AQSH hukumati COVID-19 pandemiyasi vaqtida Markaziy Osiyoda mehnat muhojirlarini himoya qilishga 2 mln dollar ajratadi. Loyiha doirasida ularga yuridik yordam ko‘rsatilib, muqobil turmush tarzi qo‘llab-quvvatlanadi.
Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida 13 yoshli o‘g‘lini 15 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Bir qator ma’lumotlar maxfiylikdan chiqariladi. Jumladan, endilikda IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari soni hamda ular joylashgan joy to‘g‘risidagi ma’lumotlar oshkor qilinishi mumkin.
Tanzila Norbayeva, Sherzod Shermatov, Timur Ishmetov, Sevara Nazarxon, Oksana Chusovitina va boshqa taniqli siyosatchilar, madaniyat vakillari va O‘zbekiston tadbirkorlarining 2019−2020 o‘quv yili bitiruvchilariga murojaati — «Gazeta.uz» ning eksklyuziv materialida.
Bosh prokuratura Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ishtirokida unga nisbatan prokuratura organlari tomonidan bosim o‘tkazilgani haqidagi xabarlarni o‘rgandi. O‘rganishlar jarayonida deputatga bosim yoki tazyiq o‘tkazilganini tasdiqlovchi ob’ektiv dalillar aniqlanmagani ma’lum qilindi.
O‘zbekistonda 600 ming gektardan ziyod ekin maydonlarida chigirtkalarga qarshi kurash olib borilmoqda. Bu ishlarga 640 nafarga yaqin mutaxasis, 148 ta traktor, 325 ta qo‘lpurkagich, 8 ta motodeltaplan va 26 ta maxsus mashina jalb etilgan.
Termizda yangi madrasa — “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi tashkil etildi. Bu yerda o‘rta maxsus diniy ma’lumotli islom shariati va hadis ilmlari mutaxassisi, imom-xatiblar tayyorlanadi. 2020−2021 o‘quv yili uchun qabul 15 iyundan boshlanadi.
O‘zbekistonda kuzatilayotgan issiq ob-havo hafta oxirigacha saqlanib turadi. Kunduzgi harorat +34…+39 darajani tashkil etadi.
Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga tibbiy karavotlar partiyasi yetkazib berildi. Umumiy qiymati 135 ming dollardan ziyodroq bo‘lgan yana bir qism insonparvarlik yuklarining kelishi kutilmoqda.
Chet eldan vatandoshlarni olib kelish uchun yana 17 ta charter reysi jadvali e’lon qilindi. Keyingi ikki hafta ichida “O‘zbekiston havo yo‘llari” Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Novosibirsk, Rostov-Donu, Istambul, Qohira va Sharjadan O‘zbekiston fuqarolarini olib keladi.
Musulmonlar idorasi nima uchun karantin vaqtida Ramazon hayiti namozini o‘qish musulmonlar zimmasidan soqit bo‘lishiga aniqlik kiritdi. Shuningdek, koronavirus yuqtirish ehtimoli borligi uchun hayit bayramini nishonlashda karantin choralariga qat’iy rioya qilish tavsiya etildi.
“Gazeta.uz” o‘quvchilaridan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar joylashtirilgan mehribonlik uylari va ixtisoslashtirilgan muassasalarga o‘z munosabatlarini bildirishlarini so‘ramoqda.
Bitiruvchilar uchun «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbiri bu yil onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi, uni Uzreport TV telekanali, Toshkent shahar hokimligi va Xalq ta’limi vazirligi tashkillashtirishmoqda. Tadbirni 25 may soat 8:30 dan boshlab tomosha qilish mumkin bo‘ladi.
Bosh prokuratura Sardoba suv ombori bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha ikki kishining gumonlanuvchi tariqasida ishga jalb etilganini ma’lum qildi. Ular qamoqqa olingan.
Toshkentda yer usti metrosi ustunlari yaqinida yer o‘pirilishiga suv quvuri ustiga o‘rnatilgan P shaklidagi himoyalovchi beton plitaning yuk mashinalari og‘irligini ko‘tara olmasdan sinib ketgani sabab qilib ko‘rsatildi.
Andijonda dron yordamida klip olmoqchi bo‘lgan videooperator bir yil sinov muddati bilan shartli ravishda uch yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Deputat Rasul Kusherbayev sudlanuvchining jinoyatini istehzo bilan “Yil jinoyati” deb ta’rifladi va bu kabi jazolarni jinoyat qonunchiligidan butunlay chiqarib tashlash kerakligini ta’kidladi.
O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi qaytarib bermaslik asosida Davlat byudjetiga 100 mln dollar ekvivalentidagi mablag‘lar ajratadi. Bu mablag‘lar Sirdaryodagi suv toshqini oqibatida jabrlangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va infratuzilmani tiklash chora-tadbirlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Dam olish kunlari issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat +35…+37, shimol, janub va cho‘l hududlarida esa +40 darajagacha ko‘tariladi. Shamol tezligi kuchayishi mumkin.
Buxoro viloyat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi bosh vrachi va vrach-dezinfeksionisti inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan juda ko‘p miqdordagi pullarni talon-taroj qilgani aniqlandi.
Milliarder Alisher Usmonov Hayit bayrami arafasida Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 1004 ta ehtiyojmand oilaga 2,51 milliard so‘m miqdorida moddiy yordam ajratdi. Bu pullar har bir oilaga qariyb 2,5 million so‘mdan taqsimlab berildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting