Jamiyat

Namanganda yigit manyovrlar oqibatida mashina yukxonasidan yiqilib, vafot etdi
14 oktabr 2024, 11:03

Namanganda yigit manyovrlar oqibatida mashina yukxonasidan yiqilib, vafot etdi

Namanganning Kosonsoy tumanida 21 yoshli haydovchi “Jiguli”da turli xavfli manyovrlar qilib harakatlandi. Buning oqibatida mashina “bagaji” ustida o‘tirgan yigit yiqilib tushgan va shifoxonada vafot etgan.

O‘zbekistonning 5 ta viloyatidagi ko‘p yillik daraxtlar xalqaro ro‘yxatga kiritildi (foto)
14 oktabr 2024, 10:46

O‘zbekistonning 5 ta viloyatidagi ko‘p yillik daraxtlar xalqaro ro‘yxatga kiritildi (foto)

Ko‘p yillik, noyob va o‘ziga xos daraxt turlari haqida ma’lumot beruvchi MonumentalTrees.com xalqaro ro‘yxatiga Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatidagi turli daraxtlar ham kiritildi. Ularning yoshi salkam 600−1500 atrofida.

O‘zbekistonda 14−20-oktabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
14 oktabr 2024, 10:26

O‘zbekistonda 14−20-oktabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonda hafta boshi va o‘rtalarida yuqori namgarchilik va sovuq bo‘ladi. Kuchsiz shamol va namlik omili kishilarni qalin kiyinish hamda soyabonlar olib yurishga undaydi. Hafta so‘ngiga borib asta-sekin havo harorati yuqorilab boradi va quruq bo‘lishi mumkin. “Gazeta.uz”dan ob-havo sharhi va tavsiyalar.

Buxoroda erkak tanishini pichoqlab o‘ldirdi, yana birini jarohatladi
14 oktabr 2024, 10:09

Buxoroda erkak tanishini pichoqlab o‘ldirdi, yana birini jarohatladi

Kogon shahrida 53 yoshli erkak kelishmovchilik oqibatida tanishini pichoqlab o‘ldirdi, yana birini jarohatladi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi.

IIV ota-onalarni bolalar o‘rtasida tarqalayotgan kvadroberlikdan ogohlantirdi
13 oktabr 2024, 17:57

IIV ota-onalarni bolalar o‘rtasida tarqalayotgan kvadroberlikdan ogohlantirdi

IIV ota-onalarni bolalar o‘rtasida o‘zini hayvonlarga qiyoslab, o‘sha jonzotning xatti-harakatlariga taqlid qilish (kvadroberlar) uchrayotganidan ogohlantirdi. Xususan, Toshkentda 2 ta shunday holat aniqlandi. Vazirlik farzand tarbiyalash bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaganlar javobgarlikka tortilishini eslatdi.

Umra litsenziyasini olish uchun yangi talablar e’lon qilindi
13 oktabr 2024, 16:24

Umra litsenziyasini olish uchun yangi talablar e’lon qilindi

Hukumat qarori bilan, endilikda “umrachi” turfirmalar 1 mln dollarni maxsus jamg‘armaga zaxira qilishi, xizmatlarni uchinchi davlatlar orqali ko‘rsatmasligi, Saudiyadagi hamkor shirkatga faqat bank orqali to‘lov qilishi hamda 2 yildan kam bo‘lmagan tajribaga ega aviakompaniyalardan foydalanishi kerak bo‘ladi.

Iqlimga bardoshlilikni shakllantirish: kommunikatsiya kuchi va aholi tayyorgarligi
13 oktabr 2024, 10:13

Iqlimga bardoshlilikni shakllantirish: kommunikatsiya kuchi va aholi tayyorgarligi

Zamonaviy texnologiyalar tabiiy ofatlar haqida erta ogohlantirish tizimlarini o‘zgartirdi. Lekin aynan inson omili — ta’lim, xabardorlik va tayyorgarlik jamiyat barqarorligining asosidir, deb yozadi BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili Akiko Fujii Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kunida.

Sergelidagi ombor portlashida aybdor deb topilganlar 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
12 oktabr 2024, 12:03

Sergelidagi ombor portlashida aybdor deb topilganlar 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

2023-yilning sentabr oyida Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” dahasida sodir bo‘lgan portlashda aybdor deb topilgan 4 kishi 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogarlarga 282 milliard so‘m mablag‘ solidar tartibda undirilishi belgilandi.

Ayollar sudda o‘z huquqlarini himoya qilishda ko‘pincha yetarli darajada yuridik yordam olmayapti — BMTTD
12 oktabr 2024, 10:28

Ayollar sudda o‘z huquqlarini himoya qilishda ko‘pincha yetarli darajada yuridik yordam olmayapti — BMTTD

BMTTD o‘tkazgan tadqiqotda ta’kidlanishicha, ota-onalik huquqidan mahrum qilish va ajrashishdan keyin uy-joyga bo‘lgan huquqlarni ta’minlashga oid sud ishlarida ayollar ko‘pincha advokatlarsiz o‘zlarini himoya qilishga majbur bo‘lmoqda. Bu esa ular uchun qo‘shimcha moliyaviy va huquqiy qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

11-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
11 oktabr 2024, 22:56

11-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Turkmanistonda Maxtumquli forumida ishtirok etgan Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekistonda eng ko‘p sotilayotgan mashinalar, ilk bor yevroobligatsiyalar chiqargan NKMK, 2025-yilda yakunlanadigan energotariflar islohotining asosiy bosqichi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

“Adolat” targ‘ibot kampaniyasi o‘tkazmoqda: “Teng imkoniyatlar va adolatli jamiyat sari”
11 oktabr 2024, 19:00

“Adolat” targ‘ibot kampaniyasi o‘tkazmoqda: “Teng imkoniyatlar va adolatli jamiyat sari”

Saylov arafasida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi adolatli va barqaror jamiyat qurishga qaratilgan faol targ‘ibot kampaniyasini olib bormoqda.

Toshkentda favqulodda chaqiruv tugmasi va multimedia tizimiga ega avtobus bekatlari o‘rnatiladi
11 oktabr 2024, 17:40

Toshkentda favqulodda chaqiruv tugmasi va multimedia tizimiga ega avtobus bekatlari o‘rnatiladi

Poytaxtda metall konstruksiyali avtobus bekatlari o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda. Ular Wi-Fi, USB portlari, reklama bannerlari uchun ekranlar, favqulodda chaqiruv tugmalari va videokuzatuv kamerasi bilan jihozlanadi.

Toshkentda mushuk bolasini derazadan uloqtirgan maktab o‘qituvchisi ishdan bo‘shatildi
11 oktabr 2024, 17:30

Toshkentda mushuk bolasini derazadan uloqtirgan maktab o‘qituvchisi ishdan bo‘shatildi

Toshkentda yettinchi sinf o‘quvchilari ko‘z o‘ngida mushuk bolasini ikkinchi qavat derazasidan uloqtirgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi. Maktab direktori “o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani uchun” intizomiy jazoga tortildi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (12−13-oktyabr)
11 oktabr 2024, 17:08

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (12−13-oktyabr)

Yettita kinopremyera, qo‘l mehnati mahsulotlari yarmarkasi, “Bravo” va Konsta konsertlari, fotoko‘rgazma, ijodiy mahorat darslari, teatr tomoshalari, bolalar uchun ko‘ngilochar dasturlar, do‘konlardagi chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Namanganda chiqindi tashish korxonasi fuqarolardan asossiz mablag‘ olgani aniqlandi
11 oktabr 2024, 16:32

Namanganda chiqindi tashish korxonasi fuqarolardan asossiz mablag‘ olgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi “Namangan musaffo iqlim” MCHJga 700 mingdan ortiq iste’molchiga 11 mlrd so‘mlik mablag‘larni qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berdi.

Dam olish kunlari joylarda yomg‘ir yog‘adi
11 oktabr 2024, 15:30

Dam olish kunlari joylarda yomg‘ir yog‘adi

Shanba kuni O‘zbekistonning ayrim joylarida, yakshanba kuni katta qismida yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda u qorga aylanadi. Harorat kechasi +10…+15, kunduzi +17…+25 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkentda 10 kunda 32 nafar “zakladchik” ushlandi
11 oktabr 2024, 15:19

Toshkentda 10 kunda 32 nafar “zakladchik” ushlandi

Toshkent shahrida oktabr oyi boshida 32 nafar giyohvandlik vositalarini yashirish yo‘li bilan tarqatuvchi shaxs qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Yakshanba kunidan havo soviy boshlaydi
11 oktabr 2024, 12:51

Yakshanba kunidan havo soviy boshlaydi

13-oktabrdan O‘zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari +3…+8, ba’zi joylarda 0…−2 darajagacha, kunduz kunlari +13…+18 darajagacha pasayadi.

Samarqandda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi
11 oktabr 2024, 12:18

Samarqandda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

Samarqand shahrida yashovchi 38 yoshli erkak ko‘chada o‘ynab yurgan voyaga yetmagan qizga nisbatan shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlar qilishda ayblanib, 5 sutkaga qamaldi. Erkak aybiga iqror bo‘lib, suddan yengillik so‘ragan.

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Azimjon Nazarov bir qancha jinoyatda aybdor deb topilib, ozodligi cheklandi
11 oktabr 2024, 12:05

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Azimjon Nazarov bir qancha jinoyatda aybdor deb topilib, ozodligi cheklandi

Qishloq xo‘jaligi vazirining sobiq o‘rinbosari Azimjon Nazarov sud tomonidan bir nechta jinoyatda aybdor deb topildi. Nazarov 550 ming dollardan ortiq miqdoridagi zarar yetkazgani aniqlangan. Sud unga nisbatan 4 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting