Jizzaxda avtobus va yuk avtomashinasi to‘qnashuvi yuz berdi. YTH oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etdi.
«Kelinlar qo‘zg‘aloni», «Chimildiq» va ko‘plab kino hamda teatr rollari bilan mashhur bo‘lgan O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova 73 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Ma’lum qilinishicha, aktrisa COVID-19 infeksiyasidan davolanayotgan bo‘lgan.
Nukusda 6 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Damas temir yo‘l kesishmasida teplovoz tortib kelayotgan poyezd vagoni bilan to‘qnashdi. Haydovchi va 3 yo‘lovchi jarohatlandi, qurbonlar yo‘q.
Toshkentning Shayxontohur tumanida elektr kabeli ilingan issiq suv quvurini ushlagan 8 yoshli qiz tok urishidan vafot etdi. Prokuratura tuman elektr tarmoqlari korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Toshkentning Yunusobod tumanida mashina urib yuborgan ikki yoshli bola shifoxonada olamdan o‘tdi. Ayblanuvchi — mashinani mast holda boshqargan haydovchi — hodisa kuni qo‘lga olingan. Unga nisbatan ehtiyot chorasini sud belgilaydi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi 26−27- avgust kunlari tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfidan ogohlantirdi.
Surxondaryoda 6 dona propan gaz balloni ortilgan «Vaz-2107» haydovchisi mashina salonida sigaret chekish uchun olov yoqishi bilan chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in yuzaga keldi. 9 yoshli bola kuyish jarohatlari sababli olamdan o‘tdi.
Mustaqillik bayrami arafasida O‘zbekistonda 3 kun ketma-ket dam olinadi. 29 avgust — shanba dam olish kuni 31 avgust — dushanba ish kuniga ko‘chiriladi.
Bosh prokuratura 31 may kuni So‘x tumanidagi «Chashma» bulog‘i bo‘yida Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida buloqdan foydalanish yuzasidan kelib chiqqan nizo bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 6 kishi qamoqqa olinganini ma’lum qildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Har bir ota-ona farzandini maktabga yuborishi yoki uyda onlayn shaklda o‘qitishi yuzasidan mustaqil qaror qabul qilishi kerak» — xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov. Bu uchun ota-onalardan so‘rovnoma to‘ldirilishi so‘raldi. Vazir maktablarda yangi o‘quv yilini 14 sentyabrdan boshlash taklifi kiritilganligini ham ma’lum qildi. Sinov tariqasida virus tarqalmagan, havfsiz hududlardagi ba’zi kichik maktablarni 7 sentyabrdan ochish rejalashtirilgan.
Toshkent IIBBning sobiq xodimi mast holda mashina boshqarar ekan, piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan bolani urib yubordi. Boshqarma uning voqeadan bir necha kun avval ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi.
Toshkent viloyatida yoz oylari davomida 70 km/s tezlik cheklovi o‘rnatilgan joylarda 170 km/s gacha tezlikda harakatlangan 65 nafar mototsikl haydovchisi jarimaga tortildi.
O‘zbekistonda Szyansi an’anaviy xitoy tabobati universiteti filiali tashkil etiladi. Filialda tayyorlanadigan mutaxassislarning xitoy xalq tabobati ilmini zamonaviy tibbiyot yutuqlari bilan uyg‘unlashtirgan holda amalga joriy etishlari ko‘zda tutilmoqda.
Koronavirus pandemiyasi sababli masofaviy tarzda o‘tkazilgan IBO2020 Challenge — Xalqaro biologiya olimpiadasida bir nafar o‘zbekistonlik o‘quvchi mamlakat tarixida ilk bor oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ikki nafar o‘zbekistonlik o‘quvchi kumush medallar sohibiga aylandi.
Andijon va Xorazmda fuqarolarni 4 ming AQSH dollariga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar tezkor tadbir davomida ashyoviy dalil bilan ushlandi. Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Elektron tanlovlar va elektron tenderlarni tashkil etish bo‘yicha yana bir muqobil elektron platforma — tender.mf.uz yaratildi. Endilikda buyurtmachilar elektron saytni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga koronavirus pandemiyasi davrida tibbiy niqob taqish shart emas, deya xulosa qildi JSST ekspertlari. 6−11 yoshda vaziyatga qarab niqoblar taqish kerak, masalan, yashash joyida infeksiyaning ommaviy tarqalishi yoki xavf ostida bo‘lgan odamlar bilan doimiy aloqada bo‘lganda. 12 yoshdan boshlab niqoblarni muntazam ravishda taqish tavsiya etiladi.
Bolalar Ombudsmani Aliya Yunusova maxsus ixtisoslashtirilgan muassasalardagi bolalarni deinstitutsionalizatsiya qilish vazifalari haqida gapirib berdi.
AQSHdan O‘zbekistonga 200 ta o‘pka sun’iy shamollatish moslamasi yuborildi. Ular Donald Tramp ma’muriyati tomonidan e’lon qilingan insonparvarlik yordamining bir qismi sifatida taqdim qilinmoqda.
Samarqandda eri tomonidan shafqatsiz kaltaklangan ayol va uning ikki nafar farzandi Samarqand shahri IIO FMB tomonidan himoyaga olingan. Ayolini kaltaklagan erga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayolga «himoya orderi» berilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting