Jamiyat

Byudjet taqsimotida fuqarolarga ko‘proq imkoniyat beriladi
14 aprel 2021, 12:15

Byudjet taqsimotida fuqarolarga ko‘proq imkoniyat beriladi

May oyidan 14 ta tuman (shahar)da byudjet xarajatlarining 5 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. 1 iyuldan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga ajratiladigan tuman (shahar)lar byudjetlari qo‘shimcha mablag‘larining eng kam miqdori 10 foizdan 30 foizga oshiriladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida onkologik kasalliklarga chalinganlarga yordam berish fondi tashkil qilinadi
14 aprel 2021, 11:41

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida onkologik kasalliklarga chalinganlarga yordam berish fondi tashkil qilinadi

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida onkogemotologik va davolash murakkab bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni davolashga ko‘maklashish uchun jamg‘arma tashkil etilmoqda. Fond tibbiy uskuna va dori-darmonlarni, reaktivlarni sotib oladi va operatsiya uchun xorijdan mutaxassislarni taklif qiladi.

Chiroqchida kaltaklangan o‘qituvchi ishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi
14 aprel 2021, 11:17

Chiroqchida kaltaklangan o‘qituvchi ishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Qashqadaryoda uch nafar fuqaro 6 sinf o‘quvchisiga ikki baho qo‘ygan o‘qituvchining yuzini bir necha marotaba urib, kaltaklashgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

20 mlrdni klubga bermasdan, maktab qurgan ancha yaxshi — Muhrim A’zamxo‘jayev
14 aprel 2021, 10:21

20 mlrdni klubga bermasdan, maktab qurgan ancha yaxshi — Muhrim A’zamxo‘jayev

Jurnalist va bloger Muhrim A’zamxo‘jayev “Championat.asia” nashriga bergan intervyusida futbolga berilayotgan mablag‘lar, ularning sarflanishi haqida so‘z yuritdi. Uning aytishicha, bir futbol jamoasiga 20 mlrd so‘m sarflagandan ko‘ra, 4 ta maktab qurish yoki o‘qituvchilarning maoshiga ustama pul qo‘shib berish mumkin.

Toshkent viloyatida qizni o‘g‘irlab, erga tegish uchun majburlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
14 aprel 2021, 10:04

Toshkent viloyatida qizni o‘g‘irlab, erga tegish uchun majburlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyatida 27 yoshli fuqaro 21 yoshli qizni o‘g‘irlab, nikohdan o‘tish uchun majburlagan. Qiz qarshilik ko‘rsatib qochib ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

«Trest-12» tendersiz Qonunchilik palatasi binosini ta’mirlaydi
13 aprel 2021, 23:36

«Trest-12» tendersiz Qonunchilik palatasi binosini ta’mirlaydi

Qonunchilik palatasi binosining tashqi ko‘rinishi rekonstruksiya qilish va binoni joriy ta’mirlash uchun 16,54 mlrd so‘m ajratish reja qilingan. Pudratchi sifatida «Trest-12» (aksionerlari orasida qurilish vazirining o‘g‘li va rafiqasi borligi haqida yozgan edik) ishtirok etmoqda. Hukumat buyrug‘i bilan loyihani tendersiz amalga oshirish va parallel ravishda loyihalashtirishga ruxsat berilgan.

Bekobodda 301 mln so‘mlik imtiyozli kredit talon-toroj qilindi
13 aprel 2021, 22:27

Bekobodda 301 mln so‘mlik imtiyozli kredit talon-toroj qilindi

Bekobod tumanida 301 mln so‘mlik imtiyozli kredit mablg‘lari talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi. ATB «Agrobank» Bekobod filiali va ikkita mas’uliyati cheklangan jamiyatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qarshi hokimiyati 47 tup daraxtni kesib tashladi
13 aprel 2021, 21:54 1

Qarshi hokimiyati 47 tup daraxtni kesib tashladi

Qarshi shahar hokimligi viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ijobiy xulosasini olmasdan turib, 47 tup ko‘p yillik daraxtni kesib tashladi. Tabiatga yetkazilgan zarar 253,5 mln so‘m deb baholanmoqda.

Madaniyat vazirligi Turkiston san’at saroyiga ko‘chadi
13 aprel 2021, 18:25

Madaniyat vazirligi Turkiston san’at saroyiga ko‘chadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Madaniyat vazirligi «Turkiston» san’at saroyi binosiga ko‘chiriladi.

Oliygohlar yonidagi mahallalar uchun «ma’naviyat markazi» bo‘ladi — prezident
13 aprel 2021, 18:11

Oliygohlar yonidagi mahallalar uchun «ma’naviyat markazi» bo‘ladi — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev OTMlar rektorlarining faoliyatini tanqid ostiga oldi. «Birortasi o‘z hududida mahallagacha tushib, yoshlar tarbiyasi, uyushmagan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha tashabbus bildirmagan», — dedi u. Prezident to‘rtta oliygoh rektorini ishdan olinishini ma’lum qildi. Shuningdek, oliygohlar yon-atrofidagi kamida mahallalar uchun «ma’naviyat markazi» bo‘lishi kerakligi aytildi.

Jizzaxda chiqindi yig‘ish transportining gaz balloni portlashi oqibatida ikki piyoda jarohatlandi
13 aprel 2021, 17:43

Jizzaxda chiqindi yig‘ish transportining gaz balloni portlashi oqibatida ikki piyoda jarohatlandi

Jizzax shahrida chiqindi yig‘ish maxsus transport vositasida o‘rnatilgan gaz ballon portlab ketdi. Oqibatda 2 nafar yo‘lovchi tan jarohati oldi. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Namangandagi maxsus bog‘cha tarbiyalanuvchisi vafotidan keyin bog‘cha direktori va bir necha xodimlar ishdan bo‘shatildi
13 aprel 2021, 16:56

Namangandagi maxsus bog‘cha tarbiyalanuvchisi vafotidan keyin bog‘cha direktori va bir necha xodimlar ishdan bo‘shatildi

Namangandagi bolalar bog‘chasida issiq suvdan kuyib, vafot etgan bola voqeasidan so‘ng, MTM direktori, hamshira, qo‘riqchi va guruhda ishlagan barcha xodimlar o‘z vazifasidan ozod etildi. Maktabgacha ta’lim vazirligi mazkur holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan jazo tayinlanishi tarafdori bo‘lmoqda.

Yil oxiriga qadar barcha terminallar Uzcard va HUMO plastik kartalarini qabul qiladi
13 aprel 2021, 16:49

Yil oxiriga qadar barcha terminallar Uzcard va HUMO plastik kartalarini qabul qiladi

Uzcard va HUMO to‘lov tizimlarining terminallari yil oxirigacha har ikki turdagi kartalarni ham qabul qilishni boshlaydi.

Eski Pushkin chorrahasi oldidagi yo‘l avtomobillar harakati uchun ochildi
13 aprel 2021, 16:02

Eski Pushkin chorrahasi oldidagi yo‘l avtomobillar harakati uchun ochildi

Toshkent shahridagi Mustaqillik va Parkent ko‘chalarini tutashtiruvchi (eski Pushkin chorrahasi) yo‘l nihoyat avtomobillar harakati uchun ochildi. Ushbu yo‘l deyarli 6 yil oldin yopilgan edi. Yo‘lni ochish to‘g‘risidagi rejalar yanvar oyida e’lon qilingan edi.

O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘da maktab quradi
13 aprel 2021, 14:33

O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘da maktab quradi

O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘da maktab qurishni rejalashtirmoqda, dedi AOKA direktori Asadjon Xodjayev. Uning aytishicha, hududdagi tiklanishi lozim bo‘lgan ob’ektlar ro‘yxati belgilanmoqda, ularni rekonstruksiya qilishga o‘zbekistonlik quruvchilar jalb qilinadi.

Kubatinga nisbatan jismoniy va ruhiy tazyiq o‘tkazilmagan — Bosh prokuratura
13 aprel 2021, 13:38

Kubatinga nisbatan jismoniy va ruhiy tazyiq o‘tkazilmagan — Bosh prokuratura

Bosh prokuratura turkshunos olim Andrey Kubatinga DXX tomonidan ruhiy va jismoniy tazyiqlar o‘tkazilmaganligini ma’lum qildi. Xibsxonaga joylashtirish va chiqib ketayotgan vaqtida uning badanida jismoniy jarohatlar kuzatilmagani, sog‘lig‘i bo‘yicha shikoyatlar bo‘lmagani va ruhiy holati mutaxassislar tomonidan ijobiy baholangani aytilmoqda.

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 200 ming nafardan oshdi
13 aprel 2021, 13:18

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 200 ming nafardan oshdi

12 aprel kuni O‘zbekistonda 67,4 mingdan ziyod kishi koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanib, vaksina olganlar soni 200 ming nafardan oshdi.

O‘zbekistonda taroveh namozlari boshlandi — foto
13 aprel 2021, 12:07

O‘zbekistonda taroveh namozlari boshlandi — foto

O‘zbekistonda taroveh namozlarining o‘qilishi boshlandi. Toshkentdagi «Hazrati Imom» jome masjidida boshlangan taroveh namozlaridan «Gazeta.uz» fotoreportaji.

O‘zbekistonning bir nechta hududlarida zilzila qayd etildi
13 aprel 2021, 11:43

O‘zbekistonning bir nechta hududlarida zilzila qayd etildi

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning bir nechta hududlarida 2 balldan sezildi. Magnituda M=5,4, chuqurligi 191 kmni tashkil etdi.

Madaniyat vazirligi musiqa asboblarini bozor narxidan deyarli 800 mln so‘m qimmatroqqa sotib olgan
13 aprel 2021, 10:50

Madaniyat vazirligi musiqa asboblarini bozor narxidan deyarli 800 mln so‘m qimmatroqqa sotib olgan

Madaniyat vazirligi mansabdorlari tadbirkorlik sub’ektini asossiz ravishda tanlovda g‘olib sifatida ko‘rsatganligi natijasida, musiqa asboblarini haqiqiy bozor bahosidan 792,2 mln so‘mga qimmat narxda sotib olgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting