Fuqarolarga shaxsiy avtomobillaridan ertalab 7:00 dan 10:00 gacha hamda 17:00 dan 20:00 gacha foydalanishga ruxsat beriladi. Ota-onalarga farzandlari bilan o‘z uy atrofida sayr qilishlariga ham ruxsat beriladi.
Uzbekistan Airways xalqaro va mahalliy aviaqatnovlar uchun yo‘lovchilar chiptasini sotishni 30 iyunga qadar to‘xtatdi. Aviachipta egalari bir marotaba uchish sanasini bepul tarzda ko‘chirishlari mumkin bo‘ladi. Yuk tashuvchi va pochta aviaqatnovlari faoliyati esa davom etadi.
Ichki ishlar vazirligi karantinga oid savollarga javob qaytardi. Xususan, hunarmandchilik, avtomobillarga ehtiyot qismlar sotish faoliyatlarini yuritayotgan tadbirkorlar shaxsiy transport vositasini xaydashga ruxsatnoma olish imkoniyati, avtomaktablarda onlayn dars joriy etish masalasi va boshqa savollarga javob berildi.
3 oy davomida respublika bo‘yicha jami 87 ta jinoyat ishi bo‘yicha 115 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ularning eng ko‘pi — 50 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatini sodir etgan.
Yaqin vaqtlarda yaratilishi rejalashtirilayotgan Milliy identifikatsiya tizimi davlat tashkilotlari va banklarga tashrif buyurgan fuqarolar shaxsini hujjatlarni tekshirmasdan aniqlash imkonini beradi. Mobil telefon raqami orqali ham shaxsni tasdiqlash mumkin bo‘ladi.
Uy-joy qurilishini past qavatli turar joylarni buzish hisobiga amalga oshirish, uzluksiz harakatlanish magistrali uzunligini 353,6 km yetkazish, aeroportni shahardan janub tomonga 9 kilometr uzoqlikda joylashtirish — Toshkent shahri bosh rejasi konsepsiyasining asosiy qoidalaridan.
Binolar o‘rtacha qavatliligini oshirish, ekologik zararli ob’ektlarni shahar tashqarisiga olib chiqish, shahar muhitini gumanizatsiyalash, shahar ob’ektlariga yetib borish vaqtini qisqartirish va boshqalar — Toshkentni 2041 yilgacha rivojlantirish bosh rejasi bo‘yicha prezident qarori loyihasidan o‘rin olgan takliflar.
Turkiyaning Kentsel Yenileme Merkezi A.S kompaniyasi bilan birgalikda Toshkentni 2041-yilgacha rivojlantirish bosh reja konsepsiyalari ishlab chiqildi. Toshkentning bosh reja loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
DTM yangi o‘quv yilida abituriyentlar uchun test sinovlarida qo‘llaniladigan test sinovlari soddalashtirilishini xabar berdi. Chet tillari, biologiya, ona tili va adabiyot kabi fanlar bo‘yicha rasmli va chizmali test topshiriqlari kiritilsa, fizika va kimyo fanlaridan nazariy savollar soni oshiriladi.
Buxoro viloyatida kuchli shamol jami 5293 ta, jumladan 3 ta madaniy meros, 12 ta tibbiyot muassasasi, 62 maktab, 43 ta bolalar bog‘chasi va boshqa ob’ektlarga zarar yetkazdi. Hodisadan 41 kishi jarohatlandi, bir kishi hayotdan ko‘z yumdi — dastlabki ma’lumotlar.
Buxoroda soniyasiga 25 metrgacha esgan kuchli shamol oqibatida jarohat olganlar soni 31 kishiga yetdi, bir kishi elektr simi uzilishi natijasida tok urib vafot etdi. Boshqa zararlar ham bor.
27 aprel kuni kechqurun Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan kuchli shamol va yomg‘ir natijasida gaz quvurlari va gaz ta’minoti tizimining boshqa ob’ektlarida 120 dan ortiq avariya holatlari aniqlangan. 138 mingdan ortiq xonadon vaqtincha gaz ta’minotidan uzilgan.
Buxoro viloyatida kuchli shamol tufayli yetti kishi jarohat oldi. Turar va noturar joylarga zarar yetdi, daraxtlar qulagan. Toshkent va poytaxt viloyatida ham kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda.
Namanganlik deputatga hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatgani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Shahar kengashi deputatlik daxlsizligidan mahrum etishga avvaliga rozilik bildirib, keyin rad etdi. Viloyat prokuraturasi taqdimnoma kiritganidan keyin viloyat kengashi shahar kengashi qarorini bekor qildi.
29 aprel kunidan boshlab Ai-92 markali benzin narxi 5500 so‘m qilib belgilandi.
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni yanvar-mart oylarida 131,6 ming kishiga yoki 0,4 foizga ko‘payib, 34,03 mln kishini tashkil etdi.
28 va 29 aprel kunlari O‘zbekiston bo‘yicha ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Chorshanba kuni havo harorati +20…+25 darajagacha tushadi. 30 apreldan yog‘ingarchiliksiz ob-havo o‘rnatiladi va dam olish kunlariga qadar davom etadi.
2020 yilda amal qilish muddati tugaydigan akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomalar, muvofiqlikni baholash doirasida rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatlari va qiyoslash sertifikatlari ularning amal qilish muddati tugagan kundan boshlab 6 oyga uzaytiriladi.
Adliya vazirligi davlat organlarida davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga amal qilinmaslik uchun jarima taklifi O‘zbekistonda millatlar va elatlar huquqlarini poymol etmasligini ma’lum qildi. Qonun loyihasi tildan foydalanishga nisbatan qandaydir cheklovlarni joriy etmaydi.
Buxoroda — 50 nafar, Toshkentda — 8 nafar koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemor to‘liq sog‘aydi. O‘zbekistonda jami tuzalganlar soni 765 nafarga yetdi. Yangi tasdiqlangan COVID-19 holatlari esa 4 taga oshib, 1869 taga yetdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting