Xorazmda choyxona egasi, turmush o‘rtog‘i va bir farzandi gaz o‘chog‘idan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ikki farzandi kuchli zaharlangan.
Yashnobod tumanidagi shifoxonada vafot etgan bemorning o‘limidan so‘ng, shifokorlarning do‘pposlanishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
BMTTD Yaponiya hukumatining moliyaviy ko‘magi bilan mahalla qo‘mitalari uchun 100 ta noutbuk va routerlarni taqdim etdi. Uskunalar mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlariga elektron hujjat aylanishi tizimida ishlashga imkon beradi va shu bilan fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tezlashtiradi.
Qibray tumanida farmatsevtika klasteri doirasida Farmatsevtika texnik universiteti tashkil etiladi. Universitet dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Bundan tashqari, Qibray tumanida muassasaninig tarkibi, xodimlar sonini tasdiqlaydigan Klaster direksiyasi tashkil etildi.
Davlat test markazi «Gazeta.uz» kolumnisti Komil Jalilovning OTMga kirish imtihonlari ballariga abituriyentlarning maktabdagi so‘nggi 6 yillik baholari o‘rta arifmetigini qo‘shish loyihasi borasidagi maqolasiga javob qaytardi. Unda muallifning fikrlari noto‘g‘ri ekanligi aytilgan va xorij tajribasi misol sifatida keltirilgan. Biroq DTMning javob maqolasida kolumnist o‘zini o‘ylantirayotgan savollarga javob topa olmadi.
4-son shahar klinik shifoxonasida vafot etgan 52 yoshli bemorning farzandlari shifokorlarni do‘pposlagan. Tibbiy xodimlarning ahvoli og‘ir deb belgilanmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat yo‘llagan.
23 fevraldan boshlab O‘zbekistonga sovuq va nam havo massasi kirib keladi. 25−26 fevral kunlari havo harorati kechasi −7… −12, kunduzlari −2… −7 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘istonda harorat kechasi −17… −22 gacha, kunduzi −10… −15 gacha, Xorazmda kechasi −12… −17 gacha kunduzi −5… −10 darajagacha pasayadi.
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazoqov prezident rejalashtirilmagan tarzda borgan «Bunyodkor» mahallasida muammolar o‘z yechimini topguniga qadar yashashini aytdi. «Bugun shu yerga konteyner o‘rnaydi va unga „viloyat hokimining uyi“ deb yozib qo‘yiladi», — dedi hokim. Boshqa hududlardagi muammolar ham shu tarzda hal etilishi ma’lum qilindi.
Prezident qarori bilan O‘zbekistonda yaqin ikki yil ichida sun’iy intellektdan sog‘liqni saqlash sohasida, jumladan, ayollarda ko‘krak bezi saratoniga tashxis qo‘yishda fodalanish ko‘zda tutilmoqda. Qolaversa, pnevmoniyani aniqlashda qo‘llash ham rejada bor.
Samarqand viloyati kengashi deputatlariga aholi muammolarini hal qilish uchun 3 mlrd so‘m ajratiladi. Har bitta deputat 50 mln so‘mdan mablag‘ni kambag‘allikni qisqartirishga yo‘naltiradi. Shuningdek, viloyatda aholini kasb-hunarga o‘qitish uchun 10 milliard so‘m ajratiladi.
Farg‘ona viloyatida Matiz avtomashinasining daraxtga borib urilishi oqibatida 1 yoshli qizcha halok bo‘ldi. Mashina haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu mavsumning eng xushbo‘y va rohatbaxsh ichimliklari Zira.uz tayyorlab qo‘ygan ro‘yxatda sizni kutmoqda.
Namangan viloyatida bo‘lib turgan prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar kutubxonasiga tashrif buyurish o‘rniga, rejalashtirilmagan tarzda Namangan markazidan 18 km uzoqlikda bo‘lgan «Bunyodkor» mahallasiga yo‘l oldi. Prezident u yerda mahalliy aholi bilan suhbatlashdi.
Samarqand viloyatida temir yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 44 yoshli erkakni poyezd urib yubordi. Olgan jarohatlar oqibatida fuqaro voqea joyida vafot etgan.
O‘zbekistonda 2020 yilda 6982 ta YTHlar sodir bo‘lgani qayd etildi. YTHlar oqibatida vafot etganlar soni esa 1962 nafar kishini tashkil etdi.
2021 yildan boshlab O‘zbekistonda «Nike» va «Adidas» brendi ostida krossovkalar ishlab chiqariladi. Loyiha 2022 yil 3-choragida to‘liq quvvatda ishga tushishi rejalashtirilgan bo‘lib, zavodda yiliga jami 3 mln juft sport poyabzali ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining yig‘ilishida prezident Uychi tumani 4 ta sektor rahbarlari — tuman hokimi, prokurori, IIB boshlig‘i hamda tuman bosh soliqchisini vazifasidan ozod qilishga ko‘rsatma berdi.
Dam olish kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kamroq. Havo harorati kechalari 2−7° iliqgacha, kunduz kunlari 8−13° iliqgacha pasayadi.
O‘zbekiston prezidenti aholini kasbga o‘rgatish va ish bilan ta’minlashga to‘xtalib, «endi pul berilmasligini, kim nimaga qodirligiga qarab imkoniyat yaratilishini» ta’kidladi. Shavkat Mirziyoyev vazir va davlat idoralari rahbarlariga muammoli hududlarda aholi bilan birga yashab, masalalarni hal etishni buyurdi. «O‘sha uyda yotasizlar, yotib, o‘sha uyni ishini qilib, keyin chiqib ketasizlar», — dedi u.
Toshkent metropoliteni «O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibidan chiqariladi. Shuningdek, Transport vazirligi Toshkent shahar transport boshqarmasi negizida Toshkent shahar transport bosh boshqarmasini tashkil etish rejalashtirilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting