Toshkent shahri tumanlari hokimlari COVID-19 pandemiyasi oqibatlari va oxirgi paytda tumanda qilinayotgan harakatlar haqida ma’lumotlar berish, aholini hamjihatlikka chaqirish maqsadida efir orqali halqqa yuzlanishdi. Ayrim hokimlar COVID-19 oqibatlari uchun xalqdan uzr so‘rashdi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab maktab o‘qituvchilariga bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichiga qarab maosh to‘lanadi. Bu qaror hozirgi ta’lim tizimini qay darajada inobatga oladi va qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida Komil Jalilovning maqolasida o‘qing.
Davlat xizmatlari agentligi 2020 yilning yakuniga qadar «Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) yagona elektron arxivi» axborot tizimini blokcheyn texnologiyasiga o‘tkazadi. Bu tizim axborot xavfsizligi va shaffofligini ta’minlashi hamda firibgarliklar oldini olishga yordam berishi aytilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev 258 kishini koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotladi. Mukofotlanganlar orasida 6 nafar vafot etgan tibbiyot va boshqa sohalar vakillari ham bor.
Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar uchun sihatgoh, dam olish maskanlari, sog‘lomlashtirish lagerlari, kollejlar va litseylar yotoqxonalarida qo‘shimcha 12 mingdan ziyod zaxira o‘rni tayyorlanmoqda.
2020 yilning birinchi yarmida ma’muriy sudlar tomonidan 150 mingga yaqin ish ko‘rib chiqildi. Shulardan 120,5 ming nafar shaxsga nisbatan jarima, maxsus huquqdan mahrum etish, ma’muriy qamoqqa olish va O‘zbekiston hududidan chiqarib yuborish kabi ma’muriy jazolar qo‘llanilgan.
Andijonda Nexia-3 va ikkita Spark to‘qnashuvi natijasida birinchi Spark haydovchisi va uning onasi voqea joyida vafot etdi.
Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga anesteziolog-reanimatolog, infeksionist, epidemiolog va boshqa mutaxassislar ishga olinadi. Ikki haftalik ish faoliyati uchun 10−25 mln so‘mgacha maosh to‘lanadi.
Yarim yil davomida O‘zbekistonga 1,2 mln chet el fuqarosi tashrif buyurdi. Ular soni 2019 yilning mos davriga nisbatan 60 foizga kamaygan. Kelganlarning aksariyati MDH davlatlari fuqarolari bo‘lib, ular karantin cheklovlari o‘rnatishidan oldin mamlakatga tashrif buyurgan.
Toshkentda karantin vaqtida yo‘l haqlarini oshirgan 25 ta yuridik korxona jarimaga tortildi va 64 ta yo‘nalishsiz taksining litsenziya varaqalari bekor qilindi.
Farg‘onada stikersiz taksi haydovchisi jarima maydonchasida daraxtga o‘zini osmoqchi bo‘ldi. Milliy gvardiya xodimlari uni to‘xtatib qoldi.
O‘zbekiston bosh prokurorining sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘istonning sobiq prokurori Xakimbay Xalimov olamdan o‘tdi. Avvalroq unda koronavirus aniqlangan edi.
Shahrixon tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘ini mansabdor shaxslari kam ta’minlangan oilalar toifasiga kirmaydigan 51 fuqaroga asossiz ravishda moddiy yordam puli to‘lab bergan. Oqibatda 82,2 mln so‘m byudjet mablag‘i talon-toroj qilingan.
Andijonda viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining mansabdorlari 326,4 mln so‘mlik dezinfeksiya vositalarini bozor narxidan 159,3 mln so‘mga sotib olib, byudjet mablag‘larini talon-taroj qildi. Avvalroq Navoiy, Namangan, Buxoro va Qashqadaryoda ham xuddi shunday jinoyatlar sodir etilgandi.
Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan Jomiy bozori yaqinidagi bir nechta qurilish do‘konlarida yong‘in kelib chiqdi. Alanga 200 kv m maydondagi inshoot va mulklarga zarar yetkazdi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar yarim yilda 19 mingdan ortiq ajrim to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqib, ularning 11 mingga yaqinini qanoatlantirdi.
Respublikada ro‘yxatdan o‘tkazmasdan import qilinadigan hamda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori-darmon, biologik qo‘shimchalar, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ro‘yxati tasdiqlandi.
Maxsus transport vositalariga yo‘l berish uchun yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilar ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi. Prezident Ma’muriy javobgarlik kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Gulistonda 2019 yilda tug‘ilgan qizini 17 ming dollarga sotayotgan ona qo‘lga olindi.
O‘zbekistonda o‘qituvchilar faoliyatiga aralashgan fuqarolar yoki mansabdor shaxslar BHMning 10 baravarigacha jarimaga tortiladi. Tegishli modda «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida» gi kodeksiga kiritildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting