Tagiga dizel quyib ketilgan Toshkent daraxtlari, yopiq binolarda o‘tkazilishi kutilayotgan kirish imtihonlari, yig‘ilish vaqtida DXX hibsga olgan 8 nafar davlat xizmatchisi, soliq to‘lashdan qochish sxemalari, Plug and Play markazi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 23 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Xodimlarning real soni, bajarilgan ishlarning haqiqiy hajmini yashirish, xarajatlarni sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatish — Soliq qo‘mitasi tomonidan Fiskal institutida qurilish sohasida soliq to‘lashdan qochishga urinish hamda boshqa sxemalar fosh etildi.
Gurlan tumanida ikki fuqaro tanishlari orqali 100 ming dollar evaziga 40 sotix yer maydonini omborxona qurish uchun olib berishga uringanlikda ayblanmoqda. Gumondorlar oldindan 25 ming dollar va 65 mln so‘mni olganida ushlangan. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Senatorlar Kinematografiya agentligi rahbari hisobotini tinglab, uning faoliyatini tanqid qildi. Aytilishicha, qaroqchilikka qarshi kurash va mualliflik huquqi himoyasida muammolar bor, Kinematografiya akademiyasi va hududiy kinoteatrlar tashkil etilmagan, «Kinematografiya to‘g‘risida»gi qonun ishlab chiqilmagan.
RSHTTYOIM Samarqand filiali direktorining o‘rinbosari fuqaroni tug‘uruqxonaga hamshira lavozimiga ishga kiritib qo‘yishga uringanlikda gumonlanmoqda. U buning evaziga 1400 dollarni olgan vaqtida ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Davlat tashkilotlarining shtat tuzilmalari, ish jadvali, kadrlar zaxirasi, mukofotlar, xizmat safarlari xarajatlari va boshqalardan iborat hrm.argos.uz platformasi yaratildi. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi platforma yordamida kadrlar bilan ishlash tizimini to‘liq raqamlashtirishni ko‘zlamoqda.
Poytaxtning Katta Mirobod mahallasida taxminan 5 ta daraxtni sun’iy ravishda quritish uchun ularning tagiga dizel yoqilg‘isi quyilgani aniqlandi. Davlat ekologiya qo‘mitasi holat yuzasidan surishtiruv olib bormoqda. Bu ishni shu yerda qurilish ishlarini olib borayotgan kompaniya qilgan bo‘lishi mumkin.
BMT Taraqqiyot dasturi va BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi O‘zbekistonda «Yashil makon» loyihasini amalga oshirishga qo‘shildi. Ular loyihani bosh-rejalashtirish va unga innovatsion moliyaviy yechimlarni joriy etishda yordam beradi.
Joriy yilda OTMga kirish uchun test sinovlari to‘liq yopiq binolarda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda, deb ma’lum qildi DTM boshqarma boshlig‘i Javlon Nurmatov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu davlat komissiyasining yoki maxsus komissiyaning taklif va cheklovlariga bog‘liq.
Namanganda Qirg‘izistondan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan qalbaki 10 600 dollar muomalaga kiritilishining oldi olindi. Mazkur mablag‘larni saqlab kelayotgan va kelgusida Toshkent shahrida sotishni rejalashtirgan ikki fuqaro qo‘lga olingani aytilmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
«O‘zbekkosmos» agentligi Fransiyaning «Airbus DS GEO Intelligence» kompaniyasi bilan Yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshini yaratishni rejalashtirmoqda. Buning evaziga kompaniya sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini birgalikda sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
DXX Surxondaryoda korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan yig‘ilishda 1 nafar sobiq bank xodimi va 7 nafar turli tashkilot xodimini hibsga oldi. Ular budjet va kredit mablag‘larini o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda.
Boyovut tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbarlari yo‘l infratuzilmalarini ta’mirlashda qo‘shib yozish orqali 1,5 mlrd so‘m mablag‘ni talon-toroj qilgani aytilmoqda. Korxona mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
To‘palangdagi to‘polon, osilgan holda topilgan Boyovut qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi, Surxondaryoda aniqlangan soxta At Termiziy University, Evos filiallarining birida chiqqan yong‘in, sel xavfi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 22 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Jahon banki O‘zbekistonda qashshoqlikka qarshi kurashish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan yosh fotosuratchilar o‘rtasidagi qo‘shma tanlov natijalarini sarhisob qildi. «Gazeta.uz» fotograflari Madina A’zam va Yevgeniy Sorochin tanlovning asosiy va maxsus sovrinini qo‘lga kiritdi.
Toshkent viloyatida madaniy meros obyektlarini qayta ta’mirlashda soxta hisob-kitoblar yo‘li bilan 670 mln so‘mga yaqin davlat mablag‘lari o‘zlashtirilgani aniqlandi. Bundan tashqari, Qibray tumanidagi arxeologiya yodgorligi yaqinidagi qurilish ishlari ushbu obyektga 5 mlrd 668 mln so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashida ishlab kelayotgan Gulzira Baxiyeva Qoraqalpog‘iston maktabgacha ta’lim vaziri lavozimiga tayinlandi.
Urganch aeroporti sho‘rlanish tufayli yaroqsiz holga kelgan va rekonstruksiyaga yaramaydi, shu bois yangi havo bandargohi qurilishi rejalashtirilmoqda, dedi Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva. Buxorodagi aerodromni esa rekonstruksiya qilish va yangi terminal qurish talab etiladi.
O‘zgidromet hafta oxiriga qadar va dushanba kuni kuzatiladigan yomg‘irlar sababli O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelishidan ogohlantirdi. Aholidan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.
Prezident tanqididan so‘ng, hokim yordamchilari uchun halollik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etildi. Seminarlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaning oldini olish mexanizmlari va boshqalar tahlil qilinmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting