Tarmoqlarda 2 nafar shaxsning Navoiy viloyat hokimiyati binosi oldida to‘pponchadan o‘q uzgan videosi tarqaldi. IIV video aslida avgust oyida tasvirga olingani va tartibbuzarlarning biri maktab o‘quvchisi ekanini ma’lum qildi. Hozirda tergov oldi surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Qo‘qon shahar IIB hibsxonasida saqlanayotgan mahkum vafot etdi. Uning o‘limiga yurak kasalligi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Klinika AKFA Medline yurak-o‘pka reanimatsiyasi sohasida yangi imkoniyatlarni va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini joriy etmoqda.
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi 15,5 mlrd so‘mga ikkita «mobil sahna» sotib oldi. Ma’lum qilinishicha, ushbu xarid prezident qarori talablarini bajarish uchun amalga oshirilgan. «Asosiy maqsad — barchaga birdek madaniy hordiq chiqarish uchun shart-sharoit yaratish», — deyiladi vazirlik izohida.
Prezident qarori bilan, Toshkent va Samarqanddagi arxitektura-qurilish institutlari universitetga aylantirildi. OTMlarda darslar o‘zbek, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kredit-modul tizimi asosida olib boriladi. Shuningdek, universitetlar huzurida texnopark va inkubatsiya markazi tashkil etiladi.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimcha kiritish bo‘yicha qonun loyihasiga ko‘ra, bir qator toifadagi shaxslarning umumiy o‘rta ta’lim tizimida rahbar lavozimiga tayinlashni taqiqlash taklif etilmoqda. Ular orasida muqaddam sudlangan va sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar bor.
Prezidentning «O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishonini ta’sis etish borasidagi farmoni qabul qilindi. Nishon bilan mamlakat fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Chery Automobile Co. Ltd kompaniyasi brendning modellari, narxlari va xarid shartlari haqida ma’lumot berdi.
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida hokim yordamchisi 2000 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olingani aytilmoqda. U tadbirkorlarga qurilmagan 10 ta issiqxona uchun 330 mln so‘m mablag‘ni jamiyat hisob-raqamiga o‘tkazishda yordam berishini va’da qilgan.
Navoiy viloyati Xatirchi tumanida bir nechta do‘konlar yonib ketdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida do‘konlarning 120 kv.m maydoni zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Kamida 1 mln dollar investitsiya kiritgan xorijliklarga soddalashtirilgan tartibda O‘zbekiston fuqaroligini olishga ruxsat berilishi mumkin. Bunday imkoniyat nafaqat investorlar, balki taniqli olimlar, sportchilar, madaniyat va san’at arboblariga ham tadbiq etiladi.
Zangiota tumanida o‘tkazilgan tezkor reyd davomida fuqaroga tegishli qushxonada jami 1,2 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari borligi aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Prezident topshirig‘iga asosan, Qrim va Sevastopolda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarga o‘qishini O‘zbekistondagi OTMlarga ko‘chirishga ruxsat berildi. Avvalroq bu bo‘yicha talabalar davlat rahbariga videomurojaat yo‘llagan edi.
Qrimdagi tibbiyot universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar o‘qishlarini vatandagi OTMlarga o‘tkazishda yordam so‘rab prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat qildi.
Toshkent shahar IIBB tomonidan Bektemir tumanida topilgan ikki o‘smirning ota-onasi yoki yaqinlari qidirilmoqda. 13 va 15 yoshli o‘g‘il bola yaqinlari hamda yashash joyi haqida ma’lumot bera olmagan.
Samarqanddagi «Rahmdillik» shelterida zo‘ravonlikka uchragan ayollar bir yilgacha yashashi mumkin. «Ammo bir yildan ko‘p vaqt yashaydiganlar ham bor. Ularning muammosi juda chigal. Shu sababli chiqarib yubora olmayman», — deydi jamiyat rahbari Bibisora Oripova.
Human Rights Watch O‘zbekistonni Nukus voqealarida bo‘lgani kabi o‘lim va og‘ir jarohatlarning oldini olish maqsadida olomonni nazorat qilish uchun shovqin va tutun chiqaruvchi granatalar qo‘llanish tartibini zudlik bilan qayta ko‘rib chiqishga va ularni IIO xodimlari jihozlari qatoridan chetlashtirishga chaqirdi.
O‘zbekistonda maktab ta’limining fin tajribasini tatbiq etishmoqchi. Kolumnist Komil Jalilov «istalgan mamlakat tajribasini ko‘chirish» taqdirga ta’sir qiluvchi qaror ekanini ta’kidlaydi. U ikki mamlakat tizimlaridagi farqlarni tahlil etib, bu bilan bog‘liq masalalarni ochiq muhokama qilishga chaqiradi.
5−6 noyabr kunlari to‘rtinchi Samarkand marathon bo‘lib o‘tdi. Bu safar «Gazeta.uz» marafonga tayyorgarlik jarayoni va g‘olib bo‘lganlar haqidagi ma’lumotlar o‘rniga, unda ishtirok etganlarning hayot tarzi, umrining har bir soniyasidan qanday rohatlanib yashayotgani aks etgan suratlarni taqdim etadi.
Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasida butun O‘zbekiston bo‘ylab 32 mingga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda. Toshkentda ushbu tadbirga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting