Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanida yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ushlandi. U 15 gektar yer maydoni ajratib berish evaziga 20 ming AQSH dollari miqdorida pora talab qilganlikda ayblanmoqda.
Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida Neksiya avtomobili haydovchisi quvib o‘tish qoidalarini buzish oqibatida qarshisidan kelayotgan «NOWO» rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan. Natijada Neksiya haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi vafot etgan, ulardan biri 1 yashar bola. Moshinaning yana bir yo‘lovchisi tan jarohati olgan.
Toshkent viloyati Bekobod tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari 5000 dollar pora olayotganida ushlandi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi UzAuto Motors tomonidan 2020 yil mart oyida avtomobillar uchun tasdiqlangan va iste’molchilarga realizatsiya qilingan, asossiz kiritilgan xarajatlarni chegirishni va ushbu mablag‘larni iste’molchilarga qaytarib berishni so‘radi. Yangi shartnomlar ham ushbu chegirmalar asosida tuziladi. Buning oqibatida Spark 3,5 mlngacha, Cobalt 10,5 mlngacha, Gentra 19,8 mlngacha va Damas 15,7 mln so‘mgacha arzonlashishi kutilmoqda.
O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlari 65 ta joyda bo‘lib o‘tadi. Toshkentda imtihonlar uchun «Paxtakor» stadioni, Milliy bog‘, Talabalar shaharchasi xiyoboni, «Ashxobod» sayilgohi va Botanika bog‘i tanlandi. Bu yil abituriyentlarning ota-onalari uchun kutish joylari tashkil etilmaydi.
Miting, yig‘ilish va namoyishlar to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, ushbu tadbirlarni ish kunlari kunduzi 10:00 — 18:00 orasida 2 soatdan oshmagan vaqt davomida o‘tkazishga ruxsat beriladi. Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishga ruxsat olish uchun ariza namoyishlar o‘tishidan o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmagan muddatdan oldin taqdim etilishi lozim — batafsil.
Urgut tumanida 21 yoshli «ZIL» haydovchisining yil davomida uchinchi bor YHQ buzishi qonli avariyaga sabab bo‘ldi. Xavfli burilishda qarama-qarshi yo‘ldan yurgan yuk mashinasi ro‘paradan chiqqan Cobalt bilan to‘qnashdi. Yengil mashinadagi 4 kishi qurbon bo‘ldi, yana 3 kishi jarohatlandi.
Samarqand viloyatining Urgut tumanida «Moskvich» haydovchisi yo‘lni velosipedda kesib o‘tayotgan besh yoshli bolani urib yubordi. Bola shifoxonada vafot etdi.
Inson kapitali hamda jamiyat va davlatning iqtisodiy yutuqlari chambarchas bog‘liqdir. Faylasuf, jamiyatshunos va antropolog Valeriy Xan nima uchun pedagogik ta’lim sifati O‘zbekistonning innovatsion taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga egaligi to‘g‘risida fikr yuritadi.
Aholini gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash maqsadida chet eldan vaksinalar olib kelinadi va joylarda emlash punktlari tashkil qilinadi. Emlash ishlari sentyabr oyidan boshlanishi kutilmoqda.
Qo‘qon hokimligi shahar ko‘chalarini isiriq bilan «dezinfeksiya» qilinayotganligi aks ettirilgan video «Toza hudud» korxonasi xodimlarining hazili ekanligini ta’kidladi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi 20 avgustdan qayta tiklanadigan poyezd qatnovlari jadvalini e’lon qildi.
Toshkent va Bo‘stonliq tumanining Yusufxona qo‘rg‘oni o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Kun davomida 18 ta qatnov amalga oshiriladi, chipta narxi 10 ming so‘m.
BEVERLee Businees moliyaviy piramidaga asoslangani va o‘z mahsulotlarini koronavirusga davo sifatida pullayotgani haqidagi xabarlardan so‘ng Bosh prokuratura kompaniya faoliyatini o‘rganishni boshladi.
Samarqandda Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yaman, deb 27200 dollar olgan firibgar ushlandi. U yana 300 dollar talab qilib, pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushirilgan.
Toshkentning Mirobod tumanida mast haydovchi boshqarayotgan avtomobil beton to‘siqqa borib urildi. Yo‘lovchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.
Nukusda Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi Ataulla Xudaybergenov hayotdan ko‘z yumdi.
Qashqadaryoda rag‘bat pulini ololmayotgan tez yordam haydovchilari va hamshiralar viloyat hokimligi binosi oldida to‘plandi. Viloyat hokimligi murojaatchilarning aksariyati dispecherlar ekani va ularning rag‘batlantiriluvchilar ro‘yxatida yo‘qligini ma’lum qildi.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi 17 avgustni shahar kuni deb e’lon qilish va har yili ushbu bayramni keng nishonlash taklifini ilgari surdi.
Ta’lim muassasalarida amal qiluvchi sanitariya me’yorlari ishlab chiqilib, Adliya vazirligining huquqiy ekspertizasidan o‘tkazilganidan keyin bolalar bog‘chalari va maktablar faoliyatini boshlashga ruxsat beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting