Jamiyat

Veolia Toshkent issiqlik ta’minoti tizimi boshqaruvini qo‘lga kiritadi
3 avgust 2021, 13:33

Veolia Toshkent issiqlik ta’minoti tizimi boshqaruvini qo‘lga kiritadi

Fransiyaning Veolia kompaniyasi Toshkent issiqlik ta’minoti tizimi boshqaruvini qo‘lga kiritadi. Kompaniya 30 yil ichida 315 mln yevro hamda loyiha davrida olinadigan daromad hisobidan 1 mlrd 80 mln yevro investitsiya kiritadi. 10 yil ichida Toshkentdagi barcha qozonxonalarni yopiq issiqlik ta’minoti tizimiga o‘tkazish ham reja qilingan. Sinov loyihalari ikkita tumanda amalga oshiriladi.

«Toshkent transporti» mobil ilovasi ishga tushirildi
3 avgust 2021, 13:06

«Toshkent transporti» mobil ilovasi ishga tushirildi

Poytaxt jamoat transportining real vaqtdagi harakatini kuzatishga mo‘ljallangan «Toshkent transporti» mobil ilovasi ishga tushirildi. Ilova orqali transport kartalarini sotish shahobchalarining joylashuvini ham ko‘rish mumkin.

Buxoroda «Abdullaxon» madrasasi devori o‘pirilib tushdi
3 avgust 2021, 12:09

Buxoroda «Abdullaxon» madrasasi devori o‘pirilib tushdi

Buxorodagi «Abdullaxon» madrasasi orqa tomon devorining bir bo‘lagi o‘pirilib tushdi. Qayd etilishicha, hodisa issiq va sovuq iqlim, yog‘ingarchiliklar va yer osti suvlarining ko‘tarilishi ta’sirida sodir bo‘lgan.

“Xo‘p, xo‘p xo‘jayin”. Toshkentda YPX xodimi yana jarima yozmasdan haydovchini qo‘yib yubordi
3 avgust 2021, 11:21

“Xo‘p, xo‘p xo‘jayin”. Toshkentda YPX xodimi yana jarima yozmasdan haydovchini qo‘yib yubordi

Toshkent viloyatida yana YPX xodimi Malibu haydovchisiga protokol tuzmoqchi bo‘lganida, u haydovchining telefonida “xo‘jayin” bilan gaplashdi. Yakunda xodim haydovchini “ogohlantirib”, qo‘yib yubordi. Mazkur jarayon Toshkent telekanali efirida uzatilgan.

OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan xiyobon va stadionlar manzillari e’lon qilindi (ro‘yxat)
3 avgust 2021, 11:03

OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan xiyobon va stadionlar manzillari e’lon qilindi (ro‘yxat)

Respublika bo‘ylab 2021−2022 o‘quv yili uchun test sinovlari o‘tkaziladigan xiyobon va stadionlarning manzillari ro‘yxati ma’lum qilindi.

Poytaxtda daraxtlarni sug‘orish bo‘yicha aksiya o‘tkazilmoqda
3 avgust 2021, 09:51

Poytaxtda daraxtlarni sug‘orish bo‘yicha aksiya o‘tkazilmoqda

Poytaxtda 2 avgustdan 7 avgustgacha «Shahrimiz daraxtlarini birgalikda asraylik!» shiori ostida daraxtlarni sug‘orish aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Senat o‘zbekistonliklarni xorijga ishga yuborishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbar ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi
3 avgust 2021, 09:26

Senat o‘zbekistonliklarni xorijga ishga yuborishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbar ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi

Senat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Andijon filiali Rossiyaga ishga jo‘natgan 41 nafar o‘zbekistonliklar va’da qilingan maosh to‘lanmayotganligi haqidagi murojaatni o‘rganish natijalarini e’lon qildi. Aniqlanishicha, fuqarolarning pasportlari rasmiylashtirish uchun olingan va ular bir soatlik ish haqini bir kunlik deb «noto‘g‘ri tushunishgan». Ushbu voqealar ortidan agentlikning Andijon filiali rahbari Ulug‘bek Yuldoshev ishdan bo‘shatildi.

2 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
2 avgust 2021, 20:47

2 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning koronavirusga qarshi vaksina olganligi, YPX xodimi Malibu haydovchisiga protokol tuzmoqchi bo‘lgani, lekin buyruq asosida uni qo‘yib yuborishi, davlat rahbarining haftalik ish grafiki — “Gazeta.uz"ning 2 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Andijonda yo‘lni to‘sib qo‘ygan fuqarolarga sud hukm o‘qildi
2 avgust 2021, 19:12

Andijonda yo‘lni to‘sib qo‘ygan fuqarolarga sud hukm o‘qildi

Andijonda viloyat hokimi qabuliga kira olmagan 17 kishidan iborat guruh hokimiyat yaqinidagi avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudi qarori bilan ularning 11 nafari 15 sutkagacha muddatga qamaldi, qolganlar jarimaga tortildi.

Samarqandda akasining ishini «ijobiy hal qilish» uchun IIB xodimiga $5 ming bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
2 avgust 2021, 18:06

Samarqandda akasining ishini «ijobiy hal qilish» uchun IIB xodimiga $5 ming bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Samarqandda PSR-testi natijasini soxtalashtirib sotayotgan shaxs qo‘lga olindi. Uning ukasi «holatni rasmiylashtirmaslik va ishni ijobiy tomonga hal qilib berish» uchun IIB xodimiga 5 ming dollar bermoqchi bo‘lganida ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

English Speaking Nation dasturi doirasida 420 dan ortiq ingliz tili o‘qituvchilari malakasi oshiriladi
2 avgust 2021, 17:52 1

English Speaking Nation dasturi doirasida 420 dan ortiq ingliz tili o‘qituvchilari malakasi oshiriladi

Xalq ta’limi vazirligi va AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan amalga oshirilayotgan English Speaking Nation yozgi treninglar dasturi doirasida respublikaning turli hududlarida 420 dan ortiq ingliz tili o‘qituvchilari intensiv mashg‘ulotlarda qatnashib, pedagogik va psixologik bilimlarini takomillashtirishadi.

DXX va prokuratura Farg‘ona, Namangan va Surxondaryoda noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘ydi
2 avgust 2021, 17:38

DXX va prokuratura Farg‘ona, Namangan va Surxondaryoda noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘ydi

DXX va prokuratura tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Farg‘onaning Beshariq tumanida 35 sotix, Oltiariqda 20 sotix, Bog‘dodda 4,75 gektar yerni, Namanganning Chortoq tumanida 8 gektar va Surxondaryoning Bandixon tumanida 2 gektar maydonni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Aholi Toshkent markazidagi bog‘ taqdiridan xavotirda — uning bir qismi biznes-markaz qurish uchun ajratilgan
2 avgust 2021, 16:56

Aholi Toshkent markazidagi bog‘ taqdiridan xavotirda — uning bir qismi biznes-markaz qurish uchun ajratilgan

Toshkent markazi aholisi Le Grande Plaza mehmonxonasi yaqinidagi katta yashil hududining taqdiridan xavotirda. Bu yerda 2019 yilda biznes-markaz qurish rejalashtirilgan edi. «Gazeta.uz» ushbu yer uchastkasi ajratilgan kompaniya rahbari va bu yerda har qanday qurilish bo‘lishiga qarshi aholi bilan gaplashdi.

Surxondaryoda 5 nafar yigit IIB xodimlarini kaltakladi
2 avgust 2021, 15:10

Surxondaryoda 5 nafar yigit IIB xodimlarini kaltakladi

Surhondaryoda voyaga yetmagan bolani do‘pposlayotgan besh nafar yigitni ogohlantirgan IIB xodimlari kaltaklandi. Ichki ishlar organlari xodimlarga qarshilik ko‘rsatgani va yengil tan jarohati yetkazgani uchun ularga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

YPX xodimiga Malibu mashinasini qo‘yib yuborishni buyurgan komandir jazolandi
2 avgust 2021, 14:09

YPX xodimiga Malibu mashinasini qo‘yib yuborishni buyurgan komandir jazolandi

Toshkent viloyatida qoidabuzar Malibu haydovchisiga protokol tuzmoqchi bo‘lga YPX xodimiga ratsiya orqali chiqib, haydovchini qo‘yib yuborish buyurgan komandirga intizomiy jazo qo‘llanildi. “O'ZTEMIRYO'LMASHTAʼMIR” korxonasiga tegishli mashina haydovchisi esa xavfsizlik kamarini taqmagani uchun jarimaga tortildi.

O‘zbekiston harbiylari Rossiya va Tojikiston bilan mashg‘ulotlarda qatnashadi
2 avgust 2021, 13:00

O‘zbekiston harbiylari Rossiya va Tojikiston bilan mashg‘ulotlarda qatnashadi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari o‘zbek-rus-tojik hamkorligidagi o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etadi. 1 avgust kuni harbiylar uzoq masofali marsh asosida Tojikistondagi Harb-Maydon poligoniga yetib borishdi.

Avgust oyining birinchi haftasida o‘rtacha issiq havo bo‘lishi kutilmoqda
2 avgust 2021, 12:35

Avgust oyining birinchi haftasida o‘rtacha issiq havo bo‘lishi kutilmoqda

Avgustning dastlabki haftasida quruq va o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Mamlakat bo‘yicha 2−4 avgustda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayadi. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi saqlanib turmoqda.

Qashqadaryoda profilaktika inspektori olib ketgan fuqaro vafot etdi. Uning yaqinlari IIB xodimlarini kuch ishlatishda ayblamoqda
2 avgust 2021, 12:33

Qashqadaryoda profilaktika inspektori olib ketgan fuqaro vafot etdi. Uning yaqinlari IIB xodimlarini kuch ishlatishda ayblamoqda

Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida IIB xodimlari tomonidan olib ketilgan fuqaro Narkologiya dispanserida vafot etdi. Marhumning yaqinlari IIB xodimlari uni urib, kuch ishlatganligini gumon qilmoqda. Holat yuzasidan Qarshi tuman prokuratorasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Sog‘liqni saqlash va Ichki ishlar boshqarmalariga xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Olmazor tumaniga yangi hokim tayinlandi
2 avgust 2021, 11:54

Olmazor tumaniga yangi hokim tayinlandi

Azizxon Umarxonov Olmazor tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Ichki ishlar vazirligi Jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

«„Yaxshi yetib oling“ deb, qo‘yib yubor». Toshkent viloyatida YPX xodimi jarima yozmasdan haydovchini qo‘yib yubordi
2 avgust 2021, 10:58

«„Yaxshi yetib oling“ deb, qo‘yib yubor». Toshkent viloyatida YPX xodimi jarima yozmasdan haydovchini qo‘yib yubordi

Toshkent viloyatida YPX xodimi Malibu haydovchisiga protokol tuzmoqchi bo‘lganida, unga ratsiya orqali haydovchini qo‘yib yuborish bo‘yicha buyruq beriladi. «Qo‘yvor bo‘ldi, ko‘p gapirmasdan. Yaxshi yetib oling deb tushuntirvor», — deydi ratsiya orqali murojaat qilayotgan shaxs qaysi mashina ekanligini aniqlashtirgandan so‘ng. Mazkur jarayon Toshkent telekanali efirida uzatilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting