Talabalarga dekabrning oxirgi 10 kunligi va yanvarning birinchi 10 kunligi oralig‘ida har yilgi 2 haftalik qishki ta’til beriladi. Ta’til shu paytgacha 1992 yildagi prezident farmoni bilan berilgan. 2022 yil 31 avgustda u o‘z quchini yo‘qotgandan so‘ng, bu borada Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Hukumat qarori bilan 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab maktablarda o‘quvchilar uchun yagona maktab formasini joriy etish rasman bekor qilindi. O‘zbekistonda yagona majburiy maktab formasini joriy etish besh yildan buyon keng jamoatchilik noroziliklari tufayli amalga oshmay kelmoqda.
Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti O‘zbekistonda oilalarning baxtlilik indikatorini ishlab chiqmoqda. Unda o‘zbek millatining xarakteri va turmush darajasi inobatga olindi. Qolaversa, Fransiya, Indoneziya, Butan kabi davlatlarda joriy qilingan indekslar tahlil qilindi.
Toshkentdagi avtobuslarning 54% yo‘lovchilari yo‘lkirani naqd shaklda to‘lashda davom etmoqda. Metroda esa bu raqam 61%ni tashkil qilmoqda. «Gazeta.uz» nima uchun odamlar naqd pulsiz to‘lov shakliga o‘tishni istamasligi va muammoni qanday hal etish mumkinligini o‘rganishga harakat qildi.
17 oktabrdan Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qatnovchi «Afrosiyob» tezyurar poyezdi Dashtobod bekatida ham to‘xtab o‘tadi. Shu maqsadda, poyezd bekatida chiptaxona va kutish zali tashkillashtiriladi. Ushbu stansiya turistlar uchun jozibali bo‘lgan Zomin tumanida joylashgan.
«Gazeta.uz» «O‘zbek tili oyligi» doirasida 1990 yillarda turli nashrlarda chop etilgan maqolalarni berishda davom etadi. O‘sha yillari Zoir Ziyoning «o‘zbek tili to‘la mustaqillikka erishishi lozim», degan gapi bugun ham o‘z dolzarb. «Bu ishda tilshunoslarimiz faollik ko‘rsatishi kerak», — degandi u.
2022 yilda maktabni bitirgan 295 393 nafar o‘quvchi OTMga hujjat torshirdi. Ularning 85 869 nafari (23%) talaba bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan 4 foizga, 2020 yilga nisbatan 12 foizga oshgan. O‘quvchilari o‘tish balini to‘play olmagan 519 ta umumta’lim maktabi alohida nazoratga olindi.
9 oyda O‘zbekistonda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining 27 mingdan ortig‘i — oilada, 3 mingdan ortig‘i — ko‘chada, 1 mingdan ortig‘i — jamoat joyida sodir etildi, deya ma’lum qildi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi. Jami 32 mingdan ortiq xotin-qizlarga himoya orderlari berildi.
«O‘zkimyosanoat» kompaniyasi «Maxam Chirchiq» zavodida avval portlash bo‘lgani, keyin buning natijasida yong‘in yuzaga kelgani, atrof-muhitga zararli gazlar tarqalmaganini ma’lum qildi. Voqea joyiga energetika vaziri yetib bordi. Portlash oqibatida zavodning ikki xodimi jarohatlangani aytilmoqda.
Oila kodeksida yon shajara bo‘yicha qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni taqiqlash taklif etilmoqda. 2021 yilning ikkinchi yarmida respublika bo‘yicha jami 1210 ta yaqin qarindoshlar (529 ta — xolavachcha, 307 ta — tog‘avachcha, 178 ta — amakivachcha, 196 ta — ammavachcha) o‘rtasida nikoh holatlari qayd qilingan.
Seshanba tongida Chirchiq shahridagi «Maxam Chirchiq» kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavodda yong‘in yuzaga keldi va portlash sodir bo‘ldi. Viloyat hokimligi ayni vaqtda FVV va huquq-tartibot idoralari yong‘inni o‘chirish choralarini ko‘rayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda har yili 1000 ga yaqin ayolning o‘limiga sabab bo‘ladigan bachadon bo‘yni saratonini erta aniqlashda odam papilloma virusi testini o‘tkazish bo‘yicha sinov loyihasi o‘z samarasini ko‘rsatdi. Bunday skriningni doimiy o‘tkazish dasturi kasallanish va o‘lim darajasini pasaytirishga yordam berishi kutilmoqda.
Samarqandda o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti, Vengriyaga ketgan prezident, Chirchiq daryosidan topilgan IIV xodimining jasadi, o‘z onasini o‘ldirgan erkak, paxta tashuvchi traktorga urilgan Cobalt, NASAning xalqaro tanlovida ishtirok etadigan o‘zbeklar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
Qashqadaryoning Dehqonobod tumanidagi oilaviy shifokorlik punkti feldsheri ko‘rikka kelgan 2-guruh nogironining bank kartasidan 5 mln so‘m pulini o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi. Gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Namangan viloyatida Cobalt avtomashinasi va paxta tashuvchi traktorning to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi kasalxonaga yotqizildi. Traktor haydovchilari o‘rtasida tungi vaqtda yoritish chiroqlari va nur qaytargichlar soz holda harakatlanish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazilmoqda, deyilgan YHXB xabarida.
Toshkentda o‘tkazilgan xakatonda uchta jamoa — «SpaceY», «Astrea» va «AvacadOS» g‘olib bo‘ldi. Ular O‘zbekiston nomidan NASAning xalqaro tanlovida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida 29 yoshli fuqaro onasidan yashash uyiga begona erkaklarni olib kelmaslikni so‘rab, u bilan janjallashib qolgan. Oqibatda u onasini oshxona pichog‘i bilan jarohatlab, o‘ldirib qo‘ydi. Prokuratura voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Nukus va Mo‘ynoqda Ahmad Yassaviyning shogirdi, Zangi otaning ustozi — Sulaymon Boqirg‘oniy tavalludining 900 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Avstraliya, Afg‘oniston, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlaridan olim va tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Turkiy kengash o‘rniga qayta tashkil etilgan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti 11 noyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadi.
Vengriya tomonining taklifiga binoan, Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Tashrif davomida Vengriya prezidenti va bosh vaziri bilan bir qatorda mamlakatning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting