Jamiyat

Pandemiya davrida MSKT tekshiruvlari narxi oshib ketgani bo‘yicha izoh berildi
7 dekabr 2020, 18:44

Pandemiya davrida MSKT tekshiruvlari narxi oshib ketgani bo‘yicha izoh berildi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi pandemiya davrida MSKT tekshiruvlari narxlarining asossiz oshirilganini o‘rganishda «Biznes-ombudsman» qarshiligiga duch kelganini ma’lum qildi.

Qozog‘iston tadbirkorlari O‘zbekistondan tovarlarni olib kirishda teng sharoitlarni so‘rashmoqda
7 dekabr 2020, 18:31

Qozog‘iston tadbirkorlari O‘zbekistondan tovarlarni olib kirishda teng sharoitlarni so‘rashmoqda

Qozog‘iston senatori mamlakat tadbirkorlari O‘zbekistonga eksport qilishda duch kelayotgan asosiy muammolarni sanab o‘tdi. Uning gaplariga ko‘ra, O‘zbekiston Qozog‘istondan kirib kelayotgan 96 turdagi tovarga bojxona qiymatidan 5 foizdan 50 foizgacha aksiz solig‘ini qo‘llaydi. Qozog‘istonda esa o‘zbek mahsulolari uchun o‘xshash aksiz soliqlari mavjud emas.

Milliy gvardiya to‘g‘risidagi qonun e’lon qilindi
7 dekabr 2020, 17:13

Milliy gvardiya to‘g‘risidagi qonun e’lon qilindi

Prezident tomonidan imzolangan Milliy gvardiya to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, Milliy gvardiya xizmatchisining o‘z vakolatlari doirasida qo‘yilgan qonuniy talablari barcha davlat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy qilib qo‘yiladi. Shuningdek, Milliy gvardiya xodimlari xizmatni o‘tash vaqtida daxlsizlik huquqiga ega bo‘ladi. Qonun 2021 yil 20 maydan kuchga kiradi.

79 yoshli ayol va uning nabirasini o‘ldirganlikda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi
7 dekabr 2020, 15:36

79 yoshli ayol va uning nabirasini o‘ldirganlikda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi

To‘rtko‘l tumanida o‘g‘rilikka ushgan uyda 79 yoshli ayol va uning nabirasini pichoqlab o‘ldirib, pul va 2 dona uyali telefon apparatini olib ketganlikda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi.

Yaqin ikki kun ichida qor yog‘ishi kutilmoqda
7 dekabr 2020, 14:21

Yaqin ikki kun ichida qor yog‘ishi kutilmoqda

Yaqin ikki kun ichida Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlaridan tashqari, O‘zbekistonning aksariyat hududlarida biroz qor yog‘ishi mumkin. Tun vaqtlarida havo ayozli bo‘ladi.

Rossiyaga eksport qilinadigan quritilgan mevalarga taqiq qo‘yilmaydi
7 dekabr 2020, 13:22

Rossiyaga eksport qilinadigan quritilgan mevalarga taqiq qo‘yilmaydi

O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi rahbariyatining Rossiya veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati bilan olib borgan muzokaralari davomida quritilgan o‘rik mahsuloti uchun taqiq qo‘yilmaslikka kelishilib, faqatgina mahsulot yuklangan eksporter korxonaga nisbatan fitosanitar choralar ko‘riladigan bo‘ldi.

Samarqandda 4 gramm geroinni qariyb 600 dollarga sotgan ikki shaxs qo‘lga olindi
7 dekabr 2020, 12:04

Samarqandda 4 gramm geroinni qariyb 600 dollarga sotgan ikki shaxs qo‘lga olindi

Samarqandda 4 gramm giyohvandlik vositasini 6 mln so‘mga sotgan ikki shaxs qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Sergelidagi qozonxonada 572 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
7 dekabr 2020, 11:36

Sergelidagi qozonxonada 572 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Toshkentning Sergeli tumanidagi «Sanoat enegriya» qozonxonasida noqonuniy ravishda ohak ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani aniqlandi. Gaz ta’minoti tashkilotlariga yetkazilgan zarar deyarli 572 million so‘mni tashkil etmoqda.

O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma investitsiya fondini tuzish rejalashtirilmoqda
7 dekabr 2020, 11:32

O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma investitsiya fondini tuzish rejalashtirilmoqda

Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya fondi qo‘shma O‘zbekiston-Rossiya investitsiya fondini yaratishni taklif qildi.

Tuman hokimlari majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganligi uchun hayfsan oldi
5 dekabr 2020, 16:43

Tuman hokimlari majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganligi uchun hayfsan oldi

4 dekabr kuni Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasining yig‘ilishida beshta tuman — Chortoq, Uchqo‘rg‘on, Ohangaron, O‘rta Chirchiq, Urganch tuman hokimlariga majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganliklari uchun hayfsan berildi.

Kadastr agentligi rahbarlarining 61 foizi attestatsiyadan o‘ta olmagani ma’lum bo‘ldi
5 dekabr 2020, 15:30

Kadastr agentligi rahbarlarining 61 foizi attestatsiyadan o‘ta olmagani ma’lum bo‘ldi

Noyabr oyida prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kadastr agentligining jami 346 nafar rahbarlari attestatsiya o‘tkazilgan bo‘lib, rahbarlarning 61 foizi undan o‘ta olmagan.

O‘zbekiston volontyorlari assotsiyatsiyasi tashkil etildi
5 dekabr 2020, 13:31

O‘zbekiston volontyorlari assotsiyatsiyasi tashkil etildi

4 dekabr kuni Adliya vazirligi tomonidan «O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi» davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Assotsiatsiyaning asosiy maqsadi volontyorlik faoliyatini tashkil etish tashabbuslarini rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash hamda volontyorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Prezident Davlat xavfsizlik xizmatiga rahbar tayinlandi
5 dekabr 2020, 11:12

Prezident Davlat xavfsizlik xizmatiga rahbar tayinlandi

Oldin Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Alisher Usmonov O‘zbekiston prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatiga rahbar bo‘ldi.

Qanday foydali yeguliklar tayyorlash mumkin: to‘g‘ri ovqatlanish uchun retseptlar
5 dekabr 2020, 10:30

Qanday foydali yeguliklar tayyorlash mumkin: to‘g‘ri ovqatlanish uchun retseptlar

Sog‘lom turmush tarziga rioya qiluvchilar uchun Zira.uz to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga oid retseptlar to‘plamini taqdim etadi.

Noqonuniy ravishda kesilgan daraxtlar uchun jarima ikki baravar oshirildi
4 dekabr 2020, 19:30

Noqonuniy ravishda kesilgan daraxtlar uchun jarima ikki baravar oshirildi

O‘rmon va daraxtlarga zarar yetkazish va ularni kesish, ekinlarni yo‘q qilish uchun jarimalar miqdori 50−100 BHM dan 100−150 BHM gacha oshirildi. Shuningdek, yuridik shaxslarga qarashli yoki biriktirilgan hududlarda daraxtlarni muhofaza qilish va asrab-avaylash choralari ko‘rilmaganligi uchun javobgarlik joriy etildi.

Gulnora Karimova Shveysariya bankidagi muzlatib qo‘yilgan 350 mln dollarlik aktivlarini qaytarib olishi mumkin
4 dekabr 2020, 18:30

Gulnora Karimova Shveysariya bankidagi muzlatib qo‘yilgan 350 mln dollarlik aktivlarini qaytarib olishi mumkin

Shveysariyaning federal apellyatsiya sudi Gulnora Karimovaning Takilant Ltd. kompaniyasi qonuniy benefitsiari ekani to‘g‘risidagi da’vosini ko‘rib chiqadi. 2018 yilgi ushbu kompaniyaga tegishli 350 mln dollar muzlatilgan edi. Endi, Karimovaning vakillari ushbu muzlatilgan aktivlarni qaytarib olishi mumkin. “Bu Gulnora Karimova uchun muhim g‘alaba”, — dedi uning advokati Gregori Manja.

Qashqadaryo viloyatida nosoz yo‘l sabab ro‘y bergan YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi
4 dekabr 2020, 18:07

Qashqadaryo viloyatida nosoz yo‘l sabab ro‘y bergan YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi

Qashqadaryo viloyatida «Matiz» avtomashinasi nosoz yo‘lni aylanib o‘tish chog‘ida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, «Cobalt» avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etdi. Mazkur YTH oqibatida ikki kishi vafot etgan.

Dam olish kunlari havo salqin bo‘ladi
4 dekabr 2020, 16:31

Dam olish kunlari havo salqin bo‘ladi

Dam olish kunlari antitsiklon periferiyasi kuchayib, havo harorati odatdagidan biroz past bo‘ladi. Kunduzi havo harorati 4−7 daraja iliqqacha ko‘tarilib, kechalari 4−7 daraja sovuqqacha, shimolning eng chekkasida ba’zi joylarda 17−20 daraja sovuqqacha bo‘ladi.

Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi O‘zbekistonga olib kelindi
4 dekabr 2020, 16:29

Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi O‘zbekistonga olib kelindi

O‘zbekistonga Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi olib kelindi. Preparat namunalari O‘zbekiston hududida vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazish va sanoat ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan sinovlar uchun yetkazildi.

Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
4 dekabr 2020, 16:01

Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Fayzulla Mamanov Surxondaryo viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting