So‘nggi ikki yilda tez tibbiy yordam mashinalarining o‘z vaqtida yetib kelmasligi oqibatida 48 mingdan ortiq o‘lim holati yuz bergan.
Hafta oxiri va keyingi haftaning boshida issiq havo O‘zbekistonning butun hududini qamrab oladi. Ayniqsa yakshanba va dushanba kunlari harorat ko‘tarilib, 39−42 darajagachani tashkil etadi.
Ekoturizmni rivojlantirish uchun Buxoro viloyatidagi “Jayron” qo‘riqxonasida turistik infrastruktura tashkil etiladi. Bu yerda tashrif markazi, muzey, kuzatuv binosi va maydonlari yaratiladi, shuningdek, o‘kuvchilar va talabalar uchun ekskursiyalar tashkil etiladi.
Qarshi shahrida muqaddam sudlangan o‘g‘il o‘zaro kelishmovchilik tufayli ko‘zi ojiz va yura olmaydigan keksa otasi va o‘zining ustiga benzin sepib, yoqib yubordi. Har ikkisi ham og‘ir kuyishdan vafot etdi.
Sirdaryo viloyatida Captiva haydovchisi Cobalt mashinasini o‘ng tomondan quvib o‘tmoqchi bo‘ldi va yo‘l chetidagi ikkita avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etdi. Jami beshta avtomobil ishtirokidagi YTH natijasida ikki kishi vafot etdi, bir kishi jarohatlandi.
Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 64 kishi cho‘kib ketdi. Ularning 20 nafardan ziyodi voyaga yetmaganlardir.
Andijonda qiynoqlardan vafot etgan Alijon Abdukarimovning singlisi Daryo.uz nashriga bergan intervyusida akasi yil boshidan buyon bir necha marta IIBga chaqirilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, akasini fuqaro kiyimidagi odamlar raqamsiz avtomobilda olib ketgan.
Karantin davrida Toshkentda FHDYO bo‘limlari tomonidan 3270 ta nikoh qonuniy qayd etildi.
Prezident farmoni bilan 1️ avgustdan Majburiy ijro byurosining bir qator vakolatlari boshqa tashkilotlarga o‘tkaziladi
Toshkentning Shayxontohur tumanida “Kamaz” yo‘l yoqasida o‘rnatilgan reklama ustuni hamda temir-beton bordyurga borib urildi. YTH va yong‘in oqibatida ikki kishi vafot etdi.
Toshkentda Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filialini tashkil etiladi. Nodavlat oliy ta’lim tashkiloti faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.
Chaqaloqlar savdosida vositachilarning 32 foizi tibbiyot xodimlari. Shuningdek, chaqaloq sotish sabablari o‘rganilganda, 9 tasi aybini yashirish, 10 tasi moddiy manfaat uchun ekani ma’lum bo‘ldi.
Toshkent viloyati Qibray tumani hokimining o‘rinbosari xususiy tadbirkorga yer maydonini sotishni va’da berib, 25 ming dollar olayotganda qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi fuqaro mahalladoshining qarashi yoqmagani uchun «Makarov» ko‘rinishidagi to‘pponchadan unga o‘q uzib, qulog‘idan jarohatladi.
Toshkentda masjidga kirish joyida qoldirilgan sumka o‘g‘irlab ketildi. Poytaxt IIBB jinoyat qidiruv xodimlari gumonlanuvchining shaxsini aniqlab, 22 yoshli shaxsni qo‘lga oldi.
Jizzaxdagi YPX maskanida Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 1,7 tonna hidlangan go‘sht to‘xtatib qolindi. Go‘sht suyaksiz bo‘lgani uchun qaysi hayvonga tegishli ekani hozircha noma’lum, ammo qoramol va qo‘y go‘shti emas, degan xulosaga kelindi.
Doimiy propiska to‘g‘risidagi talab bekor qilinganidan keyin boshqa hududlarda yashovchi fuqarolar Toshkentda qariyb 13 mingta, Toshkent viloyatida esa 2 mingdan ortiq kvartira sotib oldi. Bu uy-joy oldi-sotdi bitimlarining qariyb 70 foizini tashkil etadi.
2019 yilda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar 22 foizga kamaygan, biroq chaqaloqlar savdosi 2018 yildagi 38 foizdan 43 foizga oshgan. Shuningdek, majburiy mehnatga yo‘l quygan 259 nafar, ish haqlarini o‘z vaqtida bermagan va mehnat sharoitlari yaratmagan 56 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi — Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Toshkentda “qizil” karantin hududiga kiritilgan mahallalar soni 42 tadan 71 taga oshdi. Ushbu mahallalarga kirish va chiqish joylari yopildi. Koronavirus holatlari sababli “Malika” (“Fleshka”) savdo majmuasi, Yunusobod tumanidagi dehqon bozori va “O‘rikzor” bozori yopildi.
Surxondaryoda Milliy gvardiya xodimlari niqob taqmagan fuqaroni bo‘g‘ib, xushidan ketkazgani aytilmoqda. Hodisani izohlagan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarning xatti-harakatlariga baho berish yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanganini ma’lum qildi. Tuman prokuraturasi esa tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting