«Kitob haftaligi» tadbirlarini ona tili va adabiyot fani darslarida, tarbiyaviy soatlar jarayonida hamda o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtida yuqori saviyada tashkil etilishi belgilandi.
DXX chegara qo‘shinlari tomonidan narkotik va tovar-moddiy boyliklarining yirik partiyasi to‘xtatib qolindi.
Bedarak yo‘qolgan 1 nafar shaxs topildi, ochilmay qolgan jinoyatlardan 19 tasi ochildi.
«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan tibbiyot buyumlarining noqonuniy olib kirishga bo‘lgan bir nechta urinishlar fosh etildi.
Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani Qamchipurush MFYda yashovchi H.X.ning uyida joylashgan vagonchada sodir bo‘lgan yong‘in natijasida bir kishi halok bo‘ldi.
Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.
Joriy yilning aprel oyida «Tashkent Law Spring» xalqaro yuridik forumi o‘tkaziladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot xodimiga tajovuz qilganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish tashabbusi bilan chiqmoqda.
Advokatlar palatasi advokatlarga faoliyatiga tazyiq o‘tkazilishiga oid anonim so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi. Bosh prokuratura ushbu ma’lumotlarni shubha ostiga oldi.
Hafta boshi va oxirida O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchiliklar bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkentda janjal vaqtida pichoqlangan voyaga yetmagan o‘smir hayotdan ko‘z yumdi.
Umumiy qiymati 210 mln. so‘mlik, jami 9590 quti tamaki mahsulotlarini bojxona to‘lovlarni to‘lamasdan olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi.
Qoraqalpog‘istonda joylashgan 19-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan 44 yoshli Iskandar Xudayberganovning salomatligi yuzasidan bayonot berildi.
Xalq ta’limi vazirligi buyrug‘iga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kuzatuv kengashi faoliyatini tashkil etilishi belgilandi.
Endilikda chegara-bojxona postlarida navbatda turgan avtomobillar soni haqidagi ma’lumotlarni onlayn tekshirish mumkin.
«Toshkent-Buxoro-Toshkent» Afrosiyob tezyurar poyezdi Jizzaxda 2 daqiqa to‘xtab o‘tishni boshladi.
Prokuratura Farg‘ona hokimiga uyi buzilayotgan aholini Vazirlar Mahkamasi qarori asosida kelishuvga erishib, so‘ngra ko‘chirish majburiyatini yukladi. Xonadon egalarini yangi uylar ta’minlangunga qadar buzilish ishlari to‘xtatilgan.
Toshkentda Nanking politexnika instituti (Xitoy) filialini ochish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Bolali oilalarning 17 foizigagina nafaqa beriladi. Barcha bolalar uchun nafaqa berilishi ularning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deya taklif kiritdi YUNISEF.
Ikki nafar ayolni Turkiyaning Istambul shahriga fohishalik qilishi uchun yuborayotgan jinoiy guruhning ikki a’zosi qo‘lga olindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting