Jamiyat

Qibrayda beshta avtomobil to‘qnashdi
19 mart 2021, 09:59

Qibrayda beshta avtomobil to‘qnashdi

Toshkent viloyatining Qibray tumanida payshanba kuni ertalab beshta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Xabar qilinishicha, yo‘l kechasi yuvilgan, quyuq tuman ham tushgan.

Toshkent metropolitenida ikkita tarkib to‘qnashdi
19 mart 2021, 00:20

Toshkent metropolitenida ikkita tarkib to‘qnashdi

Toshkent metrosining «Olmazor» yer osti metro bekatidan «Sirg‘ali» yo‘nalishi «Choshtepa» yer usti metro bekatiga harakatlanayotgan tarkib to‘xtab qolishi natijasida navbatdagi tarkib bilan to‘qnauv sodir bo‘ldi. Yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi, hodisada jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

«Toshkent shahar suv ta’minoti» direktori o‘rinbosari 3 mln so‘m pora olayotganda ushlandi
18 mart 2021, 17:30

«Toshkent shahar suv ta’minoti» direktori o‘rinbosari 3 mln so‘m pora olayotganda ushlandi

Toshkentda «Toshkent shahar suv ta’minoti» MCHJ direktori o‘rinbosari va bo‘lim boshlig‘i 3 mln so‘m pora olayotganda ushlandi.

«So‘x voqealari» ishtirokchilariga nisbatan sud hukmi o‘qildi
18 mart 2021, 16:32

«So‘x voqealari» ishtirokchilariga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Farg‘ona viloyat sudida 22 nafar «So‘x voqealari» ishtirokchilariga nisbatan sud jarayoni yakuniga yetib, sud hukmi o‘qildi. Ularning barchasi Jinoyat kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) bo‘yicha aybdor deb topilib, 5, 4 va 2 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish hamda ozodlikni cheklash jazolari tayinlandi.

O‘zbekistondan tashqarida turib O‘zbekiston fuqarolarining ma’lumotlarini saqlaydigan saytlar jarimaga tortiladi
18 mart 2021, 16:25

O‘zbekistondan tashqarida turib O‘zbekiston fuqarolarining ma’lumotlarini saqlaydigan saytlar jarimaga tortiladi

«O‘zkomnazorat» tomonidan taklif etilayotgan qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini saqlash qoidalarini buzgan ma’lumotlar bazasi egalari yoki operatorlariga jarima solinadi va bunday saytlarning ishi cheklab qo‘yiladi.

Ochiq tanlovda 172 nafar sudyaning 40 foizidan ko‘prog‘i nomunosib deb topildi
18 mart 2021, 16:12

Ochiq tanlovda 172 nafar sudyaning 40 foizidan ko‘prog‘i nomunosib deb topildi

Ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlanish uchun o‘tkazilgan ochiq tanlovda 172 nafar nomzoddan 73 nafari sudyalik lavozimiga nomunosib deb topildi. Shuningdek, 2020 yilda 27 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatildi. Yetti nafar sudya esa koronavirus tufayli vafot etgan.

2021/2022-o‘quv yili uchun test sinovlarida 1,6 mln nafar abituriyent ishtirok etishi kutilmoqda
18 mart 2021, 14:08

2021/2022-o‘quv yili uchun test sinovlarida 1,6 mln nafar abituriyent ishtirok etishi kutilmoqda

2021/2022 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriati ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 1,6 mln nafar abituriyent ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, ma’lum qilinishicha, test sinovlari bu yil ham stadion va hiyobonlarda o‘tkazilishi mumkin.

Boyovut tumanida kuchli shamol esishi kuzatildi
18 mart 2021, 13:36

Boyovut tumanida kuchli shamol esishi kuzatildi

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida kuchli shamol esishi oqibatida bank binosining tomi qulab tushdi. Bir necha mahallalarda elektr ta’minoti uzilgan.

Toshkentda yil oxirigacha «aqlli» gaz hisoblagichlarni o‘rnatish rejalashtirilmoqda
18 mart 2021, 11:12

Toshkentda yil oxirigacha «aqlli» gaz hisoblagichlarni o‘rnatish rejalashtirilmoqda

Toshkentda yil oxirigacha 629,4 mingdan ziyod gaz iste’molchilariga «aqlli» gaz hisoblagichlarni o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Shanba kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin
18 mart 2021, 10:13

Shanba kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin

Shanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi va shamol tezligi 17−22 m / s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +10… +15 darajagacha pasayadi.

«Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi Los-Anjelesda «Oltin qoplon» mukofotiga sazovor bo‘ldi
18 mart 2021, 09:50

«Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi Los-Anjelesda «Oltin qoplon» mukofotiga sazovor bo‘ldi

Yolqin To‘ychiyevning «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi Los-Anjelesda (AQSH) Xalqaro Osiyo kinofestivali mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Odamlarni vaksinatsiya jarayonlariga undash uchun kasallar soni ko‘paytirib ko‘rsatilayotgani yo‘q — Nurmat Otabekov
17 mart 2021, 23:45

Odamlarni vaksinatsiya jarayonlariga undash uchun kasallar soni ko‘paytirib ko‘rsatilayotgani yo‘q — Nurmat Otabekov

Nurmat Otabekov so‘nggi kunlarda koronavirus bilan kasallanganlar soni ortgani xaqidagi ko‘rsatkichlar «vaksinatsiyaga undash ekani» haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi. «Emlashga jalb qilish uchun atayin kasallik bo‘rttirib ko‘rsatilyapti, degan gaplarda mantiq yo‘q», — dedi u. Bundan tashqari, Bahodir Yusupaliyev vaksinatsiya paytida nojo‘ya ta’sirlardan sug‘urtalanish masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

Andijonda shifoxonada yong‘in chiqdi, 20 bemor qutqarildi
17 mart 2021, 21:14

Andijonda shifoxonada yong‘in chiqdi, 20 bemor qutqarildi

Andijon tumanida tibbiyot birlashmasiga qarashli binoda yong‘in chiqdi. 100 kv. m maydon, tom va shift yongan, 20 bemor evakuatsiya qilingan.

«O‘limlar sonining 622 ta yoki 623 ta bo‘lishi, bu — jiddiy ob-havo yaratmaydi» — Nurmat Otabekov
17 mart 2021, 20:52

«O‘limlar sonining 622 ta yoki 623 ta bo‘lishi, bu — jiddiy ob-havo yaratmaydi» — Nurmat Otabekov

Nurmat Otabekov 5 mart kuni Zangiotadagi shifoxonaga koronavirus infeksiyasi tashxisi bilan yetkazilgan va 7 mart kuni vafot etgan bemor to‘g‘risidagi xabarga izoh berar ekan, SVV ushbu o‘lim holati chindan ham koronavirus bilan bog‘liq yoki yo‘q ekanligi natijasini kutayotganini ma’lum qildi. «O‘limlar sonining 622 ta yoki 623 ta bo‘lishi, bu — jiddiy ob-havo yaratmaydi», — dedi u.

«Hech kim aholini majburiy emlamaydi» — Bahodir Yusupaliyev
17 mart 2021, 19:21

«Hech kim aholini majburiy emlamaydi» — Bahodir Yusupaliyev

SES rahbari Bahodir Yusupaliyev fuqarolar biror vaksinani olishga majbur emasligini ma’lum qildi. «Biz fuqarolarimizni biror vaksinani olishga majburlamaymiz. Ular istagan vaksinasi bilan emlanishi mumkin», — deydi u.

Karantin qoidalariga rioya qilmagani uchun jarimaga tortilayotganlar soni keskin oshdi
17 mart 2021, 16:47

Karantin qoidalariga rioya qilmagani uchun jarimaga tortilayotganlar soni keskin oshdi

Koronavirusga chalinish holatlari soni oshgani munosabati bilan karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzayotgani uchun jarimaga tortilayotganlar soni oshdi. Shu vaqtgacha kunlik 200−300 kishiga chora ko‘rilgan bo‘lsa, 16 mart kuni ular soni 400 nafarga yetdi. Karantin choralari joriy etilgan vaqtdan buyon esa qariyb 900 ming kishiga chora ko‘rildi.

AstraZeneca vaksinasining birinchi partiyasi O‘zbekistonga topshirildi
17 mart 2021, 16:29

AstraZeneca vaksinasining birinchi partiyasi O‘zbekistonga topshirildi

Toshkentda 660 ming dozali AstraZeneca vaksinasini O‘zbekistonga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ommaviy emlash Navro‘zdan keyin boshlanadi. JSST vakili AstraZeneca’ning COVID-19 ni oldini olishdagi afzalligi uni nojo‘ya ta’sirlaridan ko‘proq ekanligini ma’lum qildi.

Toshkentdagi “Yoshlik” shaharchasiga Ziyodullo Sa’dullayev hokim bo‘ldi
17 mart 2021, 14:10

Toshkentdagi “Yoshlik” shaharchasiga Ziyodullo Sa’dullayev hokim bo‘ldi

Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari — “Yoshlik” shaharchasi hokimi lavozimiga Ziyodullo Sa’dullayev tayinlandi. U bunga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqida bir qator lavozimlarda ishlagan.

Navoiyda boshqa bir tadbirkorga tegishli yerni $150 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
17 mart 2021, 13:50

Navoiyda boshqa bir tadbirkorga tegishli yerni $150 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Navoiyda fuqaro boshqa bir tadbirkorga tegishli yerni $150 mingga sotishga urindi. U kelishilgan puldan 70 ming dollarini olganida ushlandi. Unga nisbatan JKning firibgarlikka oid moddasi bilan jinoyat ishi ochildi.

29 martdan 8 iyungacha Toshkentda bosqichma-bosqich ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi (ro‘yxat)
17 mart 2021, 11:02

29 martdan 8 iyungacha Toshkentda bosqichma-bosqich ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi (ro‘yxat)

Toshkentda katta hajmli suv quvurlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan 29 martdan 8 iyungacha bosqichma-bosqich ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. «Toshkent shahar suv ta’minoti» MCHJ o‘chirilish vaqtlari va joylar ro‘yxatini e’lon qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting