Jamiyat

Toshkentda har bir tumanning bosh rejasi ishlab chiqiladi — poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov
10 oktabr 2024, 12:25

Toshkentda har bir tumanning bosh rejasi ishlab chiqiladi — poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov

Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov prezident shahardagi har bir tumanning bosh rejalarini ishlab chiqish taklifini berganini ma’lum qildi. Shuningdek, Toshkentda arxitektorlar tayyorlash uchun shaharsozlik instituti, tirbandliklarni bartaraf etish bo‘yicha Yo‘llarni boshqarish departamenti tashkil etish rejasi aytildi.

AQShdagi elchixona Floridadagi to‘fon tufayli o‘zbekistonliklarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi
10 oktabr 2024, 11:25

AQShdagi elchixona Floridadagi to‘fon tufayli o‘zbekistonliklarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi

O‘zbekiston elchixonasi AQShning Florida shtatidagi o‘zbekistonliklarni “Milton” to‘foni sabab ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi. Tez yordam kerak bo‘lganida vakolatxona va shtatdagi yordam xizmatlariga murojaat qilishlari so‘raldi.

Toshkent metropoliteni 2025-yilda 10 ta maxsus ventilyator sotib oladi
10 oktabr 2024, 11:14

Toshkent metropoliteni 2025-yilda 10 ta maxsus ventilyator sotib oladi

Toshkent metropolitenining ventilyatsiya tizimi ikki yildan buyon ta’mirlanmoqda. Ta’mirlash va sozlash ishlari yo‘lovchilar oqimi oshgani va ventilyatsiya qurilmalari uzoq yillardan beri uzluksiz ishlab kelayotgani bois boshlangan. 2025-yilda 10 ta yangi ventilyator xarid qilish rejalashtirilgan.

Samarqandda 3 ta mashina ishtirokidagi YTHda haydovchi halok bo‘ldi
10 oktabr 2024, 10:46

Samarqandda 3 ta mashina ishtirokidagi YTHda haydovchi halok bo‘ldi

Samarqand shahrida yuqori tezlikda harakatlangan Range Rover avtomobili Lacetti va Damas`ni urib yubordi. Oqibatda haydovchilardan biri vafot etdi.

AQSh O‘zbekistonga 435 ming dollarlik oziq-ovqat yordamini yetkazib berdi
10 oktabr 2024, 10:10

AQSh O‘zbekistonga 435 ming dollarlik oziq-ovqat yordamini yetkazib berdi

AQSh o‘zining USAID dasturi orqali 435 ming dollarlik 131 tonna oziq-ovqat yordamini O‘zbekistonga yetkazdi. Mazkur insonparvarlik yordami 145 dan ziyod ijtimoiy muassasalarga hamda aholining ehtiyojmand qatlamiga tarqatiladi. Bu orqali 33 mingdan ortiq insonni qamrab olish rejalashtirilgan.

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
10 oktabr 2024, 09:17

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sherzodjon Polvonov Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi. U bunga qadar Mahallalar uyushmasida boshqarma boshlig‘i vazifasida ishlagan.

“Loysuvoq Toshkentni tosh shaharga aylantirgan insonlarga bag‘ishlanadi”. Me’mor Valeriy G‘aniyev — “Jasorat” majmuasining qurilishi tarixi haqida
10 oktabr 2024, 09:09

“Loysuvoq Toshkentni tosh shaharga aylantirgan insonlarga bag‘ishlanadi”. Me’mor Valeriy G‘aniyev — “Jasorat” majmuasining qurilishi tarixi haqida

Toshkentda 1976-yilning 20-may kuni “Jasorat” me’moriy-haykaltaroshlik majmuasi ochilgan. U 1966-yil aprelida yuz bergan zilzila markazi o‘rnida qurilgan. “Gazeta.uz” majmua mualliflaridan biri — arxitektor Valeriy G‘aniyev bilan bronza va granitdan kimning jasorati abadiylashtirilgani haqida suhbatlashdi.

Qashqadaryoda Mercedes-Benz va Labo to‘qnashuvida ikki kishi halok bo‘ldi
10 oktabr 2024, 01:59

Qashqadaryoda Mercedes-Benz va Labo to‘qnashuvida ikki kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida Mercedes-Benz mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Labo bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida Labo ichidagi ikki nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda prokuratura tergovchisi jinoyat ishini hal qilib berish uchun 40 ming dollar pora olib, qochib ketdi
10 oktabr 2024, 01:17

Toshkentda prokuratura tergovchisi jinoyat ishini hal qilib berish uchun 40 ming dollar pora olib, qochib ketdi

Toshkent shahrida prokuratura katta tergovchisiga qidiruv e’lon qilindi. U fuqarodan jinoyat ishini hal qilib berish evaziga 40 ming dollar olib, qochib ketgan.

Qashqadaryoda shifoxona 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
10 oktabr 2024, 00:16

Qashqadaryoda shifoxona 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Qarshi shahridagi ona va bola salomatligi markazi 4 dona chiller sovutish tizimini elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab, 2,1 mlrd so‘m zarar keltirgani ma’lum bo‘ldi.

Samarqandda yo‘lga yugurib chiqqan ayol Damas urib ketishi sababli vafot etdi
9 oktabr 2024, 23:59

Samarqandda yo‘lga yugurib chiqqan ayol Damas urib ketishi sababli vafot etdi

Samarqandning Narpay tumanida belgilanmagan joydan yo‘lga yugurib chiqqan ayolni Damas urib ketdi. Oqibatda u shifoxonada vafot etdi.

9-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
9 oktabr 2024, 23:32

9-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Yangi tashkil etilayotgan davlat xizmatchilarini baholash agentligi, bosh rejaga ko‘ra 3 zonaga bo‘linadigan Toshkent, o‘qituvchilar oyligining kechikishi sabablari, ijodkorlar “ma'naviy qurol” ekanini aytgan vazir va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkentning bosh rejasi loyihasi: kamida 7,5 mln aholiga mo‘ljallangan megapolis
9 oktabr 2024, 20:39

Toshkentning bosh rejasi loyihasi: kamida 7,5 mln aholiga mo‘ljallangan megapolis

Toshkent shahrining 2045-yilgacha bosh rejasi loyihasiga ko‘ra, hudud 3 ta zonaga bo‘linadi: konservatsiya, rekonstruksiya va renovatsiya. Ekologik muammolar, “15 daqiqalik shahar” tamoyili hamda Toshkent viloyati tumanlarini poytaxt bilan yagona aglomeratsiya sifatida rivojlantirish hisobga olingan.

O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasi faoliyatini sarhisob qildi
9 oktabr 2024, 17:00

O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasi faoliyatini sarhisob qildi

Toshkentda O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, unda rivojlanishning yangi yo‘nalishlari tasdiqlandi va milliy sport federatsiyalari bilan memorandumlar imzolandi.

Multicard`dan Visa Direct bilan kartalarsiz dunyo bo‘ylab tezkor pul o‘tkazish imkoni paydo bo‘ldi
9 oktabr 2024, 15:00

Multicard`dan Visa Direct bilan kartalarsiz dunyo bo‘ylab tezkor pul o‘tkazish imkoni paydo bo‘ldi

Multicard`dan Visa Direct yordamida dunyoning 90 dan ortiq mamlakatiga valyuta kartalarisiz darhol pul o‘tkazish mumkin. Xalqaro pul o‘tkazmalaridan Uzcard, Humo va Multicard kartalari egalari foydalana oladi.

Toshkentda temiryo‘l xodimi poyezd bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
9 oktabr 2024, 14:30

Toshkentda temiryo‘l xodimi poyezd bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Yangihayot tumanidagi temiryo‘l hududida 36 yoshli erkak poyezd bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi. U temiryo‘lda konduktor lavozimida ishlagan.

Buxoroda o‘quvchilar vafot etgan YTHda aybdor deb topilgan avtobus haydovchisi 9 yilga qamaldi
9 oktabr 2024, 13:42

Buxoroda o‘quvchilar vafot etgan YTHda aybdor deb topilgan avtobus haydovchisi 9 yilga qamaldi

Kogon tumanida teatrga ketayotgan o‘quvchilar bo‘lgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashishi ortidan 2 nafar o‘quvchi vafot etgandi. Avtobus haydovchisiga sud hukmi o‘qilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Qashqadaryoda cho‘llanishga qarshi “Selxona tashkil etish” loyihasi bajarilmoqda (foto)
9 oktabr 2024, 12:22

Qashqadaryoda cho‘llanishga qarshi “Selxona tashkil etish” loyihasi bajarilmoqda (foto)

Qashqadaryoda o‘simlik dunyosini yaxshilash va tuproq yemirilish eroziyasini oldini olish maqsadida “Selxona tashkil etish” grant loyihasi amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, Qamashi tumanidagi lalmi yer maydonlarda tabiiy qor va yomg‘irlardan hosil bo‘ladigan suvlar bir joyga jamg‘ariladi.

Maktab ta’limi vazirligi o‘qituvchilarning ish haqi kechikishi sabablarini tushuntirdi
9 oktabr 2024, 12:10

Maktab ta’limi vazirligi o‘qituvchilarning ish haqi kechikishi sabablarini tushuntirdi

O‘qituvchilarning ish haqi kechiktirilgani haqida xabarlar tarqaldi. MMTV axborot tizimida texnik muammolar bo‘lganini aytdi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 9-oktabr tongiga qadar o‘qituvchilarning 95 foiziga oylik tushganini ma’lum qildi. Qonunchilikda ish haqi kechikkani uchun kompensatsiya nazarda tutilgan.

Marburg virusini oldini olish maqsadida chegaradagi sanitariya nazorat punktlari hushyorligi oshirildi — SES
9 oktabr 2024, 11:39

Marburg virusini oldini olish maqsadida chegaradagi sanitariya nazorat punktlari hushyorligi oshirildi — SES

Sanepidqo‘mita O‘zbekistonda marburg virusi isitmasini oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilayotgani va “jiddiy xavotirga o‘rin yo‘q”ligini bildirdi. Chegaralardagi sanitariya nazorat punktlarining hushyorligi oshirildi, gumonlanganlarni o‘z vaqtida aniqlab, izolyatorlarga alohidalash belgilandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting