y beradigan narx o‘sishi arafasida kuzatiladigan, so‘nggi 5−6 yilda esa “avvalgi zamon"da qolib ketgandek tuyulgan benzinga navbatlar bu yilgi qish mavsumida yana kun tartibiga qaytdi. “Gazeta.uz” muxbiri Toshkent AYoQShlardagi navbatlarni fotosuratlarga muhrladi.
AQSh 2022 yilda turistik va ishbilarmonlik vizasi uchun o‘zbekistonliklar topshirgan arizalarning 47 foizini rad etdi, bu 2021 yilga nisbatan yomonroq, biroq avvalgi yillarga qaraganda yaxshiroq ko‘rsatkich sanaladi.
Namanganda fuqaro Telegram`da ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi 9 kishilik guruh ochib, unda Suriyadagi «Tavhid va jihod katibasi» terroristik tashkiloti safiga qo‘shilishga da’vat qilib kelgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
«Agrobank» ATB Qamashi tumani filiali mansabdor shaxslari salkam 4 mlrd so‘mni o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Tergov davomida ularning 3 nafariga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Bosh prokuratura Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan Polat Shamshetov o‘limi yuzasidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasi natijasini e’lon qildi. Unga ko‘ra marhum o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir yurak-qon tomiri yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan.
Qo‘ng‘irot tumani «Jasliq» posyolka fuqarolar yig‘inida Nexia 3 va yuk mashinasi o‘rtasida avtohalokat yuzaga kelib, 5 nafar odam vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vaziri oyligi kundalik xarajatlariga yetmayotgan shifokorlarga kutilmagan taklif bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bemor mehr bilan davolansa, o‘zi rozi bo‘lib, barakasini berib ketadi. «O‘zini brendini yaratsa, xalqning o‘zi boqadi», — dedi Amrillo Inoyatov.
Sirdaryo viloyat Ekologiya boshqarmasi tarmoqlarda yovvoyi to‘ng‘iz odamlarga hujum qilgani haqidagi videoxabar bo‘yicha munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, o‘tgan yil oktabrida Guliston tumanida haqiqatdan ham bir bosh yovvoyi to‘ng‘iz ovlanib, traktorda sudrab olib ketilgan, biroq qolgan kadrlar montajda qo‘shilgan.
Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida 98 mln dollar evaziga quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov loyihani 2024 yil 2-choragida emas, balki 2023 yil oxirigacha yakunlash kerakligini aytib, buning uchun har tomonlama ko‘mak ko‘rsatilishini bildirdi.
Andijon tumanida yuk mashinasi haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 21 yoshli ayolni bosib ketdi. Ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan u shifoxonada vafot etdi.
Peshku tumanida ikki shaxs 28 kishiga, yana biri 8 kishiga arab tili bahonasida noqonuniy diniy ta’lim berib kelayotgani aniqlandi. Ular faoliyati taqiqlangan Sodiq Samarqandiyning ma’ruzalarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib kelgani ham ma’lum bo‘ldi.
Kattaqo‘rg‘on tumanida bir guruh shaxslar ichida 720 mln so‘m bo‘lgan bankomatni o‘g‘rilab ketdi. Surishtiruv davomida apparat bo‘laklari tashlandiq joydan topildi. Holat bo‘yicha 4 kishi qamoqqa olindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting