Jamiyat

«Asakabank» xodimlari $2 mlnlik kredit ajratishda firibgarlikka yo‘l qo‘yganlikda gumonlanmoqda
21 iyul 2021, 19:11

«Asakabank» xodimlari $2 mlnlik kredit ajratishda firibgarlikka yo‘l qo‘yganlikda gumonlanmoqda

Ikkita kompaniya hamda «Asakabnk» bosh ofisi va filiali xodimlari 2 mln dollar miqdoridagi kredit mablag‘larini o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda. Mazkur mablag‘lar Osiyo taraqqiyot bankidan jalb qilingan.

Namanganda sel: ko‘priklar va avtomobillarga shikast yetdi, uylarni suv bosdi
21 iyul 2021, 16:23

Namanganda sel: ko‘priklar va avtomobillarga shikast yetdi, uylarni suv bosdi

Namangan viloyatida sel kelishi va suv toshqinlari natijasida ikkita ko‘prik va bir qancha avtomobilga zarar yetdi, uylarni suv bosdi. 130 nafardan ortiq kishi xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi.

Ramazon hayitidagi gavjum va Qurbon hayitidagi boʻm-boʻsh Minor masjidi
21 iyul 2021, 13:30

Ramazon hayitidagi gavjum va Qurbon hayitidagi boʻm-boʻsh Minor masjidi

Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida masjidlarda Qurbon hayiti namozini ado etmaslik boʻyicha qaror qabul qilindi. Shu sababli, may oyida nishonlangan Ramazon hayitida gavjum boʻlgan masjidlar Qurbon hayiti kuni huvillab qoldi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin poytaxtdagi Minor masjidining 2021 yilgi Ramazon va Qurbon hayitlari kunidagi suratlarini taqdim etadi.

Toshkentda qurilish firmasi boshlig‘iga 65 mlrd so‘mlik ta’mirlash ishlarini olib bermoqchi bo‘lgan fuqarolar qo‘lga olindi
21 iyul 2021, 13:09

Toshkentda qurilish firmasi boshlig‘iga 65 mlrd so‘mlik ta’mirlash ishlarini olib bermoqchi bo‘lgan fuqarolar qo‘lga olindi

Toshkentda 5 nafar fuqaro harbiy qismlaridan birida rejalashtirilgan 65 mlrd so‘mlik kapital ta’mirlash ishlarini qurilish firmasi boshlig‘iga olib berish evaziga, shartnoma qiymatining 4 foizi miqdorida pul berishini talab qilgan. Ular oldindan 30 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi. Toshkent viloyatida yana bir shunga o‘xshash holat aniqlandi. Shuningdek, Toshkent viloyatida fuqaroni noqonuniy tarzda o‘qishga kirib qo‘yish hamda Sirdaryo viloyatida kredit berish evaziga pul talab qilish kabi holatlar aniqlandi.

20 iyul kuni qariyb 700 nafar koronavirus bemorlari aniqlandi
21 iyul 2021, 12:37

20 iyul kuni qariyb 700 nafar koronavirus bemorlari aniqlandi

20 iyul kuni O‘zbekistonda 698 ta koronavirus bilan kasallanishning yangi holatlari aniqlandi. Bu 2021 yil boshidan eng katta ko‘rsatkich. Shuningdek, 478 kishida pnevmoniya aniqlangan. 4 nafar koronavirus bemori vafot etgan.

O‘zbek yozuvchilari ijodini o‘rganib, AQShda fan doktori bo‘lgan namanganlik Donoxon Abdug‘afurova
20 iyul 2021, 09:00

O‘zbek yozuvchilari ijodini o‘rganib, AQShda fan doktori bo‘lgan namanganlik Donoxon Abdug‘afurova

AQShning Emori universitetida fan doktori unvonini olgan namanganlik Donoxon Abdug‘afurova adabiyotga qiziqishi qanday shakllangani, o‘zining tadqiqotlari hamda o‘zbek adabiyotida ayol yozuvchilarning o‘rni haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, u o‘zbek adabiyotidagi afsonaviy yozuvchilardan biri bo‘lgan Anbar Otin ijodiga ham alohida to‘xtaldi.

Ovqat yetkazib berish xizmatlari ish vaqtiga cheklovlar o‘rnatildi
20 iyul 2021, 01:51

Ovqat yetkazib berish xizmatlari ish vaqtiga cheklovlar o‘rnatildi

Umumiy ovqatlanish punktlaridan ovqat yetkazib berish xizmatlariga 8:00 dan 23:00gacha ishlashga ruxsat berildi.

20 iyuldan to‘y va boshqa oilaviy marosimlar qatnashchilari soniga cheklovlar kiritildi
20 iyul 2021, 01:43

20 iyuldan to‘y va boshqa oilaviy marosimlar qatnashchilari soniga cheklovlar kiritildi

20 iyuldan yopiq binolarda o‘tkaziladigan oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarda 50 nafargacha mehmon qatnashishi mumkin. Ochiq havoda esa 1 avgustgacha ishtirokchilar soni 100 nafargachani tashkil etishi mumkin.

Pastdarg‘omda tibbiyot xodimlariga tajovuz qilgan fuqaro qamoqqa olindi
19 iyul 2021, 20:23

Pastdarg‘omda tibbiyot xodimlariga tajovuz qilgan fuqaro qamoqqa olindi

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida mast holda tibbiyot xodimlariga tajovuz qilgan fuqaroga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Jismoniy tarbiya universitetiga kiritib qo‘yishga va’da bergan shaxslar ushlandi
19 iyul 2021, 19:01

Jismoniy tarbiya universitetiga kiritib qo‘yishga va’da bergan shaxslar ushlandi

Departament va DXX xodimlari 4200 va 7000 dollar evaziga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga kiritib qo‘yishni va’da qilgan agrar agrar universiteti sport murabbiyi va jismoniy tarbiya universiteti stajyor-o‘qituvchisini qo‘lga oldi.

Navoiyda Rus imperiyasi tangalarining olib chiqilishiga chek qo‘yildi
19 iyul 2021, 18:47

Navoiyda Rus imperiyasi tangalarining olib chiqilishiga chek qo‘yildi

Navoiy aeroporti bojxonachilari 1841 yilda Aleksandr II nikoh to‘yi sharafiga zarb etilgan 14 ta Rus imperiyasi tangasining olib chiqilishiga chek qo‘yishdi.

Toshkentda 20 yoshli qiz 9-qavatdan tushib ketib, vafot etdi. Uning ota-onasi qaynonasi va kuyovini ayblamoqda
19 iyul 2021, 16:27

Toshkentda 20 yoshli qiz 9-qavatdan tushib ketib, vafot etdi. Uning ota-onasi qaynonasi va kuyovini ayblamoqda

Toshkentning Chilonzor tumanida 20 yoshli qiz 9-qavatdan tushib ketib, vafot etdi. Bosh prokuratura ayol ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketganini ma’lum qildi. Biroq qizning ota-onasi uning o‘limida qaynonasi va kuyovini ayblamoqda. Holat yuzasidan surishtiruv xarakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonlik erkak Sankt-Peterburgda 12 yoshli qizchani zo‘rlashda gumonlanmoqda
19 iyul 2021, 15:24

O‘zbekistonlik erkak Sankt-Peterburgda 12 yoshli qizchani zo‘rlashda gumonlanmoqda

46 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Sankt-Peterburgda 2009 yilda tug‘ilgan qizchani zo‘rlaganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi. Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atishga oid masala muhokama qilinmoqda.

O‘zbekistonlik askarlar Tojikiston va Rossiya harbiylari bilan chegarani qo‘riqlash bo‘yicha amaliyot o‘tkazadilar
19 iyul 2021, 14:29

O‘zbekistonlik askarlar Tojikiston va Rossiya harbiylari bilan chegarani qo‘riqlash bo‘yicha amaliyot o‘tkazadilar

Avgust oyida o‘zbekistonlik askarlar va ofitserlar tojikistonlik va rossiyalik hamkasblari bilan birgalikda tojik-afg‘on chegarasini jangarilar hujumidan qo‘riqlash bo‘yicha amaliyot o‘tkazadilar. Mashg‘ulotlarda uch davlatning havo kuchlari, havo hujumidan mudofaa kuchlari, zirhli texnika va maxsus qo‘shinlari ishtirok etadi.

Prezident Germaniyaga toshqin qurbonlari munosabati bilan hamdardlik bildirdi
19 iyul 2021, 13:31

Prezident Germaniyaga toshqin qurbonlari munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer va kansleri Angela Merkelga ushbu mamlakatda ro‘y bergan halokatli toshqinlar oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi.

O‘zbekiston fuqarosi Tokioda ayol kishini zo‘rlashda ayblanmoqda
19 iyul 2021, 13:00

O‘zbekiston fuqarosi Tokioda ayol kishini zo‘rlashda ayblanmoqda

O‘zbekistonlik 30 yoshli talaba Tokiodagi Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik chog‘ida yaponiyalik qizni zo‘rlaganlikda ayblanmoqda. Milliy Olimpiya qo‘mitasining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, ushbu fuqaro O‘zbekiston Olimpiya delegatsiyasi tarkibiga kirmaydi.

Hafta oxirida havo harorati biroz ko‘tarilishi kutilmoqda
19 iyul 2021, 11:25

Hafta oxirida havo harorati biroz ko‘tarilishi kutilmoqda

Hafta boshida respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Juma kuni havo harorati biroz ko‘tariladi, cho‘lli hududlarda harorat +44 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Chiroqchida YTH oqibatida 3 nafar yo‘lovchi vafot etdi
18 iyul 2021, 20:15

Chiroqchida YTH oqibatida 3 nafar yo‘lovchi vafot etdi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida ikki Nexia ishtirokida yuz bergan YTH oqibatida 3 nafar yo‘lovchi vafot etdi. Ikki avtomashina haydovchilari esa shifoxonaga yotqizilgan.

Toshkentda fuqaroga 23,5 ming dollar evaziga yer olib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
18 iyul 2021, 16:49

Toshkentda fuqaroga 23,5 ming dollar evaziga yer olib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda Qibray tumanida joylashgan 7 gektar yer maydonini 23,5 ming dollar evaziga tender savdolariga qo‘yish orqali sotib olib berishni va’da qilgan shahs qo‘lga olindi. Shuningdek, Surxondaryoda 2 gektar yerni 100 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

Nima tayyorlaymiz: muzqaymoq
18 iyul 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: muzqaymoq

Qaymoqli, yogurtli, shokoladli va mevali — Zira.uz uyda tayyorlasa bo‘ladigan muzqaymoqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting