Prezident farmoniga ko‘ra, endilikda aholi muammolari uyma-uy yurib aniqlanadi.
Hindistonning Gandinagar shahrida «Jo‘shqin Gujarat» sammiti doirasida xalqaro savdo ko‘rgazmasi ochildi.
O‘zbekistonda mavjud 10 mingga yaqin maktablarning eng yaxshilari reytingi aniqlanadi.
Toshkentning Uchtepa tumanida to‘rtta kvartira balkoni qulab tushdi. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.
Buxoro shahridagi 4-son nemis tili faniga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga Iogann Kristof Fridrix fon Shiller nomi berildi.
«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona postida qo‘shni davlatdan ov quroli patronlarini yashirincha olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi.
Metrotelecom yil o‘rtasiga qadar poytaxt metropolitenining barcha stansiyalarini Wi-Fi bilan qamrab olishni rejalashtirmoqda. Boshlanishiga foydalanuvchilar faqat mediaportalga kira oladi.
Milliy gvardiyaning Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Toshkent IIBB boshlig‘i — poytaxtda jinoyatchilikning 50 foizga kamaygani, xodimlarning «pastga» tushirilgani, vertolyotlar va boshqalar haqida.
Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari uyali aloqa telefonlarini O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘ydi.
Hukumatning ayrim qarorlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, ma’lum turdagi ob’ektlarni qayta ixtisoslashtirish mumkinligi belgilandi.
Marg‘ilonda ichki ishlar xodimining qonuniy talablarini bajarmasdan, unga tan jarohati yetkazgan shaxs ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Chet el OTM diplomlarini tan olish va nostrifikatsiya qilishning yangi tartiblari joriy etiladi.
Toshkentning Yunusobod tumanida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining to‘rtinchi bosqich talabasi osilgan holatda topildi.
San’at arbobi, Davlat mukofoti sovrindori, bastakor Anor Nazarov 68 yoshida vafot etdi.
Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva Oqdaryoda ayol kishiga zo‘ravonlik qilganlar bosh prokuror nazoratida qaytadan tergov qilinayotganini bildirdi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari tasdiqlandi.
Andijonda Sharda universitetining filialini tashkil etish uchun 100 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritiladigan bo‘ldi.
Samarqand shahridagi 51-sonli nemis tiliga ixtisoslashtirilgan maktabga nemis faylasufi Vilgelm fon Humboldt nomi berilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.
Xo‘jaobod tumanida yashagan D.S. mast holda yonib turgan shamning ustiga yiqilishi natijasida yong‘in kelib chiqqan va uy egasi vafot etgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting