Jamiyat

Changli tuman qanday paydo bo‘ldi va u qancha davom etadi? «O‘zgidromet» javoblari
5 noyabr 2021, 14:33

Changli tuman qanday paydo bo‘ldi va u qancha davom etadi? «O‘zgidromet» javoblari

Chang bo‘ronlar O‘zbekiston va mintaqada tez-tez uchrab turadigan holat. Ammo hozirda respublika bo‘ylab kuzatilayotgan changli tuman g‘ayrioddiy ekanligi qayd etildi. U sekin tarqalmoqda va ertagacha davom etishi mumkin, deb xabar berdi «O‘zgidromet» «Gazeta.uz»ga. Markaz mamlakatdagi keng ko‘lamli qurilish ishlari ushbu hodisaning paydo bo‘lish sabablaridan biri ekanligini tasdiqladi.

Milliy bog‘da ikkinchi ko‘l ham quritildi. Uning o‘rniga teatr qurilmoqda
5 noyabr 2021, 13:00

Milliy bog‘da ikkinchi ko‘l ham quritildi. Uning o‘rniga teatr qurilmoqda

Milliy bog‘da Qonunchilik palatasi binosi yonidagi ko‘l quritilib, uning o‘rniga Milliy akademik drama teatrining yangi binosi qurilmoqda. Bunga qadar ko‘ldagi orolchada tomosha minorasi bo‘lgan Light House restoran majmuasini barpo etish mo‘ljallanayotgan edi. «Gazeta.uz» qurilish joyiga borib, vaziyatni o‘rgandi.

Fotoreportaj: Chang tumanida qolgan tonggi Toshkent
5 noyabr 2021, 12:42

Fotoreportaj: Chang tumanida qolgan tonggi Toshkent

Toshkentga qumli tuman olib kelgan shamol to‘xtadi, ammo chang havoda saqlanib turmoqda. Poytaxt ko‘chalari sariq rangga burkangan. Noodatiy ob-havo hodisasi haqidagi fotoreportaj — «Gazeta.uz» muxbiri Yevgeniy Sorochin obyektivida.

Samarqandda Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan shaxslar to‘xtatib qolindi
5 noyabr 2021, 12:40

Samarqandda Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan shaxslar to‘xtatib qolindi

Samarqandda DXX terroristik tashkilot tarafdorlari sifatida gumon qilingan 10 nafar shaxsning Suriya davlatiga chiqib ketishining oldini oldi. Ular ijtimoiy tarmoqlarda «jihod»ga chorlovchi materiallarni muntazam ravishda tarqatib kelgani aytilmoqda.

Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi
5 noyabr 2021, 12:02

Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati asta-sekin ko‘tariladi. Havo harorati kechasi -2 daraja sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kuni +9…+14 daraja iliqgacha isiydi.

Toshkentning ayrim tumanlarida ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatildi
5 noyabr 2021, 10:59

Toshkentning ayrim tumanlarida ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatildi

«Qodiriya» bosh suv inshootidagi nosozlik tufayli poytaxtning ayrim tumanlarida ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Jumladan, avariya oqibatida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ikkita qozonxonaga sovuq suv kelishi to‘xtagan va tuman aholisi ta’minotsiz qolgan.

Hududlarda 35 kg dan ortiq giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi
5 noyabr 2021, 10:52

Hududlarda 35 kg dan ortiq giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi

DXX va Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Jizzax, Toshkent, Samarqand va Andijon viloyatlarida jami 17 kg 165 gr “opiy” va 18 kg 279 gr “gashish” giyohvand moddalarining muomalasiga chek qo‘yildi.

SSV nafas qisishi bilan bog‘liq shikoyatlar soni ortganini ma’lum qildi
5 noyabr 2021, 10:44

SSV nafas qisishi bilan bog‘liq shikoyatlar soni ortganini ma’lum qildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi «Tez yordam» xizmatiga bo‘lgan jami chaqiriqlar soni 3 noyabrdagi 3433 tadan 4 noyabrda 4082 taga yetgani, 678 kishi nafas qisishidan shikoyat qilganini bildirdi. Vazirlik aholiga changli havoda niqob taqish, allergik va astma kasalligi bor bemorlarga tashqariga chiqmaslikni tavsiya qildi.

Toshkentliklar changli tuman tufayli shifoxonalarga murojaat qilmoqda
5 noyabr 2021, 00:55

Toshkentliklar changli tuman tufayli shifoxonalarga murojaat qilmoqda

Toshkentdagi changli tuman tufayli nafas olish muammosi bilan kamida uch kishi Respublika allergiya markazi va 1-shahar kasalxonasiga murojaat qildi. Allergiya va nafas olish muammolari bo‘lgan odamlarga uyda qolish, derazalarni yopish va xonalarni namlantirish tavsiya etiladi.

Foto: Toshkentni chang-qumli tuman qopladi
5 noyabr 2021, 00:43

Foto: Toshkentni chang-qumli tuman qopladi

Toshkent ko‘chalari va ulardagi obyektlar ustini chang qopladi. U kiyimlarga ham o‘tirib qolmoqda, qolaversa, binolar ichida ham sezilayapti. Poytaxtdagi chang-qumli tumandan fotoreportaj.

O‘zgidromet Toshkentdagi chang-qumli tuman sababini ma’lum qildi
4 noyabr 2021, 21:11

O‘zgidromet Toshkentdagi chang-qumli tuman sababini ma’lum qildi

Kuchli shamol natijasida tuproqning juda quruq usti qatlami ko‘tarilishi payshanba kuni Toshkentda chang-qumli tuman kuzatilishiga sabab bo‘ldi. O‘zgidromet atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan miqdorlardan 5 barobarga oshganini ma’lum qildi.

Mahalla kelajagi: O‘zbekistonning an’anaviy uylari urbanizatsiyaning qaysi tendensiyalariga mos keladi?
4 noyabr 2021, 20:05

Mahalla kelajagi: O‘zbekistonning an’anaviy uylari urbanizatsiyaning qaysi tendensiyalariga mos keladi?

Venetsiyadagi 17-xalqaro arxitektura biyennalesida O‘zbekiston o‘zining «Mahalla: shahar va qishloq hayoti» nomli birinchi loyihasini taqdim etdi. Ko‘rgazma me’morlar oldiga: «Biz birgalikda qanday yashaymiz», degan savolni qo‘yadi. «Gazeta.uz» loyiha kuratorlaridan mahalla me’morchiligi arxitektura olamining global muammolarini qanday hal qilishi mumkinligi haqida so‘radi.

Zamin fondi eshitish qobiliyati zaif 2000 o‘quvchiga ikkitadan eshitish uskunasi topshirmoqda
4 noyabr 2021, 19:55 1

Zamin fondi eshitish qobiliyati zaif 2000 o‘quvchiga ikkitadan eshitish uskunasi topshirmoqda

Zamin fondi ko‘magida ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining eshitish qobiliyati zaif 2000 nafar o‘quvchisiga ikkitadan eshitish uskunasi topshirilmoqda.

O‘zbekiston OTMlarining umumiy reytingi e’lon qilindi
4 noyabr 2021, 18:15

O‘zbekiston OTMlarining umumiy reytingi e’lon qilindi

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi oliy ta’lim muassasalarining umumiy reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, ilmiy tadqiqotlar orqali eng ko‘p mablag‘ ishlab topgan OTMlar, OTMlarning ilmiy salohiyati, filiallar reytinglari ham e’lon qilindi.

O‘zbekiston issiqxona gazlari chiqarishni kamaytirish majburiyatlarini orttirdi
4 noyabr 2021, 17:24

O‘zbekiston issiqxona gazlari chiqarishni kamaytirish majburiyatlarini orttirdi

O‘zbekistonning global isishga qarshi kurashdagi hissasi ortadi: mamlakat 2030 yilgacha issiqxona chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini sezilarli darajada oshirdi.

Buxoroda davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini buzgan 197 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi
4 noyabr 2021, 13:13

Buxoroda davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini buzgan 197 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi

Buxoroda 10 oy ichida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 9 mingdan ortiq qonun buzilish holatlari aniqlandi. Xizmat muddatini buzgan, ortiqcha hujjat talab qilgan va murojaatni asossiz rad etgan 197 nafar mansabdor jarimaga, yana 8 nafari esa intizomiy javobgarlikka tortildi.

OpenWay O‘zbekiston uchun to‘lov yechimlarini yaratmoqda
4 noyabr 2021, 13:00

OpenWay O‘zbekiston uchun to‘lov yechimlarini yaratmoqda

OpenWay kompaniyasining MDH mamlakatlarida biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari kompaniya O‘zbekiston bozoriga qanday kirib kelgani va qanday qilib ishonch qozongani haqida so‘zlab berdi.

IIVning «Topilmalar stoli» ni bekor qilish rejalashtirilmoqda
4 noyabr 2021, 12:48

IIVning «Topilmalar stoli» ni bekor qilish rejalashtirilmoqda

Adliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi «Topilmalar stoli» ni bekor qilib, topilgan narsalarni qabul qilish, saqlash va qaytarish funksiyalarini Davlat xizmatlari agentligiga o‘tkazishni taklif qilmoqda. Kelgusi yilning mart oyidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yo‘qotkan ashyolar haqida xabar berish mumkin bo‘ladi.

Western Union orqali pul o‘tkazmalari endi Apelsin ilovasida mavjud
4 noyabr 2021, 11:00

Western Union orqali pul o‘tkazmalari endi Apelsin ilovasida mavjud

Apelsin`ning identifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilari AQSh dollaridagi maxsus hisob raqamlari bo‘lsa dunyoning 200 ta mamlakatlariga pul o‘tkazmalarini amalga oshirishlari mumkin.

O‘zbekistonda 246 mingdan ortiq bola Pfizer vaksinasi bilan emlandi
4 noyabr 2021, 10:56

O‘zbekistonda 246 mingdan ortiq bola Pfizer vaksinasi bilan emlandi

O‘zbekistonda 246 033 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar koronavirusga qarshi Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi. Vaksinatsiyaning yuqori ko‘rsatkichlari Farg‘ona, Namangan va Andijon hududularida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting