Jamiyat

Toshkentda avtobloger Bobur G‘aniyev qamoqqa olindi
2 oktabr 2021, 14:44

Toshkentda avtobloger Bobur G‘aniyev qamoqqa olindi

Toshkentda avtobloger Bobur G‘aniyev qamoqqa olindi. IIBB uning haydovchi hujjatlari tekshirilayotganda YHXB hodimlarini haqoratlab, janjal ko‘targanini ma’lum qildi. Uchastkada hujjatlar rasmiylashtirilayotgan vaqtda telefonidan taqiqlangan videomaterial va fotosuratlar aniqlandi, deya xabar qildi boshqarma.

Nima tayyorlaymiz: Osiyo oshxonasi taomlari
2 oktabr 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: Osiyo oshxonasi taomlari

Tom Yam sho‘rvasi, xitoycha go‘sht, uvra va frikadelkalar, achchiqqina tovuq — Zira.uz Osiyo oshxonasi taomlari retseptlarini taqdim etadi.

O‘zbekistonga Ispaniyadan yana bir “Afrosiyob” poyezdi olib kelindi
1 oktabr 2021, 12:37

O‘zbekistonga Ispaniyadan yana bir “Afrosiyob” poyezdi olib kelindi

1 oktabr kuni O‘zbekistonga Ispaniyaning Bilbao shahridan jo‘natilgan “Afrosiyob” poyezdi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan temir yo‘l orqali olib kelindi.

Shavkat Mirziyoyev nomidan profil ochib, pul ishlagan shaxs 3 yilga qamaldi
1 oktabr 2021, 11:50

Shavkat Mirziyoyev nomidan profil ochib, pul ishlagan shaxs 3 yilga qamaldi

Chirchiq shahrida yashovchi fuqaro Facebook`da O‘zbekiston prezidentining soxta akkauntini ro‘yxatdan o‘tkazib, o‘zini prezident Administratsiyasi rahbari deb tanishtirgan. U odamlarga muammolarini ma’lum miqdordagi pul evaziga hal qilishda yordamni taklif qilgan. Mazkur shaxsga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish hamda internet tarmog‘idan 3 yilga cheklash jazosi tayinlandi.

Maqom markazi qurilayotgan hududda o‘nlab daraxtlarning qurib qolgani aniqlandi
30 sentabr 2021, 23:24

Maqom markazi qurilayotgan hududda o‘nlab daraxtlarning qurib qolgani aniqlandi

Ekologiya qo‘mitasi Maqom markazi qurilishi uchun ajratilgan hududda reyd o‘tkazdi. Devor bilan o‘rab qo‘yilgan hududda 60 ga yaqin daraxtlarning qurigani, quruvchilar qo‘y va tovuq boqayotgani aniqlandi. Devorlar olib tashlanib, hudud chiqindilardan tozalandi.

30 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
30 sentabr 2021, 21:30

30 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Jurabek Laboratories tomonidan ishlab chiqarilgan xitoy-o‘zbek vaksinasining ilk partiyasi topshirilishi, Uzcard bankomatlarida dollar ayirboshlash vaqtincha to‘xtatilishi, Bola asrab olish tartiblari soddalashtirilishi — “Gazeta.uz"ning 30 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Senatorlar «uchastkavoy”lar vakolatlarini kengaytirishni ma’qulladilar
30 sentabr 2021, 19:01

Senatorlar «uchastkavoy"lar vakolatlarini kengaytirishni ma’qulladilar

Senat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga profilaktika inspektorlari vakolatlarini kengaytirish, ularga ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish huquqni berishni ko‘zda tutgan o‘zgartishlar kiritilishini ma’qulladi. Murosaga erishilgan holatlarda javobgarlikdan ozod qilishni nazarda tutgan ma’muriy ishlar bo‘yicha yarashuv instituti ham joriy etilmoqda.

«Agrobank» xalqaro iqtisodiy forumda ishtirok etdi
30 sentabr 2021, 19:00

«Agrobank» xalqaro iqtisodiy forumda ishtirok etdi

Ushbu forum doirasida «Agrobank» ATB tomonidan Germaniyaning Landesbank Hessen-Thüringen, Rossiyaning «Sovkombank» hamda «MKB» banklari bilan o‘zaro manfaatli moliyaviy kelishuvlar imzolandi.

Oktabrning ilk kunlarida salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
30 sentabr 2021, 16:00

Oktabrning ilk kunlarida salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

1−2 oktabr kunlari sovuq atmosfera fronti o‘tishi bilan respublikaning ayrim hududlarida jadalligi asosan biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati kunduz kunlari +12…+17 daraja atrofida bo‘ladi.

Bola asrab olish tartiblari soddalashtirilmoqda
30 sentabr 2021, 15:59 10

Bola asrab olish tartiblari soddalashtirilmoqda

Farzandlikka olish tartiblari soddalashtirilmoqda. Jumladan, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etib, jazo muddatini o‘taganlarga farzandlikka olish imkoniyati yaratiladi. Ushbu jarayonga monelik qiladigan kasalliklarga chalingan shaxslar ro‘yxati tasdiqlanadi.

Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
30 sentabr 2021, 13:32

Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi to‘g‘risidagi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Mazkur qonun bilan mamlakatda hokimiyat vakillarining huquqiy himoyasi ta’minlanishi aytildi.

Chirchiq daryosi bo‘ylab yangi ko‘prik quriladi
30 sentabr 2021, 12:13

Chirchiq daryosi bo‘ylab yangi ko‘prik quriladi

Toshkent viloyatida Chirchiq daryosi orqali o‘tadigan yangi ko‘prik qurilishi boshlandi. Ko‘prik 4R12 “Toshkent — Chorvoq” yo‘lidan Chirchiqqa kiraverishdagi daryodagi to‘g‘on yaqinida quriladi.

Jurabek Laboratories tomonidan ishlab chiqarilgan xitoy-o‘zbek vaksinasining ilk partiyasi topshirildi
30 sentabr 2021, 11:44

Jurabek Laboratories tomonidan ishlab chiqarilgan xitoy-o‘zbek vaksinasining ilk partiyasi topshirildi

30 sentabr kuni Jurabek Laboratories tomonidan ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 1 mln 458 ming 820 dozasi SES xizmati vakillariga topshirildi. Hozirgi kunda korxona tomonidan jami 7 mln doza vaksina ishlab chiqarilgan.

16 fevral voqealarida ishtirok etgani gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi
30 sentabr 2021, 11:14

16 fevral voqealarida ishtirok etgani gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi

«Turkiston islom harakati» xalqaro terroristik tashkiloti a’zosi, 1999 yilning 16 fevral va 30 mart kunlari Toshkentda amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlarida ishtirok etgani gumon qilingan fuqaro qo‘lga olindi. Mazkur shaxs 23 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan.

Rossiya O‘zbekistonga 4 kishini ekstraditsiya qildi
30 sentabr 2021, 10:19

Rossiya O‘zbekistonga 4 kishini ekstraditsiya qildi

Rossiya O‘zbekiston hududida jinoyat sodir etganlikda ayblangan to‘rt kishini O‘zbekistonga topshirdi. Ular turli vaqtlarda hibsga olingan.

29 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
29 sentabr 2021, 21:30

29 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning andijonlik saylovchilar bilan uchrashuvi, “superkontrakt"ning minimal miqdorlari belgilanishi, O‘zbekistonda bir kun ichida ikki marta zilzila sezilishi — “Gazeta.uz"ning 29 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirilishi mumkin
29 sentabr 2021, 20:27

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirilishi mumkin

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari va «texpasport"larni yangilariga o‘zgartirish muddatini 2022 yilning 31 dekabriga qadar uzaytirish taklif qilinmoqda. Bu haqdagi hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

O‘zbekistonda bir kun ichida ikki marta zilzila sezildi
29 sentabr 2021, 18:41

O‘zbekistonda bir kun ichida ikki marta zilzila sezildi

Chorshanba kuni O‘zbekistonning bir qator hududlarida kun davomida ikki marta zilzila sezildi. Zilzilaning epitsentri Qirg‘izistonda bo‘lgan.

O‘zbekistonda 10 dan ortiq bukmekerlik saytlari bloklandi
29 sentabr 2021, 17:47

O‘zbekistonda 10 dan ortiq bukmekerlik saytlari bloklandi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi AOKA bilan birgalikda 10 dan ortiq bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi noqonuniy saytlarga kirishni chekladi.

Hududlarda 30 kg dan ortiq giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi
29 sentabr 2021, 15:05

Hududlarda 30 kg dan ortiq giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi

DXX xodimlari Toshkentda va bir qator viloyatlarda giyohvand moddalar savdosining bir nechta holatlariga chek qo‘ydilar. Qariyb 18 kg, jumladan, Amudaryo orqali chegarani noqonuniy kesib o‘tgan Afg‘oniston fuqarosidan 9 kg opiy topildi va musodara qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting