Foizsiz bo‘lib to‘lashga avtomashina olib beruvchi yana bir kompaniya faoliyatiga chek qo‘yildi. Tergov uning faoliyatida moliyaviy piramida alomatlari mavjudligini aniqladi. Fuqarolardan olingan pullarning yarmidan ko‘prog‘ini kirim qilib, qolgan 1,5 mlrd so‘mni o‘zlashtirib yuborgan.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo davlatlar koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatni monitoring qilish tizimini ishlab chiqadi.
«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi rahbari Odiljon Abduqahhorov o‘z lavozimini tark etdi. Uning o‘rniga Alisher Jamaldinov vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Jizzax viloyatining Zomin tumanida aprel-may oylarida kuzatilgan kuchli shamol va sel oqibatida zarar ko‘rgan 19 ta qishloqdagi uy va yordamchi xo‘jalik binolari, ichimlik suv tarmoqlari va ko‘priklar ta’mirlanmasdan qolmoqda. Viloyatning boshqa tuman va qishloqlarida ham jiddiy muammolar mavjud.
Janubiy Koreyada mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan va pandemiya sababli mehnat ta’tili uchun O‘zbekistonga kelgan fuqarolardan 31 nafari charter reys orqali jo‘nab ketdi.
Toshkentning Chilonzor tumanida ikkita Lacetti va velosiped to‘qnashdi. Velosipedchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.
Jismoniy tarbiya yo‘nalishida kasbiy imtihonlar 11 iyuldan 20 iyulga qadar o‘tkaziladi. Suzish bo‘yicha imtihon esa olib tashlandi. Karantin cheklovlari davom etgan taqdirda, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
Andijonda bir necha kun muqaddam birinchi farzandini dunyoga keltirgan yosh ona viloyat perinital markazi yerto‘lasida o‘z joniga qasd qildi.
Hajviya, satira, askiya borasida san’at chegaralanmasligi kerak — Madaniyat vazirligi «Sho‘rdanak» va «Qalpoq» hajviy guruhi a’zolarining YHXB xodimlaridan kechirim so‘raganiga yuzasidan munosabat bildirdi.
Surxondaryoda “Jihodchilar” guruhi faoliyatiga chek qo‘yildi. Uning a’zolari Rossiyada mehnat muhojirlari sifatida yashash vaqtida terrorchilik tashkilotlari ta’siriga tushib, uylariga qaytganidan keyin ekstremistik materiallarni tarqatib kelgan, deya xabar berdi IIV.
“Talim to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi Oliy Majlis Senati tomonidan o‘rganilmoqda. U inklyuziv ta’lim tamoyillariga to‘g‘ri keladimi?
Jizzax viloyatida maktab va bolalar bog‘chalari yaqinida tezlikni cheklovchi yo‘l belgisini o‘rnatish taklif etildi. Ta’lim muassasalari yaqinida eng yuqori tezlikning soatiga 50 km bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkentda Sankt-Peterburg davlat universitetining filialini tashkillashtirish rejalashtirilmoqda. OTMda ta’lim rus tilida tashkil etilib, sharq tillari filologiyasi, etnografiya, sharq mamlakatlari iqtisodiyoti va biotibbiyot kabi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlanadi.
Davlat test markazi tomonidan 2020−2021 o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolar ro‘yxati e’lon qilindi.
Toshkentda sodir bo‘lgan pichoqbozlikka dorixona daromadlarini bo‘lisha olmaslik sabab bo‘lgani ma’lum qilindi. Jarohatlanganlardan biri olamdan o‘tdi.
“Sho‘rdanak” va “Qalpoq” hajviy guruhi a’zolari YHXB xodimlari haqida tayyorlagan yumoristik ko‘rsatuvlaridagi hazillari uchun kechirim so‘rashdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel xavfi haqida ogohlantirish berdi.
Andijon viloyatida musiqa va san’at maktabi direktorining xizmat xonasida maosh tufayli janjal kelib chiqdi. Rahbar pichoq bilan o‘z xodimiga yengil tan jarohatlari yetkazdi.
Dushanba kuni ayrim joylarda yog‘ingarchilik kutilmoqda va shamol tezligi soniyasiga 18−23 metrgacha kuchayishi mumkin. Hafta oxiriga borib esa xarorat asta-sekin ko‘tarilishni boshlaydi.
Uzbekistan Airways xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida 8 iyundan 21 iyun kuniga qadar amalga oshiriladigan charter qatnovlarining navbatdagi jadvalini e’lon qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting