Qudratullo Abduqahhorov amerikalik Luis Kollatsoni mag‘lubiyatga uchratdi. O‘zbekistonlik bokschi IBF talqini bo‘yicha jahon chempionligiga da’vogarlik qilmoqda.
Karate bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasida hakami, sport klubi va milliy federatsiya murabbiylari o‘rtasida ommaviy janjal sodir bo‘ldi. Har uchchalasi ham muayyan muddatga vazifasidan chetlashtirildi.
Germaniyaning «Shtutgart» klubi Rossiyaning «Rostov» jamoasidan hujumchi Eldor Shomurodov sotib olish uchun 10 mln yevro taklif qildi. O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchisiga SSKA ham qiziqish bildirmoqda.
O‘zbekiston futbolchilari 2022 yilgi jahon chempionati saralash bosqichida Singapur jamoasi ustidan g‘alabaga erishdi. Eldor Shomurodov dubl qayd etdi.
Sakkizinchi marta Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan 44 yoshli gimnastikachi Oksana Chusovitina O‘zbekiston uchun olimpiya medalini olishni orzu etmoqda.
Yengil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedov 23 noyabr kuni O‘zbekiston tarixida ilk bor o‘tkaziladigan o‘tkaziladigan MMA turniri — GFC20da qatnashadi.
Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuida boshlangan sambo bo‘yicha jahon chempionatida 50 dan ziyod davlatdan sambochilar qatnashmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionati saralash bosqichida Yaman darvozasiga beshta gol kiritdi.
Rossiyalik MMA jangchisi Fyodor Yemelyanenko o‘zining navbatdagi jangini 29 dekabr kuni Tokio shahrida o‘tkazadi.
Professional boksda ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliyev 2019 yil so‘ngiga qadar bir yo‘la ikkita jahon chempionlik kamari uchun ringga chiqishi kutilmoqda.
O‘zbekistonlik MMA kurashchisi Bekzod Nurmatov rossiyalik Beslan Isayev bilan jangdan so‘ng shifoxonada vafot etdi.
Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisi etib saylandi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov Nyu-Yorkda meksikalik Alexandro Barrerani texnik mag‘lubiyatga uchratdi.
Professional bokschi Isroil Madrimov 5 oktyabr kuni Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden arenasida WBC Fecombox chempioni Alexandro Barreraga qarshi ringga ko‘tariladi. Bokschi shahardagi ko‘chalardan birida mashg‘ulot o‘tkazdi.
O‘zbekistonlik kurashchi Mahmud Murodov UFC’dagi ilk jangida italiyalik Alessio Di Kirikoni mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘zbekiston Xokkey federatsiyasi Xalqaro xokkey federatsiyasiga qabul qilindi.
«Humo arena» sport kompleksida o‘tkazilgan para-dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-prisi O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
«Paxtakor» futbol klubi o‘n ikkinchi marta O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper iste’foga chiqqanidan so‘ng uning o‘rniga Vadim Abramov tayinlandi.
O‘FA hamda O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Ektor Kuper o‘rtadagi shartnomani o‘zaro kelishuvga asosan bekor qildi. Kuper bir yil davomida bosh murabbiy bo‘lib ishladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting