O‘zbekiston musulmonlari idorasi pandemiya davrida Ramazon hayiti namozini o‘qish bo‘yicha fatvo berdi. Unga ko‘ra, jamoat bo‘lib o‘qish imkoniyati mavjud emasligi ushbu ibodatni mo‘min-musulmonlarning zimmasidan soqit qiladi.
Beeline Uzbekistan mobil operatorining 749 ming abonentiga 100 mln so‘m yutib olgani aytilgan yolg‘on xabar tarqatildi. Buning ortidan 1 mlrd so‘m daromad olgan MCHJ rahbariga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.
Fitr sadaqasi qachon va nima uchun, kimlar uchun va kimlarga, qachon va qancha miqdorda berilishi kerak?
O‘zbekistonda Ramazon hayiti 24 may kuni nishonlanadi. Prezident ushbu bayramni nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Prezident Ramazon hayiti munosabati bilan jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 258 fuqaroni afv etdi. Afv etilganlarning 164 nafarini taqiqlangan tashkilotlar ishtirokchilari tashkil etadi.
Turkmanistonda 61 nafar O‘zbekiston fuqarosi amnistiyaga tushdi. Ular vatanga qaytarilganidan keyin Toshkent viloyatida ikki haftalik karantinga olindi.
Buxoro viloyatida yil davomida 12 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortilgan haydovchi o‘n uchinchisida halok bo‘ldi. O‘zidan tashqari 19 yoshli qizning ham o‘limiga, yana besh kishining og‘ir jarohatlanishiga sababchi bo‘ldi.
Milliarder Alisher Usmonov Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 1000 ta ehtiyojmand oilaga 2,5 milliard so‘m miqdorida moddiy yordam ajratdi. Bu pullar har bir oilaga 2,5 million so‘mdan taqsimlab berildi.
Prezident topshirig‘i bilan Sardoba toshqinida ilmiy yozmalarini yo‘qotgan sirdaryolik yosh olimaga doktorlik darajasi istisno tariqasida berildi. Tayanch doktori O‘zbekistonda birinchi bo‘lib onlayn tarzda o‘z dissertatsiyasini yoqladi.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 22 maydan boshlab “sariq” va “yashil” toifadagi hududlarda ochiq sayilgoh, muzey va san’at galereyalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi. Tashrif buyuruvchilar uch kishidan ko‘p bo‘lib to‘planishlari mumkin emas. O‘yingoh va ovqatlanish shoxobchalari bundan mustasno.
Toshkentdagi Homiylik xayriyalairni muvofiqlashtirish markazi o‘z ishini yakunladi. 50 kunlik faoliyat davomida markaz tomonidan 85 mingga yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatilib, ularga jami 11,8 mlrd so‘mlik mahsulotlar va dori vositalari yetkazib berilgan.
Toshkentda Ohangaron shossesi va Maxtumquli ko‘chasi kesishmasidagi uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgich ochildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev soatiga 20 mingta transport vositasini uzluksiz o‘tkazish imkoniyatiga ega uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgichni ko‘zdan kechirdi.
Harbiylar Urganchdagi karantin hududidan bir necha marta qochishga uringan shaxsni ushladi. U panjaradan oshib o‘tayotgan vaqtda havoga ogohlantiruvchi o‘q uzilgan.
Xalq qabulxonalariga suv toshqinidan zarar ko‘rgan fuqarolardan 1,1 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 89 foizi joyida hal qilindi. Shuningdek, vaqtincha ko‘chirilgan oilalar holidan muntazam xabar olinib, ularning kunlik ehtiyojlari qondirilmoqda.
Sirdaryo viloyatida ochiq maydonda yoqilayotgan buyumlarning suv bosgan uylardan olib chiqilgani va foydalanishga yaroqsiz ekani ma’lum qilindi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda xayriya uchun yuborilgan buyumlar yoqib yuborilayotgani xaqida xabarlar tarqalgan edi.
Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi “tramadol” savdosiga chek qo‘yildi.
O‘zbekistonda aprel oyi davomida 336 ta YTH sodir bo‘lib, ular oqibatida 76 nafar kishi vafot etgan. Aksariyat YTHlar haydovchilar tomonidan belgilangan tezlikka rioya qilmaslik va ularning ehtiyotsizligi sababli sodir etilgan.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov joriy yilda maktablarda yakuniy imtihonlar o‘tkazilmasligini ma’lum qildi. Maktablarga o‘quv yili davomidagi o‘zlashtirishga qarab yakuniy baholarni qo‘yish tavsiya etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev hozirgi kunga qadar 39 ming nafar fuqaro mamlakatga qaytarilganini ma’lum qildi. Yana 12 ming nafar fuqaro horijdan qaytarilishi rejalashtirilmoqda.
KOICA Sirdaryo viloyatida suv toshqinidan jabrlanganlarga insonparvarlik yordami yubordi. Yuk tarkibidan shaxsiy gigiyena vositalari, birlamchi mahsulotlar va bolalar ozuqlari o‘rin olgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting