Jamiyat

2020 yil uchun zakot miqdori e’lon qilindi
14 aprel 2020, 18:17

2020 yil uchun zakot miqdori e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlar idorasi 2020 yil uchun zakot miqdorini e’lon qildi

Toshkentda tez yordam mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
14 aprel 2020, 17:24

Toshkentda tez yordam mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentning Olmazor tumanida tez tibbiy yordam mashinasi yengil avtomobil bilan to‘qnashdi. Besh kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizildi.

IIV: 60 mingga yaqin holatlarda karantin qoidalari buzilgan
14 aprel 2020, 15:31

IIV: 60 mingga yaqin holatlarda karantin qoidalari buzilgan

Karantin e’lon qilingandan buyon O‘zbekistonda qariyb 60 mingta karantin qoidalarini buzish holatlari aniqlandi.

Toshkentdagi 17-sonli shifoxona va 8-sonli oilaviy poliklinika karantinga yopildi
14 aprel 2020, 14:13

Toshkentdagi 17-sonli shifoxona va 8-sonli oilaviy poliklinika karantinga yopildi

Toshkentdagi 17-sonli shifoxona va 8-oilaviy poliklinika shifokor va bemorlari bilan karantinga yopildi.

Musulmonlar idorasi Ramazonni o‘tkazish bo‘yicha bayonot berdi
13 aprel 2020, 22:49

Musulmonlar idorasi Ramazonni o‘tkazish bo‘yicha bayonot berdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi Ramazon oyini o‘tkazish haqidagi bayonotni e’lon qildi. Xususan, barcha musulmonlar taroveh namozlarini oila a’zolari bilan o‘z uylarida o‘qish hamda qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shnini yig‘ib iftor o‘tkazmaslikka chaqirildi.

Andijonda 4, Namanganda 11 nafar koronavirus bemori to‘liq sog‘aydi
13 aprel 2020, 20:07

Andijonda 4, Namanganda 11 nafar koronavirus bemori to‘liq sog‘aydi

Andijon viloyatida 4, Namangan viloyatida esa 11 nafar koronavirus bemori to‘liq sog‘aydi. Mamlakatda jami sog‘aygan bemorlar soni 85 nafarga yetdi.

Vatanparvar blogerlar guruhini tashkil etish taklif qilingan qaror loyihasi qayta ko‘rib chiqiladi
13 aprel 2020, 19:39

Vatanparvar blogerlar guruhini tashkil etish taklif qilingan qaror loyihasi qayta ko‘rib chiqiladi

Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalardan so‘ng IIV vatanparvar blogerlar guruhini tashkil etish haqidagi taklif o‘rin olgan prezident qarori loyihasi qayta ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi. Yangi qaror loyihasi kelishish uchun mutasaddi idoralarga kiritiladi.

Namanganda koronavirusga chalingan kassirning 6 ta mahallaga pul tarqatgani rad etildi
13 aprel 2020, 19:03

Namanganda koronavirusga chalingan kassirning 6 ta mahallaga pul tarqatgani rad etildi

Namanganda koronavirusga chalingan kassirning 6 ta mahallaga pul tarqatgani haqidagi xabarlar rad etildi. Ijtimoiy tarmoqlarda videoyozuv orqali bu haqda ma’lum qilgan IIB xodimi esa ishdan bo‘shatildi.

Koronavirus oqibatlarini yumshatish uchun yana 100 mln dollar jalb etiladi
13 aprel 2020, 18:44

Koronavirus oqibatlarini yumshatish uchun yana 100 mln dollar jalb etiladi

Pandemiya oqibatlarini yumshatishga yana 100 mln dollar jalb qilinadi. Ushbu mablag‘larning katta qismi nafaqa oluvchi kam ta’minlangan, 14 yoshgacha farzandi bo‘lgan kam ta’minlangan oilalar sonini oshirish hamda bandlik markazlaridan ro‘yxatdan o‘tgan ishsiz fuqarolarga ishsizlik nafaqasini to‘lashga yo‘naltiriladi.

Amsterdamda 10 metr balandlikdan qulab tushgan o‘zbekistonlik akrobat sog‘aymoqda
13 aprel 2020, 17:00

Amsterdamda 10 metr balandlikdan qulab tushgan o‘zbekistonlik akrobat sog‘aymoqda

Amsterdam teatridagi chiqishi paytida o‘n metr balandlikdan qulab tushgan o‘zbekistonlik havo gimnastikachisi Kristina Vorobyova sog‘aymoqda. Biroq salomatligining to‘liq tiklanishi uchun yana ikki yil kerak bo‘ladi.

Gender komissiyasining ishonch telefoni yo‘lga qo‘yildi
13 aprel 2020, 15:00

Gender komissiyasining ishonch telefoni yo‘lga qo‘yildi

10 apreldan boshlab xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida «Ishonch telefoni» xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Yomg‘ir yog‘ishi hafta o‘rtasigacha davom etadi
13 aprel 2020, 13:02

Yomg‘ir yog‘ishi hafta o‘rtasigacha davom etadi

Yomg‘ir yog‘ishi hafta o‘rtasigacha davom etishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda kunduzgi harorat +13…+18 daraja atrofida bo‘ladi.

IIV vatanparvar blogerlar virtual guruhini tashkil etishni taklif qildi
13 aprel 2020, 12:26

IIV vatanparvar blogerlar virtual guruhini tashkil etishni taklif qildi

IIV Yoshlar ittifoqi a’zolari, TATU talabalari va ko‘ngilli yoshlardan vatanparvar blogerlar virtual guruhini tashkil etishni taklif qildi. Bu guruh ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy fikrlarni aniqlab, ularga qarshi murosasizlik muhitini yaratish bilan shug‘ullanadi. Yoshlar ittifoqi ushbu loyihani ishlab chiqishga mutlaqo aloqasi yo‘qligi, va bu bandni loyihadan chiqarib tashlashni so‘ragan.

Samarqand davlat tibbiyot universiteti tashkil etilishi mumkin
13 aprel 2020, 11:30

Samarqand davlat tibbiyot universiteti tashkil etilishi mumkin

Samarqand davlat tibbiyot instituti negizida tibbiyot universiteti tashkil etilishi mumkin. Samarqand viloyati salomatlikni tiklash shifoxonasi negizida Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy tadqiqot instituti tashkil etilishi kutilmoqda.

Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumanida fuqarolarning zaruriyatsiz harakatlanishi to‘xtatiladi
12 aprel 2020, 22:38

Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumanida fuqarolarning zaruriyatsiz harakatlanishi to‘xtatiladi

13 aprel soat 06:00dan boshlab Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumani hududida transport va fuqarolarning harakatlanishi butunlay to‘xtatiladi. Istisno tariqasida yashash uyidan 100 metr atrofidagi savdo nuqtalariga kuniga bir marotaba chiqib, hayotiy zarur ehtiyojlar — oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qilishiga ruxsat beriladi.

Yana 19 nafar koronavirus bemori sog‘aydi
12 aprel 2020, 18:03

Yana 19 nafar koronavirus bemori sog‘aydi

O‘zbekistonda yana 19 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 61 nafarga yetdi.

Koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni 750 nafarni tashkil etmoqda
12 aprel 2020, 14:08

Koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni 750 nafarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda ayni vaqtda 750 ta aktiv koronavirus holati mavjud. COVID-19 bemorlarining 216 nafari Toshkentda, qolganlari boshqa viloyatlarda davolanmoqda.

Kattaqo‘rg‘onda gaz portlashidan uch kishi vafot etdi
12 aprel 2020, 13:13

Kattaqo‘rg‘onda gaz portlashidan uch kishi vafot etdi

Kattaqo‘rg‘onda ikki qavatli uyda gaz sizib chiqishi natijasida portlash sodir bo‘ldi. Uch kishi vafot etdi, to‘rt kishi jarohatlandi.

O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon olamdan o‘tdi
11 aprel 2020, 20:16

O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon olamdan o‘tdi

O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Anvar Obidjon olamdan o‘tdi.

AI-91 markali benzin narxi arzonlashdi
11 aprel 2020, 20:00

AI-91 markali benzin narxi arzonlashdi

AI-91 markali benzin narxi arzonlashdi va 13 apreldan boshlab 5600 so‘m qilib belgilandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting