Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining birinchi raisi va prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan Anvar Sharapov vafot etdi.
Yoshlar ittifoqining ikki nafar xodimida koronavirus holati aniqlangani sababli markaziy kengash binosi karantinga yopildi. Bundan tashqari, Yoshlar ishlari agentligi raisining o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova o‘zida koronavirus alomatlari sezilganligini ma’lum qildi.
Chet elliklarga o‘zbek tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan yangi “O‘zbekona” darsligi ishlab chiqildi. Qo‘llanma audiolar va qo‘shimcha materiallar bilan boyitilgan bo‘lib, boshlang‘ich A1 darajani egallash imkonini beradi.
Ekologiya qo‘mitasi Toshkent markazida ko‘p yillik chinor noqonuniy ravishda kallaklab tashlanganini tasdiqladi. Daraxt kesilgan joyga poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham tashrif buyurdi.
Amur gazni qayta ishlash zavodida ishlayotgan o‘zbekistonlik quruvchilar uch oydan beri oylik maoshi berilmaganligi sababli tartibsizliklar uyushtirishdi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi hodisani nazoratga olib, o‘zbekistonliklarning qonuniy huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlashini ma’lum qildi.
O‘zbekiston hududida kuchsiz zilzila qayd etildi. Yer osti silkinishlari o‘chog‘i Afg‘onistonda joylashgan bo‘lib, markazda magnituda 5,1 ni tashkil etdi.
Koronavirusga test topshirish uchun qayerga murojaat qilish kerak? Hududlar kesimida koronavirus infeksiyasiga laborator tahlil oladigan markazlarning manzili va telefon raqamlari.
«Shum bola» va «Suyunchi» filmlarida bosh rollarni ijro etgan aktyor Abdurayim Abduvaxobov 57 yoshida olamdan o‘tdi.
Respublika maxsus komissiyasining qarorlari nima sababdan to‘liq e’lon qilinmayotganiga izoh berildi. Xususan, ayrim bandlar davlat manfaatlari va xavfsizligiga aloqador bo‘lgani uchun oshkor qilinmasligi aytildi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi 100 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalardan iborat ro‘yxatni shakllantirdi. Ro‘yxatga kiritilmagan, biroq oziq-ovqat, dori-darmonga ehtiyoji bo‘lgan oilalarga 1197 va 71−203−01−21 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish tavsiya etildi.
O‘zA direktorining o‘rinbosari va taniqli bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev yangi lavozimga tayinlanishini uni “zararlantirish” uchun harakat deb o‘ylamasligini ta’kidladi. Uning fikriga ko‘ra, bunga OAV sohasiga “yangi qon” olib kirish sifatida qarash kerak.
Koronavirusning yengil shakli kuzatilayotgan bemorlarni uy sharoitida davolash bo‘yicha qo‘llanma tasdiqlandi. Unda aytilishicha, bunday bemorlarga faqatgina simptomatik davolanish tavsiya qilinadi. Jumladan, ko‘p suyuqlik ichish, isitma tushiruvchi dorilarini qabul qilish, agar lozim bo‘lsa, bronxolitik va burunga tomizish uchun dori vositalaridan foydalanish mumkin. «Yengil» bemorlarga antibiotiklar bilan davolanish tavsiya etilmaydi.
Prezident suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020−2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqladi. Unga ko‘ra, mamlakat suv xo‘jaligi sohasida 10 yilda qator ko‘rsatkichlarini yaxshilab, suv hisobini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy etadi. Konsepsiya ijrosi ustidan parlament va jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi. Shuningdek, Suv kodeksi ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston hududida hafta oxirigacha chilla davriga xos juda issiq ob-havo kuzatiladi. Harorat kunduzi 37−40 daraja, kechasi 21−24 daraja atrofida bo‘ladi. Respublika shimoli, janubi va cho‘l zonasida 42 darajagacha ko‘tariladi.
Yumshoq, yengil va qarsildoq merengali pishiriqlar — Zira.uz tanlovi.
Qashqadaryo viloyatida Orlando yengil avtomobili “Yo‘l bering” yo‘l belgisiga va svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga amal qilmagani sababli DAF yuk avtomashinasi bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etdi va olti nafari esa olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga yotqizildi.
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumani hokimi va boshqalar sudyalarni xalq oldida obro‘sizlantirdi. Sud xodimi esa do‘pposlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga qamab qo‘ygan. Hozirda Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Navoiy viloyatining Navbahor tumanida 16 yoshli o‘smir amaksining 5 yoshli o‘gay qizini oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldirib, uning onasiga tan jarohati yetkazgan. Ayol jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Adliya vaziri maslahatchisi va bloger Shahnoza Soatova o‘zini va oila a’zolarini koronavirus yuqtirgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. U yarim kun SES eshigi oldida turib, test topshirolmay qaytganini, test bo‘lmaganligi uchun tez yordam va poliklinika uni koronavirusga chalinganligini tan olmayotganligini aytgan. Bloger sog‘liqni saqlash vazirligidan o‘zini o‘zi davolash bo‘yicha yo‘riqnomalarni chiqarib, tarqatishni talab qilgan.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov koronavirusga chalinganini ma’lum qildi. Allamjonov unda yengil formali koronavirus kechayotganini, uydan turib 12 kundan beri davolanayotganini va hozirda o‘zini yaxshi his qilayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting