Toshkent shahri va Xorazm viloyatida giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar va bezorilikda gumonlanib 19 nafar shaxs qo‘lga olindi.
Toshkentda reportaj tayyorlamoqchi bo‘lgan jurnalistlarni kaltaklagan “Ko‘prikqurilish” xodimi 4 yilga shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilindi. Aybdorga 2 yillik sinov muddati belgilandi va undan 23,7 mln so‘m zarar undirildi.
O‘zbekiston 15 yoshli o‘quvchilarning matematika, o‘qish va tabiiy-ilmiy savodxonligi bo‘yicha ko‘rsatkichlarini xalqaro baholash dasturi (PISA)da ilk bor qatnashib, so‘nggi o‘ntalikka kirdi. Tadqiqot o‘quvchilar ko‘nikmalariga ijtimoiy-iqtisodiy ahvol va oilaning oziq-ovqat xavfsizligi ta’sir qilishini ko‘rsatdi.
O‘zbekistonda 11 oyda “zapravka”lar 110,4 milliard so‘mga teng bo‘lgan tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlandi. Jamiyat va ta’minotchi korxona mansabdorlariga jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
DXX fuqarodan 10 ming dollar olishda gumonlangan Oliy sudning katta konsultantini qo‘lga oldi. U 2 kishining oqlanishiga yordam berishni va’da qilgan. Shuningdek, mahalliy tadbirkordan 6 ming dollar olishda gumonlangan Surxondaryo viloyat sudi sudyasi katta yordamchisi ham ushlandi.
Tarmoqlarda pedagog 4 yoshli bolani urib, mashg‘ulot o‘tayotgani aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani holatni nazoratga oldi va pedagogning ishdan bo‘shatilganini bildirdi.
Toshkentdagi 14-sonli yo‘nalishda o‘ta katta sig‘imli elektrobuslar xizmat ko‘rsatishni boshladi. Ular King Long avtobuslari ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan bonus tariqasida berilgan.
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi bo‘ldi. U 2017-yildan buyon Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburgdagi elchi bo‘lib ishlagan Dilyor Hakimov o‘rnini egalladi.
Toshkentda jinoyat sodir etganlikda gumonlanib Buzruk Buzrukov qo‘lga olindi. Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik O‘zbekistonda yadro sanoati va tibbiyotini rivojlantirish bo‘yicha beshta yangi loyihani ma’qulladi. Ular orasida yuqori sifatli nur terapiyasi orqali saratondan o‘limni kamaytirish kabilar bor.
O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan “Salimboy” laqabli tadbirkor Salim Abduvaliyevni qo‘lga oldi.
Poytaxt xalq deputatlari kengashi “Yangi Toshkent” loyihasini hisobga olgan holda Toshkent shahrining bosh rejasini ishlab chiqish uchun birinchi bosqichda 40 mlrd so‘m ajratilishini ma’qulladi.
O‘zbekiston Ekologiya vazirligi va Tadweer (BAA) kompaniyasi COP28 doirasida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish sohasida “yashil” texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, chiqindilarni elektrga aylantirish zavodini ishga tushirishni nazarda tutuvchi memorandumni imzoladi.
24-yanvargacha Click kompaniyasi 1 mlrd so‘m o‘ynaluvchi aksiya o‘tkazmoqda. Asosiy pul mukofotlaridan tashqari, ishtirokchilarda har kunlik sovrinlarni yutib olish imkoniyati bor.
Rekord darajada ko‘p — 26 ta “Oskar” haykalchasi egasiga aylangan Uolt Disney tavalludiga 5-dekabr kuni 122 yil to‘ldi. U asos solgan Disney studiyasi o‘z filmlari bilan nafaqat bolalar, balki kattalarga ham zavq ulashishda davom etmoqda. “Gazeta.uz” aynan shu studiya multfilmlari haqida test tayyorladi.
O‘zbekistonda 2023-yil kuzi, xususan, noyabr oyi meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng issig‘i bo‘ldi. Faslning so‘nggi oyida harorat +28 darajagacha ko‘tarildi. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kam va me’yor atrofida bo‘ldi.
Uzbekistan Airways tomonidan qishki ta’til munosabati bilan o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida o‘quvchi talabalarga 23-dekabrdan 7-yanvargacha 50 foizlik chegirma beriladi.
Moskva — Termiz yo‘nalishida uchayotgan samolyot yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Qozog‘istonning Aqto‘be shahri xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga qo‘ndi. Ekipaj bort tagiga tez yordam mashinasini chaqirtirgan.
Adliya vazirligi qarg‘ish uchun jarima va 15 sutkagacha qamoq tarzidagi ma’muriy javobgarlik joriy etilishi rejalashtirilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bunday hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmagan, dedi vazirlik.
Chilonzor tumanida qalbaki 20 ming dollarni sotishda gumonlangan shaxslar ushlandi. Ular fuqaroga pullarni 10 ming dollarga sotgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting