Sardoba suv ombori hududida yashovchi aholining bir qismi Yangiyer shahriga evakuatsiya qilindi. Ular shahardagi kollej va universitet yotoqxonalariga joylashtirildi. Tadbirkorlar hamda Guliston tuman hokimligi tomonidan shaxsiy himoya vositalari va oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat homiylik yordami keltirilgan. Hozirda suv omboridan suv chiqish to‘xtagan.
TDYUda tashkil etiladigan Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakultetining asosiy vazifalari, huquqiy tadqiqot markazlarining yuridik sohada kadrlar tayyorlashdagi muhim o‘rni — yuridik fanlar doktori Dildora Umarxanova “Gazeta.uz” uchun ushbu masalalarga aniqlik kiritdi.
Sinoptiklar may oyidagi ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi. Oyning birinchi haftasida respublika bo‘yicha momaqaldiroqli yomg‘ir kutilmoqda. So‘ngra yog‘ingarchiliklar to‘xtab, havo isishni boshlaydi.
«O‘zbekneftgaz» AJdagi ishonchli manbaning «Gazeta.uz»ga xabar berishicha, 3 maydan boshlab Ai-80 benzinining narxi 4000 so‘m qilib belgilandi. Dizel narxi 1 maydan boshlab 500 so‘mga arzonladi.
Sirdaryoda toshqin hududidagi aholi Sirdaryo va Jizzax viloyatidagi maktab, kollej, xususiy korxonalar hamda aholi xonadonlariga joylashtirilmoqda. Toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun suv oqimlari Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi Abay kanali orqali Arnasoy ko‘liga yo‘naltirilgan.
Turkiya O‘zbekistonga shifokorlar uchun 5000 komplekt shaxsiy himoya vositalari: kombenzonlar, ko‘zoynaklar, niqob, qo‘lqop va baxillalar taqdim etdi.
«Sardoba» suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi sababli suv ekin maydonlariga zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi. 11 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi. Voqea joyiga xukumat rahbari yetib borgan.
1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan «Sardoba» suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelishi oqibatida Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan.
Buxoro viloyatida yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tashkil etildi. Fuqarolarga kerakli yordamlar ko‘rsatilib, qishloq va o‘rmon xo‘jaligiga yetkazilgan zararni va yo‘qotishlar o‘rni qoplanadi. Barcha chora-tadbirlar uchun davlat byudjetidan 100 mlrd so‘m ajratiladi.
Prezident karantin vaqtida yoshlarning tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatlari cheklangani bois joriy yilda imtihonlarni soddaroq shaklda o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, OTMlarda zerikarli ma’ruzalar o‘qish, konspektlar yozdirish kabi o‘zini oqlamagan usullardan voz kechish lozimligi ta’kidlandi.
Karantin davrida Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi xizmat faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Hozircha 80 kishi ishga joylashtirildi.
Samarqand viloyatida surunkali yomg‘ir oqibatlarini bartaraf etish ishlariga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamda FVVning maxsus texnikalari jalb qilingan. Yog‘ingarchilik natijasida fuqarolar o‘rtasida jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmagan.
O‘zgidromet 1−2 may kunlari O‘zbekiston hududida kuchli shamol esib, yomg‘ir yog‘ishidan ogohlantirmoqda. Tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.
Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov nima sababdan karantindagilar soni o‘zgarmayotganiga izoh berdi. “Har kuni davlatimizga xorijdan 500−600 fuqaro kirib kelyapti. Ularning barchasi karantinga joylashtirilmoqda”, — dedi u.
Buxoro viloyatidagi kuchli shamolga qizigan issiq va sovuq siklon fronti to‘qnashuvi sabab bo‘ldi. Sinoptiklarning qayd etishicha, xavfli ob-havo hodisalarini oldindan bilish qiyin, ayniqsa katta tezlikda rivojlanadigan lokal hodisalarni prognozlash juda murakkab hisoblanadi. Mutaxassislar pandemiya davrida ma’lumotlar yetishmasligi yuzaga kelganini ham eslatib o‘tdi.
Bekobod tumanida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida soy o‘zanidan toshdi. Hodisadan jarohatlangan yo‘qligi ma’lum qilindi. Kuchli shamol va yomg‘ir Bekobod shahrida ham kichik talofatlarga sabab bo‘ldi.
O‘zbekistonda barcha mehnat jamoalarida maslahat kengashlari tuziladi. Mazkur kengashlar mehnat jamoalarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratilishini ta’minlaydi.
Karantin choralarining yumshatilishi taksi xizmatlariga ham taalluqli. Bunda, ular karantin tadbirlariga qat’iy rioya qilgan holda va kunning ma’lum vaqtlarida yo‘lovchilarni tashishlari mumkin.
Jizzax viloyatida haydovchisi rulda uxlab qolgan Matiz ag‘darilib ketdi. Ikki kishi, jumladan bir bola halok bo‘ldi, to‘rt kishi jarohatlandi.
Samarqand, Namangan va Termiz davlat universitetlarida yuridik fakultetlar, TDYUUda esa Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti tashkil etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting