Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitasida mobil qurilmalarni IMEI bo‘yicha pulli ro‘yxatga olish jarayonini bekor qilish to‘g‘risidagi petitsiyani ko‘rib chiqish boshlandi.
Jurnalist Davlat Nazar vafot etgan YTHda aybli deb topilgan haydovchiga uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi. Marhumning turmush o‘rtog‘i sudlanuvchining voyaga yetmagan farzandini yakka boquvchisiz qoldirmaslikni so‘ragan.
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari uchun belgilangan foizda order berishga mablag‘ ajratilmayapti. Ayni paytda order olish uchun katta navbatlar paydo bo‘lishiga ham shu omil sabab bo‘lmoqda, dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bahrom Mo‘minov.
Juma va shanba kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ib, haroratning bir oz pastlashi kutilmoqda. Yakshanba kuni esa iliq va nam ob-havo hukmronlik qiladi.
Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov yaqin istiqbolda Toshkent va Nurafshon o‘rtasida metro harakati yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Xorazm viloyatida 10 nafar ichki ishlar xodimini lavozimidan chetlashtirdi.
Asaka tuman IIB bloger Otabek Nuritdinovning kaltaklanishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda. U masjid yaqinidagi spirtli ichimliklar do‘koni fotosuratlarini e’lon qilganidan so‘ng hujumga uchradi.
Farg‘ona viloyatida Nexia, Tico va Gentra to‘qnashuvi natijasida uch kishi vafot etdi, olti kishi shifoxonaga yotqizildi. Samarqand viloyatidagi YTHda esa ikki kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohatlandi.
Madaniyat vaziri o‘rinbosari, san’atshunoslik fanlari doktori Kamola Oqilova madaniy meros ob’ektlariga zarar yetishi va ularning yo‘q bo‘lishiga sabab bo‘layotgan omillarni ma’lum qildi. Uning aytishicha, eng katta zarar mahalliy hokimiyatning qurilish ishlaridagi siyosatidan kelib chiqmoqda.
Xitoyning Uxan shahridan evakuatsiya qilingan 84 kishi ikki haftalik karantindan so‘ng uylariga kuzatildi. Ularda koronavirus alomatlari aniqlanmadi.
Toshkentda «Tavhid va jihod katibasi» xalqaro terroristik tashkiloti tarafdordari va a’zolari aniqlanib, 21 kishi qo‘lga olindi.
Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudida ilk bolalarga do‘stona muhitli tergov xonasi tashkil etildi. U sudlarda jinoyat ishlarini ko‘rib chiqish vaqtida bolalarga ruhiy shikast yetkazish ehtimolini imkon qadar kamaytirishga yordam beradi.
Yil boshidan beri O‘zbekistonning doimiy aholisi qariyb 100 ming kishiga ko‘payib, 34 millionga yetdi.
Xitoydan O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan 294 fuqaro «Bo‘ston» sanatoriyasida ikki haftalik karantindan so‘ng uylariga kuzatildi. Qolgan fuqarolarning karantin muddati chorshanba va payshanba kunlari yakuniga yetadi.
Bosh vazir Abdulla Aripov prezident nomidan Human bandlik agentligi faoliyatidan jabrlanganlar bilan uchrashib, 1086 nafar fuqaroga tadbirkor yetkazgan zarar Mehnat vazirligining byudjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan qoplab berilishini ma’lum qildi. Xususiy bandlik agentliklari yopiladi. Uchrashuv tafsilotlari — «Gazeta.uz» reportajida.
Toshkent IIBB Chilonzor tumanida ko‘p qavatli uy liftida qiz bolaga hujum qilgan erkakni qidirmoqda.
Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida VAZ va KIA Rio to‘qnashuvi natijasida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.
Yaqin kunlarda respublikaning katta qismida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Payshanba kunidan esa havo ilishni boshlaydi.
Mobil qurilmalarni IMEI bo‘yicha pulli ro‘yxatga olishni bekor qilish va jarayonni soddalashtirish to‘g‘risidagi petitsiya «Mening fikrim» portalida e’lon qilindi. Uch kun ichida murojaat 9000 dan ortiq ovoz to‘pladi.
Sirdaryo viloyatidagi uyda sodir bo‘lgan yong‘inda olti kishi, jumladan, uch bola vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting