Respublika maxsus komissiyasi masjidlarning ishchi va xodimlari emlangan taqdirda juma namozini ado etishga ruxsat berdi. Qolaversa, tashrif buyuruvchilardan vaksina olganlik to‘g‘risida QR-kodi yoki sertifikati mavjud bo‘lganlar kiritilishi belgilanmoqda.
Bosh prokuratura obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori uyida majburiy mehnatga jalb qilingani to‘g‘risidagi xabarni tekshirmoqda. Viloyat prokuraturasi uch nafar xodim o‘z xohishi bilan ishlaganini ma’lum qildi.
Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni kutib olish marosimi, Toshkentda qariyb 1,1 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning noqonuniy savdosi aniqlanishi, “UZB” yoki “AAA” kabi seriali davlat avtomobil raqamlarining ochiq savdoda sotilishi — “Gazeta.uz"ning 10 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
YHXBB boshlig‘i Olimjon Saidov avtomobillar uchun 327 juft davlat raqamlari belgilari olti toifaga ajratilib, auksion orqali sotish yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi. Qo‘shimcha qilinishicha, “UZB” yoki “AAA” kabi seriyali davlat avtomobil raqamlari 2017 yildan buyon 36 million so‘mga sotilyapti, hozirda 50 dona raqam qolgan.
2021 yilning dastlabki 6 oyida O‘zbekistondagi har 100 ming aholi soniga 132 ta jinoyat to‘g‘ri kelgan. Ushbu davr mobaynidan aniqlangan jinoyatlar soni 2017 yilgi ko‘rsatkichlardan ikki baravarga ko‘p. Jinoyatlarning 34,8% avvalgi yillarda sodir etilib, joriy yilda hisobga qo‘yilgan.
Bektemir tumanida Mercedes-Benz Sprinter avtomashinasida O‘zbekistonga noqonuniy olib kelinayotgan qiymati 1 mlrd 93 mln 680 ming so‘m bo‘lgan «Tropikamid» dorisi topildi. Shuningdek, Yangihayot va Chilonzor tumanlarida ham kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning noqonuniy savdosi aniqlandi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Yoshlar huquqlari bo‘yicha jahon konferensiyasi 12−13 avgust kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Unda SOVID-19 pandemiyasi yoshlarning zaif guruhlariga ta’sir o‘tkazayotgan sharoitda yoshlarning sifatli ta’lim olishi va ishlab chiqarishda band bo‘lishga taalluqli imkoniyatlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqiladi.
Poytaxtning Chilonzor tumanida «Gazel» va Lacetti avtotransportlari to‘qnashdi. 8 kishi jabrlandi.
«Jizzaxliklar» Telegram-kanalida Jizzax shahridagi Olmazor mahallasida daydi itlar ko‘payib ketgani haqida murojaat e’lon qilingan. Shundan so‘ng, Obodonlashtirish boshqarmasi «it ovlov brigadasi» tomonidan 7 ta it otib o‘ldirilgani aytilmoqda.
Koronavirus homilador ayollar uchun qanchalik xavfli? Homilador ayollar koronavirusga qarshi emlanishi mumkinmi? «Gazeta.uz»ning shu va boshqa savollariga biotexnolog, biologiya fanlari doktori Alisher Abdullayev javob berdi.
O‘zbekiston Germaniyadan koronavirusga qarshi 350 ming doza vaksina oladi. Preparatlar COVAX dasturi doirasida yetkazib beriladi.
Adliya vazirligi haydovchilarga quloqchin va boshqa uskunalar orqali telefondan foydalanishga ruxsat berishni taklif qilmoqda. Salonga monitor o‘rnatganlik uchun jarimani bekor qilish ham taklif etilmoqda. Bundan tashqari, haydovchilik guvohnomasi, sug‘urta polisi va texpasport olib yurmasdan avtomobildan foydalanishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.
Bosh vazir Abdulla Aripov Tokiodagi Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik bokschilarga nisbatan adolatsizlik bo‘lganligini ta’kidladi. «Shu yoshga kirib, hech qachon bunaqangi adolatsiz hakamlikni ko‘rmaganman… Ularning maqsadi bokschilarimizning irodasini sindirish edi», — dedi u.
Deputat Nodir Abduvaliyev Toshkent aholisi mahallalarni obodonlatirish borasida bekorda shikoyat qilmayotganini ma’lum qildi. Uning fikricha, ayrim holatlarda qurilish ishlaridan keyin «mahallalar bor fayzu tarovatidan mahrum bo‘lmoqda».
Hukumat qarori bilan Chorvoq suv ombori atrofidagi va unga tutash hududlarda, o‘rmon bilan qoplangan va o‘rmon barpo qilish mumkin bo‘lgan qishloq xo‘jalik yerlari chorvachilikka taqiq qo‘yilgan holda o‘rmon fondiga o‘tkaziladi. 2023 yilgacha ushbu hudud o‘rmonlashtiriladi.
Koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining dozalari orasidagi interval qancha bo‘lishi kerak? Koronavirusning «delta» shtammi qanday aniqlanadi? Biotexnolog, biologiya fanlari doktori Alisher Abdullayev «Gazeta.uz»ning ushbu savollariga batafsil javob berdi.
Kasallik yoki vaksinadan so‘ng organizmda «antitanachalar» paydo bo‘lmasligi mumkin, lekin xotira hujayralari oldinroq virusga duch kelganligini eslab qoladi. Koronavirusdan tuzalgan odam nima sababdan emlanishi kerak? «Gazeta.uz»ning shu va boshqa savollariga biotexnolog, biologiya fanlari doktori Alisher Abdullayev javob berdi.
«Chegarasiz shifokorlar» va OITSga qarshi kurashish markazi OIV, Gepatit S va teri-tanosil kasalliklari tashxisi uchun mobil laboratoriyani ishga tushirdi. U Toshkent shahri va viloyatida faoliyat ko‘rsatadi.
Xalq ta’limi vazirligi yangi 2021−2022 o‘quv yilida maktablarda dars jarayoni gibrid shaklda davom ettirilishiga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi. Bunda maktabda yuzaga keladigan vaziyatga qarab ayrim maktablar karantinga yopilib masofaviy tizimga o‘tkazilishi mumkin.
AQShdan beg‘araz ko‘mak sifatida qiymati 330 ming dollardan ziyod bo‘lgan 240 ming dona tibbiy niqoblarning birinchi qismi O‘zbekistonga olib kelindi. Mazkur insonparvarlik yuki «Global Jewish Assistance and Relief Network» jamg‘armasi va Buxoro yahudiylari jahon kongressi tomonidan yetkazilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting