Janubiy Koreya O‘zbekistonga onkologik shifoxonalar qurish tajribasi va texnologiyalarini taqdim etadi. Toshkentda ixtisoslashtirilgan onkologik kasalxonalar qurish tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda «Zulfiya» mukofoti sovrindori Ruxshona Abdurazzoqova bilan suhbat davomida unga Spark avtomashinasini sovg‘a qildi. Mashina 3 iyun kuni Ruxshona Abdurazzoqovaga topshirildi.
Termizda sodir bo‘lgan YTHda shahar obodonlashtirish bo‘limida ishlaydigan ayol jarohatlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda uni prezidentni kutib olish uchun tashkil etilgan kortejdagi avtomobil urib yuborgani haqida xabar tarqalgan. Biroq YHXBB ushbu ma’lumotni rad etdi. Jabrlanuvchining ahvoli og‘ir.
2020 yilda 88 ta erta nikoh holati qayd etilgan. Bu 2019 yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan deyarli bir baravar kamroq. Shuningdek, o‘tgan yili 1044 ta erta tug‘ruq holati qayd etilgan.
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida ikki o‘smir kanalda cho‘milayotib, suvga cho‘kib ketdi. Natijada ikki o‘smir ham halok bo‘lgan.
Hukumat qarori bilan «Xalqlar do‘stligi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Mazkur nishon millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitining mustahkamlanishiga munosib hissa qo‘shgan mahalliy va xorijiy fuqarolarga beriladi.
Kim oshdi savdosiga qo‘yilgan barcha avtomobillar PPP avtoraqamlariga ega bo‘lib, 2003−2004 yillarda ishlab chiqarilgan. Boshlang‘ich narxlari 129,6 mln so‘mdan 136 mln sumgacha deb belgilanmoqda.
Deputat Rasul Kusherbayev UzAutoMotors mashinalari «pachoqlanib» ketayotganliklari ularning xavfsizlik jihatidan yaxshi jihozlanmaganligida ekanligini ta’kidladi. «Ilgari odamlarni temir o‘ldirgan bo‘lsa, hozir plastmassa o‘ldiryapti. Avtomobillar agar shunchalik yaxshi chiqayotgan bo‘lsa, nimaga haligacha o‘lim xavfi ko‘payib bormoqda?», — dedi deputat. Avtomobil yo‘llari bo‘yicha mutaxassis Orifjon Nazarov mashinalar sifatini tanqid qilishdan ko‘ra, haydovchilar madaniyatini oshirish kerakligini ta’kidladi.
Yerusti metrosining Mirobod tumanidan o‘tadigan qismidagi 66 ta, Sergeli tumanidan o‘tadigan qismidagi 168 ta, Yangihayot tumanidan o‘tadigan qismidagi 551 ta — jami 785 ta daraxt boshqa joyga ko‘chiriladi. Ko‘chirish imkoni bo‘lmasa ularni kesishga ruxsat berilgan. Kesiladigan har bir daraxt uchun kompensatsiya sifatida 10 tup ko‘chatlarni ekish va ikki yil parvarishlash majburiyati yuklatiladi.
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi davomida Termizda qurilgan ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi. Prezident xonadonlardan birida «Zulfiya» mukofoti sovrindori va uning onasi bilan suhbatda bo‘lib, undan g‘ururlanishini ta’kidladi.
AQSh Seysmoprognostik monitoring respublika markaziga Jizzax viloyatida ikkita vaqtinchalik seysmik stansiyalar qurish uchun 14 ming dollarlik uskunalarni topshirdi.
Poytaxtda may oyidan buyon kuzatilayotgan qum va changli bo‘ronlar shaharda jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan qurilishlar sababli kelib chiqmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda ochilgan yangi bog‘, prezidentning Surxondaryoda o‘tkazgan yig‘ilishi, IT Park 27 ta kompaniyaning rezident maqomini bekor qilishi, kuchli shamolning oqibatlari — “Gazeta.uz"ning 2 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev «To‘palang» suv ombori Surxondaryo aholisining suv bilan bog‘liq muammolarini hal qilishi kerakligini ta’kidlab, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovni loyihaga mas’ul qilib tayinladi. Shuningdek, prezident koronavirusga qarshi kurashga 80 trln so‘m ketganligini, lekin u pulga achinmasligini aytdi.
Jizzaxda kuchli shamol ko‘p qavatli uylarning tomini uchirib yubordi. Tomlarning yerga tushishi oqibatida ikkita mashinaga zarar yetdi. Navoiyning Uchqudud tumanidagi bir nechta mahallalarda ham ko‘p qavatli uylar zarar ko‘rdi. Hodisa oqibatida qurbonlar yo‘q.
3−7 iyunda Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishining kuchayishi hisobiga havo harorati +43 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda shamol changli bo‘ron bo‘lishi mumkin
Poytaxt Botanika bog‘i tashrif buyuruvchilar uchun «xavfsiz hudud» deb e’lon qilindi. Endi uning hududida velosiped, samokat va skuterda harakatlanish taqiqlanadi.
O‘zbekiston davlat simfonik orkestri dirijeri va badiiy rahbari Kamoliddin Urinbayev “Gazeta.uz"ga bergan intervyusining ikkinchi qismida dirijerlikka qanday kirib kelganligi, iqtidorsiz kishining bo‘lmasligi va musiqa sohasini rivojlantirishga kim hissa qo‘shishi kerakligi haqida gapirdi.
Shavkat Mirziyoyev anorchilik bo‘yicha ilmiy ishlar qilib kelayotgan bog‘bon ayol bilan suhbatdan so‘ng, mazkur yo‘nalishda tahsil olayotgan yosh olimalarni ilg‘or xorijiy mamlakatlarga o‘qishga yuborish bo‘yicha topshiriq berdi. «Qizlarimiz bilmaydi, tushunmaydi o‘qimaydi, deymiz. Chunki, ularni o‘zimiz o‘qitmaymiz-da. Ayollarimizning bilimi, malakasi kuchli. Yuzaga chiqarish kerak», — dedi prezident.
IT Park direksiyasi o‘z majburiyatlarini bajarmagan 27 ta kompaniyaning maqomini bekor qildi. Rezidentlik maqomi bekor qilingan kompaniyalarning orasida — Oson Apteka, Hoop Club, Invan Soft, Filosofiya IT, Imenu, School-Service va boshqalar bor.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting