Onix turar-joy majmuasida tayyor kadastrli kottejlarni boshlang‘ich to‘lovsiz va qiymatining 50 foizini 12 oyga bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Shaxmat federatsiyasiga rais bo‘lgan bosh vazir, O‘zbekistondagi islohotlar uchun 800 mln dollar ajratgan Jahon banki, konsert ssenariylarini “milliy an’analar"ga muvofiqlashtirish ishlari, maktabgacha ta’lim sifatini oshirishga doir rejalar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Raqobat qo‘mitasi onlayn mikroqarz xizmati reklamasida chalg‘ituvchi ma’lumotlar bergan Hamkorbank’ka jarima qo‘lladi. Qo‘mita avval ham shu kabi ayblovlar bilan beshta bankni javobgarlikka tortgandi.
Madaniyat vazirligi konsert tashkilotchilariga milliy qadriyat va an’analarga rioya etilishini tekshirish uchun “O‘zbekkonsert"ga batafsil ssenariy taqdim etish majburiyatini yuklashni taklif qilmoqda. Maqsad — sahnadagi “nojoiz xatti-harakatlar"ning oldini olish. Ariza yig‘imi ham joriy etilishi mumkin.
VDE sertifikatlari Samsung 2024 Neo QLED va QLED 2024 modellari o‘ta realistik tasvirni va chuqur, immersiv tomoshabop taassurotni taqdim etishini tasdiqlaydi.
Dam olish kunlari O‘zbekistonga nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi +10…+17, kunduzi +20…+25 darajagacha pasayadi. Joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Toshkent mozaikalarini reklama bannerlaridan ozod qilish bo‘yicha loyiha ikki xalqaro reklama festivalida — Gruziyadagi AdBlackSea va Qozog‘istondagi Red Jolbors festivallarida g‘olib chiqdi.
Yangi “Joker” va yana beshta kinopremyera, somsa festivali, konsertlar, teatr tomoshalari, koinot haqidagi ko‘rgazma, ijodiy mahorat darslari, bolalar uchun shoular hamda kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Prezident farmoniga ko‘ra, 2026-yildan boshlab sanitariya tozalash korxonalari chiqindi yig‘ish joylariga videokameralar o‘rnatishi, shuningdek, chiqindi tashuvchi mashinalarni GPS kuzatuv tizimlari bilan jihozlashi shart bo‘ladi. Aholi shikoyatlarini qabul qilish uchun aloqa markazi tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Qanot Sharq aviakompaniyasi Toshkentdan Budapeshtga parvozlarni taklif qiladi, u yerda Margit oroli joylashgan — shahar tashvishlaridan dam olish va ochiq havoda dam olish uchun qulay joy.
Toshkent-Samarqand yo‘lida avtomobilini 195 km/soat tezlikda boshqarib, yo‘l harakati qoidasini buzgan xonanda Jahongir Otajonov 3 mln 375 ming so‘m jarimaga tortildi. Yo‘lda telefondan foydalangani uchun esa 1 mln 125 ming so‘m jarima belgilandi.
Turkiyada ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 2 nafar qiz va bir nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Fuqarolardan chet elda qarovsiz qolib ketgan bolalar to‘g‘risida diplomatik vakolatxonalariga xabar berishlari so‘raldi.
Endi Pulman MMTda ariza tasdiqlanishining yuqori ehtimoli bilan faqat pasport va mashina texnik pasporti yordamida 100 mln so‘mgacha kredit olish mumkin.
O‘zbekistonning mustamlaka tarixi turli qatag‘onlarga to‘la: 1920-yillarda ocharchilik, keyin “Katta qirg‘in”, Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng ziyolilarga, 1980-yillarda esa butun o‘zbek xalqiga hujum. So‘nggi yillarda bu jarayonlar haqida ko‘plab kitoblar chiqdi. “Gazeta.uz” ularning ayrimlaridan parchalar ulashadi.
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida Cobalt mashinasi haydovchisi yo‘lda uxlab qoldi va oldidagi yuk mashinasiga urildi. U voqea joyida halok bo‘ldi, yo‘lovchilar esa og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.
Yaqin Sharqdagi vaziyatdan xavotir bildirgan O‘zbekiston TIV, Xitoy bilan maxfiy ma’lumotlarni o‘zaro himoya qilish bitimi, Antikorrupsiya agentligining yarim yillik tahlili, qimor sababli faoliyati vaqtincha cheklangan UPay va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkent viloyati IIBB Yangiyo‘lda 30 ta kobra ilon ochiqlikka chiqib ketganini rad etdi. Aslida ularning 4 tasi qochib ketgan va qisqa vaqt ichida barchasi tutilgan.
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 30 nafardan ortiq bog‘cha tarbiyalanuvchisini Hyundai Starex mikroavtobusida tashigan haydovchiga chora ko‘rildi.
Uzbekistan Airways 60 yoshdan katta erkaklar va 55 yoshdan katta ayollar uchun 1-noyabrdan 30-noyabrgacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarga 15 foizgacha chegirma elon qildi.
Yangiyo‘lda 4 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etishda gumonlanayotgan 41 yoshli erkak ushlandi. O‘rganishlar davomida uning yonida giyohvandlik moddasi topildi. Shuningdek, u ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turishi aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting