Poytaxtda sayyohlar uchun qulaylik va sharoitlar yaratish maqsadida Toshkent teleminorasiga pasport bilan kirish tartibi bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.
Toshkentlik fuqaroga o‘g‘lini IIV akademiyasiga o‘qishga kirishida yordam berib, qizi va jiyanini maktabga o‘qishga kiritishini va’da qilib pul olgan kishi ushlandi.
Ichki ishlar vazirligi 01 001 VIP ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi «Uzavtomotobelgi» Davlat unitar korxonasi tomonidan ishlab chiqarilmaganligini ma’lum qildi.
Adliya vazirligining 10 dan ortiq axborot tizimlarini birlashtiruvchi Milliy huquqiy internet portali ishga tushirildi.
Bahodir Xodiyev Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rnini vazir o‘rinbosari Kongratboy Sharipov egalladi.
Turkiyadagi fabrikada ishlagan O‘zbekiston fuqarosi ishlab chiqarish vaqtida olgan og‘ir tan jarohati natijasida vafot etdi.
Seshanbadan sovuq havo oqimi sababli kam bulutli, yog‘ingarchiliklarsiz ob-havob hukmronlik qiladi.
Qashqadaryo viloyat hokimi v.b. Zoir Mirzayev Qarshi shahrida o‘rganish natijalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda 2 ta tashkilot rahbari vazifasidan ozod etdi, hokim o‘rinbosariga 1 oy sinov muddati berdi.
Prezident qaroriga muvofiq, normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining huquqiy monitoringini o‘tkazish tizimi joriy qilindi.
Samarqandda is gazidan zaharlanish oqibatida bir erkak vafot etdi, uning turmush o‘rtog‘i shifoxonaga yotqizildi.
Qozog‘istonning Aqtau shahrida yuz bergan YTH natijasida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana olti kishi yengil jarohat oldi.
O‘zbekiston va Hindiston mudofaa vazirlari o‘rtasida o‘tkazilgan muloqotda xalqaro tinchlikni ta’minlash borasidagi hamkorliklarga ahamiyat qaratildi.
«Daut-ata» postidan chiqayotgan shaxs bojxonachilar tomonidan ko‘zdan kechirilganida uning yonida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 3 dona Rossiya hamda 1 dona arab tangasi borligi aniqlandi.
XTVda Xitoyning ZTE va Huawei kompaniyalari bilan «Xalq ta’lmi tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish» loyihalarini amalga oshirish uchun kelishuvlarni imzoladi.
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida Lacetti va «GAZel» to‘qnashdi. Mikroavtobus haydovchisi halok bo‘ldi, olti yo‘lovchining ahvoli og‘ir, jami 12 kishi jarohatlandi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan ShHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashining o‘n sakkizinchi majlisida tashkilotning 2020 yil uchun mo‘ljallangan byudjeti tasdiqlandi.
Chiroqchi tumanidagi 89-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari 8-sinf o‘quvchisini urgani va haqorat qilganini haqidagi da’voni rad etdi.
Haydovchiga yo‘l bermay avariya holatini yuzaga keltirgan va qizil chiroqqa bo‘ysunmay harakatlangan IIB xodimlariga nisbatan qonuniy asosda chora ko‘rildi.
Bojxona ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Poytaxtdagi Botanika bog‘iga 360 darajali ikkita kuzatuv kamerasi va «trevoga tugmachalari» o‘rnatiladi. Profilaktika inspektorining ikki yordamchisi bog‘ hududida skuterlarda navbatchilik qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting