20 iyundan Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlaridagi maktablarga onlayn-qabul boshlandi. «Gazeta.uz» ota-onalar uchun my.maktab.uz platformasi orqali elektron shaklda maktabga hujjat topshirish bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etadi.
Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi 10-sonli koloniyada tibbiyot xodimlari yetishmaydi. U yerda har kuni 70−80 nafar mahkumga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Ombudsman ofisi muassasadagi mahkumlarni saqlash va qarindoshlari bilan uchrashish uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.
Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qator takliflarini bildirdi: «O‘zbekistan — ijtimoiy davlat», fuqarolarning (100 ming kishidan kam bo‘lmagan guruhda) qonunchilik takliflarini bildirishi, mahalla maqomini Konstitutsiyada belgilash.
Andijon shahrida 2 nafar bolaning o‘limida gumonlanib, 27 yoshli ayol hibsga olindi. Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, u ushbu jinoyatni oilasi buzilib ketishiga sababchi bo‘lgan xolavachchasi bilan tortishib qolgani uchun sodir etganini tan olgan. U shu yo‘l orqali xolavachchasidan qasd olgani aytilmoqda.
Konstitutsiyani referendum orqali o‘zgartirish taklifi, Toshkent aeroportini ko‘chirish muhokamasi, ayrim prezident vakolatlarini Senatga o‘tkazishni taklif qilgan Shavkat Mirziyoyev, suv bosgan ko‘chalar, o‘lim jazosini taqiqlash bo‘yicha norma va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 20 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Poytaxtdagi yuqori bosimli magistral gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlik sababli sakkizta tumanning ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti seshanba kuni soat 6:00 ga qadar to‘xtatiladi.
Shahrisabzda BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida Hisor qo‘riqxonasining tashrif markazi ochildi. Markaz qo‘riqxonaning yovvoyi hayvonlari va faoliyat yo‘nalishi hamda yovvoyi tabiat duch kelayotgan xavf-xatarlar haqida ma’lumot beradi.
20 iyun kuni Toshkent shahrida yog‘gan qisqa muddatli kuchli yomg‘irlar tufayli poytaxt ko‘chalarini suv bosdi. Yomg‘ir hatto savdo markazlaridagi do‘konlargacha kirib bordi.
O‘zbekiston prezidenti hokimlar bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashlariga ham boshchilik qilishi haqidagi qoidani Konstitutsiyadan chiqarib tashlash vaqti kelganini ma’lum qildi. Hokimlarning kengash raisi maqomini bekor qilish 3 yildan beri ortga surib kelinmoqda.
Shavkat Mirziyoyev «oila ayol va erkakning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligi asosida shakllanishi», jamiyat va davlatning alohida himoyasida ekanini Konstitutsiyada mustahkamlashni taklif etdi. Davlat rahbari iqtidorli yoshlarni doimo qo‘llab-quvvatlashni mustaqil qoida sifatida belgilash kerakligini aytdi.
Dushanbadan chorshanbagacha respublikaning turli hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va do‘l yog‘adi, harorat esa +23…+28 atrofida bo‘ladi. Ayrim tog‘li hududlarda sel kelishi xavfi mavjud. O‘zgidromet haftaning ikkinchi yarmida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi va harorat +39 darajaga ko‘tarilishini ma’lum qildi.
Andijon shahar sobiq hokimi Bahrom Haydarov hibsga olingach uning imzosi bilan 26 ta hujjat tasdiqlangandi. Shaharning yangi hokimi Gofurjon Abdurahmonov mazkur hujjatlarni, qolaversa, sobiq hokim imzolagan yana 4 ta hujjatni bekor qildi. Ularning asosiy qismi yer maydonini auksionga qo‘yish bilan bog‘liq.
Andijon shahridagi xonadonlarning birida ikki nafar voyaga yetmagan fuqaroning jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni viloyat prokurori o‘z nazoratiga oldi.
Yakshanba kuni Toshkent shahar hokimligi kuchli shamol bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishidan ogohlantirdi. Poytaxt aholisi va mehmonlaridan daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalarni qo‘ymaslik so‘ralmoqda.
Malayziyaning PETRONAS kompaniyasi HSE bosh menejeri Nafisa Xodjayeva — «Xorijdagi o‘zbekistonliklar» loyihasining navbatdagi mehmoni. Undan shifokorlik amaliyotini nima uchun tark etgani, korporatsiyada gender tengligiga munosabat qandayligini bilib oldik, shuningdek, yoshlarga maslahatlar berishini so‘radik.
Surxondaryodagi to‘yda kelinni urgan kuyov jazodan qutulib qoldi. Sud kelinning da’vo va arizasi yo‘qligi sababli ma’muriy jazo qo‘llamadi.
O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni yoshlari o‘rtasidagi Osiyo kubogi finaliga qiziqish musobaqa O‘zbekistonda o‘tayotganini inobatga olganda anchagina yuqori. Tashkilotchilik darajasi shunga mosmi? Final chiptalari mojarosi hal bo‘ldimi? O‘zi nima shovqin? «Gazeta.uz» voqealar rivojini bir joyga to‘pladi.
Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov avtomobil oynalarni qoraytirish bepul bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. So‘nggi haftalarda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari #tonirovka_jinoyat_emas xeshtegi ostida video joylashni boshlashdi.
27−29 may kunlari ayol dasturchilar uchun TumarisHack onlayn-hakatoni bo‘lib o‘tdi.
Davlat boshqaruvini o‘zgartirish, prezidentga impichment hamda bosh vazirga ishonchsizlik votumini e’lon qilish tartibini joriy etish, bodikamerasi yo‘q ichki ishlar xodimining maqomini oddiy fuqaroga tenglashtirish, o‘zbek tilini bilishni majburiy qilish — Konstitutsiya bo‘yicha ayrim takliflar «Gazeta.uz» materialida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting